Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Mozaika”, “Ortiqcha 
surat”, “Qofiyadoshini top”, “Zanjir” o‘yinlari.


168
Dars jihozlari:  tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar yozgan sevimli hayvonlari haqidagi hikoyalari o‘qit-
tiriladi. “Hayvonot olamida” bo‘limi yuzasidan savol-javob o‘t-
kaziladi.
– Chaqmoq ismli cho‘pon qaysi hikoya qahramoni edi?
– “Ola buzoq” she’rining muallifi kim?
– Bo‘limda berilgan hikoyalar orqali qanday hayvonlarni bilib 
oldin giz?
– Irodali insonlar haqida qanday hikoyalar bilan tanishdingiz?
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga 
bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga bahor fasli tasvirlangan rasmli 
konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida 
yig‘adilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Qudrat Hikmatning “Bahor” she’ri bilan 
tanishamiz.
O‘quvchilar bilan bahor fasli, unda bo‘ladigan tabiat hodisalari 
haqi da suhbatlashib, fikrlari tinglanadi. 
– Bahor faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
– Bahorda yurtimizga qaysi qushlar uchib keladi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Bahor” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan 
“Bahor” she’ri o‘qiladi.
O‘qituvchi “Bahor” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r 
mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi 
o‘tkaziladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling