34
Muallif haqida ma’lumot beriladi.
Hikoya mazmuniga
mos rasmlar namoyish etilib, matn o‘qiladi.
Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiy-
di. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. Notanish so‘zlar
yuzasidan
lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
bejirim – shinam
va chiroyli; xushbichim.
yoqalab o‘tib – chekkasi bo‘ylab
yurib
pushtalarida – yonma-yon jo‘yaklar orasidagi, odatda qator qilib ekin
ekiladigan uzun yer bo‘lagi, ekin palak otishi uchun qoldirilgan bo‘sh joy.
choydish – suv, choy
qaynatiladigan metall idish, qumg‘on.
karji – qovun tilimidan ko‘ndalangiga kesilgan bo‘lak.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Qovun sayli”
matnini
“Shivirlab o‘qish” usulida o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Savol-javob o‘tkaziladi:
1. Bolalar polizga nima uchun borishdi?
2. Ular polizda qanday qovunlarni ko‘rishdi?
3. Qovun polizida qanday voqealar yuz berdi?
“Pinbord” usulida matn yaratish.
O‘quvchilar 2 guruhga bo‘ li nadi. Reja asosida “Pinvord”
usu lida
“Qovun sayli” matni yara ta di. Shu tariqa matn kengaytirilib boriladi.
V.
Darsga
yakun
yasash va o‘quvchilarni
baholash.
O‘quvchilar
bilan
savol-javob o‘tkaziladi:
1. Fasllarga bog‘liq
yana qanday an’analarni
bilasiz?
2. O‘zingiz
shunday
an’analarda
ishtirok et-
ganmisiz?
Dars
xulosalanib, faol
qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: