201
Sulton Mahmud Beruniyga qanday topshiriq berdi?
1.
Abu Rayhon javob topish uchun nima qildi?
2.
Sulton qaysi eshikdan tashqariga chiqdi?
3.
Ko‘rpacha qatidagi qog‘ozga nima yozilgan edi?
4.
Guruh a’zolari tartib asosida bittadan taklif
etiladi va daraxtdagi
bir savolni tanlab olib, unga javob berishlari so‘raladi. Agar o‘quvchi
savolga
javob bera olmasa, bu o‘rinda quyidagi ikkita imkoniyatdan
bittasini tanlashni taklif etish mumkin. 1. Guruh yordami. 2.
Kitob
yordami.
Barcha savollarga javob olingach, olib borilgan jarayon bo‘yicha
yakun yasaladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Tanbeh” (Xondamir). O‘qituvchi ri-
voyat muallifi haqida ma’lumot beradi. Yangi
mavzuni tushuntirishda
“Arra” metodidan foydalaniladi.
“Arra” metodi. Mazkur mеtodga ko‘ra kichik guruh 4-5
o‘quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu
yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq, ya’ni “Tanbeh”
rivoyati
matni ustida ishlaydilar.
O‘quvchilar bilimi tеst savollari yordamida individual tarzda
o‘tqazilib, nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining
ballari
jamlanadi, eng yuqori ball to‘plagan guruh g‘olib sanaladi.
Matnda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
munshiy – saroyda yozuv ishlarini olib boradigan kotib
devoni oliy – o‘tmishda amal qilgan
oliy davlat amaldorlarining
maj lisi
dinor – qadimda musulmon davlatlarning oltin tangasi
Do'stlaringiz bilan baham: