Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


TK 5: she’rda aks etgan umuminsoniy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga  xosliklarni anglash. Rivojlantiruvchi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   264
TK 5: she’rda aks etgan umuminsoniy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga 
xosliklarni anglash.
Rivojlantiruvchi: 
o‘quvchilarda ifodali o‘qish malakalarini, qofiya-
dosh so‘zlarni aniqlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
TK 3: she’riy kitoblarni o‘qib-o‘rganib borish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: 
savol-javob,“Zanjir”, “Polizda”, “Qofiyadoshini 
top” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Qovun sayli” hikoyasining 2-qismi o‘qitiladi, mazmuni o‘quv-
chilarga hikoya qildiriladi. Hikoya yuzasidan savol-javob o‘tka ziladi.


38
– Hikoya nima uchun “Qovun sayli” deb nomlangan?
– Qovun sayli qachon bo‘ladi?
– Kimlar atayin katta-katta qovunlarni qiynalib polizdan ko‘tarib 
chiqishdi?
– Qovunlarni qanday turlarini bilasiz?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
O‘quvchilar zanjir usulida o‘zlari bilgan qovun turlarini aytadilar.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga 
bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga paxtazor, mevalar tasvir-
langan rasmli konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mo-
zaika” usuli yordamida yig‘adilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Sulaymon Rahmonning “Dehqon” she’ri 
bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan dehqon, uning qanchalik ko‘p mehnat qilishi 
haqi da suhbatlashib, fikrlari tinglanadi. 
– Dehqon bobo nimalarni parvarish qiladi?
– Dehqon bobo bizga qanday yordam beradi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Dehqon” she’ri mazmuni tasvirlangan videolavha namo yish
etiladi. Kadr ortidan “Dehqon” she’ri matni o‘qiladi.
She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at 
ishi o‘tkaziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling