Rivojlantiruvchi:
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
o‘stirish, lug‘at ustida ishlash, ongli va ifodali o‘qish, matnni qisqartirib
hikoyalash, asar mazmuniga doir maqollar aytish ko‘nikmalarini rivoj-
lantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Qismini top”, “Fikr sharhi” o‘yin lari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Ayrim o‘quvchilar “Ilm afzal” ertagining II qismini ifodali o‘qib
beradilar. So‘ngra mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.
1 Oqila qiz otasining savoliga qanday javob berdi?
2. Aka-ukalar qanday xulosaga kelishdi?
3. Nima uchun ertakka “Ilm afzal” deb nom berilgan?
Test topshiriqlari:
1. Boboning nechta farzandi bor edi?
A) 8 ta o‘g‘il, 1 ta qiz B) 5 ta o‘g‘il
D) farzandi yo‘q E) 4 ta o‘g‘il va 1 qiz
2. Boboning qaysi farzandi aqlli va ziyrak edi?
A) katta o‘g‘il B) kenja o‘g‘il D) qizi E) o‘rtancha o‘g‘il
3. Qiz yalqov akalari haqida otasiga qanday maslahat berdi?
A) ularning hammasini oldingizga chaqiring
B) boyliklaringizni taqsimlashni ayting D) ulardan “Ilm afzal-
mi yo davlat?” deb so‘rang E) A va D javoblar to‘g‘ri
4. Ota qaysi farzandidan kutgan javobni oldi?
A) katta o‘g‘il B) kenja o‘g‘il D) qizi E) o‘rtancha o‘g‘il
5. “Ilm afzal” ertagida qaysi maqol keltirilgan?
A) Har kim ekkanini o‘radi B) So‘nggi pushaymon o‘zingga
dush man
D) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir E) Yetti o‘lchab, bir kes
III. Yangi mavzu bayoni.
“So‘z o‘yini”
. Berilgan misollarni yechib, harflardan so‘z tuza-
dilar. Mavzu mazmuni o‘qituvchi tomonidan tushuntirib berila-
di. Matn o‘quvchilarga “Davom ettir” usulida o‘qitiladi. Mav-
zudagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |