Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   264
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ilm olish-
ga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirish, ota-onani hurmat qilishga o‘rgatish.
TK 5: ertakda aks etgan umuminsoniy va milliy qadriyatlarning 
o‘zi ga xos xususiyatlarini anglash.
Rivojlantiruvchi: 
o‘quvchilarning erkin fikrlash, mustaqil va ijodiy
ishlash, mavzuga oid maqollar topish, savollarga to‘liq javob berish qo-
biliyatlarini rivojlantirish.
FK 2o‘qilgan ertak mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob 
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Aqliy hujum”, “So‘z-
larni joylashtir”, “Maqollar zanjiri” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozlari: ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Ilm afzal” ertagining 1-qismi o‘qitiladi, mazmuni zanjir usulida 
qayta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkaziladi. 
– Ota farzandlariga qanday savol berdi?
– Uchinchi o‘g‘ilning javobi qanday bo‘ldi?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
Tarqatma materiallar bilan ishlanadi. Ilm haqida maqollar aytish 
musobaqasi tashkil qilinadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
“Aqliy hujum” metodi. – Bolajonlar, siz ilm, uning biz uchun
qanchalik kerakligi haqida nimalar bilasiz?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qili nadi.


64
– Bugun biz sizlar bilan “Ilm afzal” ertagining 2-qismi bilan tani-
shamiz.
O‘quvchilar bilan bilim, ilmning qanchalik hayotimizda o‘rin tuti-
shi, ilm va boylik orasidagi tafovut haqida suhbatlashiladi, ularning 
fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Ilm afzal” ertagining 2-qismini ifodali o‘qib beradi.
Ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Matndagi nota-
nish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling