Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozlari
VI. Uyga vazifa. “Qovun sayli” hikoyasining 1-qismini o‘qish .
18-d a r s Mavzu: “Qovun sayli” (Shukur Sa’dulla). 2-qism. Darsning maqsadi: Ta’limiy: o‘quvchilarni hikoyaning mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘ri, ongli o‘qish, o‘qiganini so‘zlab berish, so‘z ma’nolarini farq- lash, hikoyaning asosiy g‘oyasini aniqlashni o‘rgatish. 35 TK 3: mavzuni o‘qib-o‘rganib borish orqali bilimini oshirib borish. FK 1: matnlarni tinglab, mazmunini tushuna olish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarda milliy bayramlarimizga nisbatan hurmat, vatanimizda yetishtiriladigan noz-ne’matlarga nisbatan shukronalik, deh qon va bog‘bonlarga nisbatan mehr, mehnatsevarlik kabi tuyg‘ularni tarbiyalash. TK 5: hikoyada aks etgan insonparvarlik g‘oyalarini anglash. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish, asar mazmunini shaxsini o‘zgartirib hikoyalash, qovun turlarini ajrata olish malakalari- ni, og‘zaki nutqini rivojlantirish. FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Kim tez topadi?”, “Tanlab so‘zla”, “Egasini top” mashqlari. Dars jihozlari: qovun turlari tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Tanlab so‘zla” mashqi. O‘quvchilar “Qovun sayli” hi koya- sining 1-qismini “Tanlab so‘zla” mashqi yordamida so‘z- laydilar. Bunda o‘quvchilar juftliklarda bir-birlariga navbat bilan hikoyaning o‘zlari xohlagan qismini so‘zlab beradilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi ulardan juftiga qo‘ygan bahoni so‘raydi. Ular qo‘ygan baholarini qisqacha izohi bilan aytadilar. O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi. – Bolaning tog‘asi har safar qayerga taklif qilardi? – Qovun poliziga kimlar borishdi? – Chaylada nimalar dumalab yotardi? – Ertalab choy ichgach, tog‘asi bolalarga qanday topshiriq berdi? Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling