86
III. Yangi mavzu bayoni.
“Shifrlangan so‘z” ta’limiy o‘yini.
– Aziz o‘quvchilar, hozir biz siz bilan “Shifrlangan so‘z”
o‘yinini o‘ynaymiz. Buning uchun berilgan so‘zlarning ikkinchi
bo‘g‘inini
tanlab olib, ulardan so‘z tuzasiz. Agar siz bu topshiriqni
to‘g‘ri bajarsangiz, bugungi darsimiz mavzusini bilib olasiz.
Masalan: A-
ba-diy, yup-
qa, na-
bi-ra, chi-
lan-gar, mar-
ta-ba,
laq-
qa.
O‘qituvchi
ertak muallifi
Aziz Abdurazzoq
haqida
qisqacha
ma’lumot beradi.
“Baqa bilan taqa” ertagi lavha orqali namoyish etiladi, ekran ortidan
matn o‘qiladi.
O‘quvchilarga savollar bilan murojaat etiladi:
– Baqa qanday jonivor?
– Baqa haqida nimalarni bilasiz?
– Milliy hunarmandchilikka oid qanday kasblarni bilasiz?
Turli kasb va hunar egalarining suratlari ko‘rsatiladi.
Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
taqa – ot-ulov oyog‘ini zararlanishdan saqlash uchun tuyoq ostiga
mixlab
qoqiladigan metal buyum
ko‘lmak – chuqur joyga to‘planib qolgan yomg‘ir suvi
sandon – temirchi, miskar va zargarlarning qizdirilgan metallga ish-
lov berishda uning ostiga qo‘yadigan
asbobi
otashkurak – yonib turgan narsani qisib olish, olovni tuzatish uchun
ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or asbobi
Ertak mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu ertak nima haqida ekan?
– Ertak kimning nomidan aytilgan?
– Ertak qahramonlari kimlar?
– Nima deb o‘ylaysiz, baqa to‘g‘ri ish qildimi?
Do'stlaringiz bilan baham: