77
Dars metodlari: suhbat, “Zanjir” usuli, “Qahramonni top” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma
materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarning ayrimlaridan “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin” ertagi-
ning mazmuni so‘raladi. O‘tilgan mavzu asosida test o‘tka zi ladi.
Test topshiriqlari:
1.
Hunarsiz kishi o‘limga yaqin ertagida qiz nima uchun podshohga
turmushga chiqmasligini aytadi?
A)
yoshligi uchun B) boyligi uchun D) hunarsiz bo‘lganligi uchun
E) kambag‘alligi uchun
2.
Podshoh qancha muddatda gilam to‘qishni o‘rgandi?
A) 25
kunda
B) 1 oyda
D) 1 yilda
E) 15 kunda
3. Podshoh nima uchun zindonga tushib qoldi?
A) sayr qilib yurgani uchun B)
kabob yegisi kelgani uchun
D) o‘zi yurgani uchun E) qorong‘ida yurganligi uchun
4. Vazir gilamning chetida nimani ko‘rib qoldi?
A) muhrni B) belgini D) shtampni E)
nuqtani
5. Podshoh va zindondagilarni nima qutqarib qoldi?
A) kuch B) podshoh
D) hunar E) lashkarlar
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugungi darsda “Ziyrak uch yigit” ertagining 1-qismi bilan tani-
shamiz.
O‘quvchilardan ertak janri haqida bilgan ma’lumotlari so‘raladi.
Matn mazmuni o‘qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi. Matn
asosida savol-javob o‘tkaziladi.
1. Ertak kimlar haqida ekan?
2. Ertakda qanday xislatlar ochib berilgan?
Hikoyadagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
Do'stlaringiz bilan baham: