43
25-d a r s
Mavzu: “Eng ulug‘ fazilat”
.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomon-
lik qaytishi haqida ma’lumot berish, “Eng ulug‘ fazilat”
ertagi bilan
tanish tirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini
shakl lantirish.
FK 1: o‘qilgan ertakning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni o‘zgalarga yaxshilik qilishga undash, ax-
loqiy sifatlarni tarbiyalash.
TK 5 : yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini,
bog‘lanishli nutqlarini rivojlantirish.
TK 3: ertak kitoblarni o‘qib-o‘rganib borish.
FK 2: o‘rganilgan
asarlarning nomi,
qahramonlarining mazmunini
ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat,
savol-javob,
tushuntirish, “O‘yla, izla,
top” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga
oid resurslar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Odamdan nima qoladi?” matni o‘qitiladi, mazmuni o‘quvchilarga
hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
– Odamdan nima qolar ekan?
– Odam qachon obro‘ topadi?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: