Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   264
FK 2o‘rganilgan ertakning mazmuni va qahramonlarini ajrata olish. 
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Do‘stingni tanla va u haqida so‘zla”, 
“To‘g‘ri jumlani top” ta’limiy o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma material, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
IIUy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Ziyrak uch yigit” ertagini so‘zlab beradilar.
“To‘g‘ri jumlani top” o‘yini. O‘qituvchi ertak jumlalarini 
noto‘g‘ri o‘qiydi. O‘quvchilar uni to‘g‘rilab o‘qiydilar.
Namuna: Hozirgi zamonda aqlsiz Ibrohim, Ismoil va Umar 
ismli uch yigit sayohatga chiqishibdi. Dam olib o‘tirishganida otning izi 
ularning diqqatini jalb etibdi.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Ziyrak uch yigit” ertagining 2-qismi bilan tani-
shamiz.
O‘qituvchi ertakni o‘qib beradi va matn mazmuni tushuntiriladi.
O‘quvchilar ketma-ket ertakni o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar ku-
zatib boradilar.


79
Lug‘at ishi:
hayratda qolib – hayron bo‘lib
o‘kindi afsus qildi
in’om-ehson – sovg‘a
tahsinlar – rahmatlar
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
O‘quvchilarga “Ziyrak uch yigit” ertagining 2-qismini” “Shivirlab 
o‘qish” usulida o‘qitiladi va qayta hikoya qildiriladi.
“Do‘stingni tanla va u haqda so‘zla” didaktik mashqi. Ziy-
rak uch yigit nomi ekranda namoyish qilinadi. O‘quvchilar 
o‘zlariga yoqqan qahramonni tanlab, tavsiflaydi. Eng ko‘p 
tanlangan qahramon haqida o‘quvchilarning fikrlari va sababi 
so‘raladi. Ekranga asar qahramonlariga tegishli matn tarkibidagi gaplar 
namoyish qilinadi. Bu orqali o‘quvchilar ziyrak uch yigitning ijobiy 
obraz ekanligi haqida tasavvur hosil bo‘ladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling