Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   264
Lug‘at ishi:
jo‘shar – to‘lib toshar, mavj urar zurriyot – bola, farzand
lol qolgan – hayron holda qolgan beg‘ubor – ko‘nglida yomonligi yo‘q
She’r mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu she’r kimlar haqida ekan?
– She’rning asosiy mavzusi nima deb o‘ylaysiz?
– She’r kimning nomidan aytilgan?
– “Gulg‘unchalar” deganda kimlarni tushunasiz?
“Tarmoqlash” metodi.
– Vatanimiz kelajagi bo‘lmish yosh avlod qanday xislatlarga 
ega bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz?
Bu savolga javoblarini o‘quvchilar “Tarmoqlash” usulida yozadilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
– Kim she’rni ifodali o‘qib bera oladi? She’rni o‘qiyotganda o‘z 
hissiyotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling. 
O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.
“Qofiyadosh so‘zni top” mashqi.
O‘quvchilar she’rdagi qofiyadosh so‘zlarni aniqlaydilar.
Gulg‘unchalarmiz – chalarmiz
Tarona – ona
Bemalol – barkamol
Avlodlarimiz – zurriyotimiz 
– She’rdagi yangi, nutqimizda kam foydalaniladigan so‘zlarga bir 
nechta ma’nodosh so‘zlar topishga harakat qiling. 
– She’rdagi o‘xshatishlarni aniqlang. Ularning vazifasi nimadan iborat?
(mitti yulduz, gulg‘unchalarmiz; baxt-u saodatning kuyin chalamiz; 
ilm-u hunar bilan dunyoni olgan)
“So‘zlar o‘yini” mashqi.
– Biz kimlarning zurriyotlarimiz?


31
– Bu savolga javobni “So‘z-
lar o‘yini” mashqi yordamida bilib 
oli shin giz mumkin. Harfli kvadrat-
larning ichiga buyuk ajdodlarimiz-
ning ismlari yozilgan. So‘zlarni turli 
yo‘nalishlarda o‘qish mumkin.
(Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, ibn Sino, Jaloliddin Man-
guberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug‘ bek, Alisher Navoiy)
O‘quvchilar javoblari umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling