36
Hikoyaning mazmuni tahlil qilinadi.
– Qovun poliziga mashinalarda kimlar keldi?
– Kim katta-katta qovunlarni polizdan ko‘tarib chiqdi?
– Mehmonlar polizga nima uchun kelishgan ekan?
– Rais va Ali polvon nima haqida bahslashishdi?
– Hikoyaning so‘nggida rais bolaga nima dedi?
O‘quvchilar javoblari tinglanadi va umumlashtiriladi.
Hikoyani o‘quvchilar bitta gapdan navbat bilan “Zanjir” usulida
o‘qiydilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida test topshiriqlari bajariladi.
Test topshiriqlari:
Kim o‘zini
katta olmay, kelib bolalar bilan ko‘rishdi?
1.
A) o‘qituvchi
B) rais D) traktorchi E) dehqon
Rais va sheriklari qanday qovunni tanlashdi?
2.
A) katta, yengil B) qizil, og‘ir D) kichik,
yumshoq E) serto‘r, og‘ir
Rais va sheriklari bittadan qovun tanlab qayerga kirishdi?
3.
A) ayvonga B) uyga
D) chaylaga E) bog‘chaga
Rais tanlagan qovunining ta’mi yuzasidan kim bilan bahslashdi?
4.
A) Ali polvon
B)
Hasan
D) Husan
E) tog‘asi
Qovun sayli qachon bo‘ladi?
5.
A) kuzda
B) bahorda D)
qishda
E) yozda
O‘quvchilar yakka tartibda test topshiriqlarini bajaradilar. Test
javob lari o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi, xatolar izohlanadi.
– Qovunlarning qanday turlarini bilasiz? Buni “Kim tez topadi?”
o‘yini yordamida bilib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: