Dars metodlari:
suhbat, “Do‘stingni tanla va fikringni yakunla”
mashqi.
Dars jihozlari: tarqatma material, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Ziyrak uch yigit” ertagini o‘quvchilar rollarga bo‘linib o‘qib,
hikoya qilib beradilar.
“Venn diagrammasi” metodi orqali uch ziyrak yigit topqirligini, ziy-
rakligini taqqoslaydilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun sizlar bilan Anvar Obidjonning “Bo‘rining tabib bo‘lgani
haqida ertak” ertagining 1-qismi bilan tanishamiz.
Anvar Obidjon haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ertak mazmuniga mos lavha namoyish qilinadi va kadr ortidan
matn o‘qiladi. Ertak mazmuni tushuntiriladi.
O‘quvchilar “Zanjir” usulida matnni o‘qiydilar. Qolgan
o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
tabib – shifokor
shum – ayyor
tumov – shamollash
notetik – bardam emas
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak”
ertagini o‘quvchilar “Rollarga bo‘lib o‘qitish” usulidan foydalanib
o‘qiydilar va hikoya qilib berishadi. Savol-javob o‘tkaziladi.
Bo‘rining huzuriga qaysi hayvonlar shifo izlab kelishdi?
1.
Quyon bilan to‘ng‘iz nima uchun qochib qolishdi?
2.
Test topshiriqlari:
1.
Qanday Bo‘ri tabib qilib saylandi?
A) saxiy B)
yirtqich
D) ayyor E) aqlli
2. Kimning biqini og‘rib qolgan edi?
A) tulkining B) quyonning D) ayiqning E) sherning
3.Tabib quyonga qaysi kasallik nomini aytdi?
A) qizamiq B) kamqonlik D) tumov E) ko‘z og‘riq
4. Bo‘rining oldiga kim yig‘lab keldi?
A) kirpi B) bo‘g‘irsoq D) to‘ng‘iz E) quyon
5.Tabib to‘ng‘izga qanday davo chorasini aytdi?
A) tomog‘idan kesib olish B) qornini yorish
83
D) ko‘zini davolash E) oyog‘ining go‘shtli joyidan kesib olish
Do'stlaringiz bilan baham: |