Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   264
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Qovun sayli” hikoyasining 2-qismi bilan tanishamiz.
O‘qituvchi “Qovun sayli” hikoyasining 2-qismini ifodali o‘qib beradi. 
Bolajonlar, men hozir hikoyani o‘qiyman, siz esa diqqat bilan 
eshi ting va tushunarsiz so‘zlarni qalam bilan belgilab qo‘ying. 
Hikoyani o‘qib bo‘lgach, o‘qituvchi tushunarsiz so‘zlarga izoh beradi.
Lug‘at ishi:
zaptiga olmoq 
– 
tobora kuchaymoq
garov o‘ynamoq 
– 
bas bog‘lashmoq
ilova qilmoq 
– 
qo‘shimcha fikr bildirmoq
inqillab 
– 
arang, zo‘rg‘a


36
Hikoyaning mazmuni tahlil qilinadi.
– Qovun poliziga mashinalarda kimlar keldi?
– Kim katta-katta qovunlarni polizdan ko‘tarib chiqdi?
– Mehmonlar polizga nima uchun kelishgan ekan?
– Rais va Ali polvon nima haqida bahslashishdi?
– Hikoyaning so‘nggida rais bolaga nima dedi?
O‘quvchilar javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
Hikoyani o‘quvchilar bitta gapdan navbat bilan “Zanjir” usulida 
o‘qiydilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida test topshiriqlari bajariladi.
Test topshiriqlari:
Kim o‘zini katta olmay, kelib bolalar bilan ko‘rishdi?
1. 
A) o‘qituvchi B) rais D) traktorchi E) dehqon
Rais va sheriklari qanday qovunni tanlashdi?
2. 
A) katta, yengil B) qizil, og‘ir D) kichik, yumshoq  E) serto‘r, og‘ir
Rais va sheriklari bittadan qovun tanlab qayerga kirishdi?
3. 
A) ayvonga B) uyga D) chaylaga E) bog‘chaga
Rais tanlagan qovunining ta’mi yuzasidan kim bilan bahslashdi?
4. 
A) Ali polvon
B) Hasan
D) Husan
E) tog‘asi
Qovun sayli qachon bo‘ladi? 
5. 
A) kuzda
B) bahorda D) qishda
E) yozda
O‘quvchilar yakka tartibda test topshiriqlarini bajaradilar. Test 
javob lari o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi, xatolar izohlanadi.
– Qovunlarning qanday turlarini bilasiz? Buni “Kim tez topadi?” 
o‘yini yordamida bilib olamiz.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling