38
– Hikoya nima uchun “Qovun sayli” deb nomlangan?
– Qovun sayli qachon bo‘ladi?
– Kimlar atayin katta-katta qovunlarni qiynalib polizdan ko‘tarib
chiqishdi?
– Qovunlarni qanday turlarini bilasiz?
O‘quvchilar bergan javoblar to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
O‘quvchilar zanjir usulida o‘zlari bilgan qovun turlarini aytadilar.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4
kishilik kichik guruhlarga
bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga paxtazor, mevalar tasvir-
langan rasmli konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mo-
zaika” usuli yordamida yig‘adilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
–
Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning
javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Sulaymon Rahmonning “Dehqon” she’ri
bilan tanishamiz.
O‘quvchilar
bilan dehqon, uning qanchalik ko‘p
mehnat qilishi
haqi da
suhbatlashib, fikrlari tinglanadi.
– Dehqon bobo nimalarni parvarish qiladi?
– Dehqon bobo bizga qanday yordam beradi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Dehqon” she’ri mazmuni tasvirlangan
videolavha namo yish
etiladi. Kadr ortidan “Dehqon” she’ri matni o‘qiladi.
She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at
ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: