Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Lug‘at ishi:
achchiqlanmoq jahli chiqmoq, g‘azablanmoq
tasalli bermoq – tinchlantirmoq, yupantirmoq, taskin bermoq


128
jild – biror narsa ustidan kiydiriladigan, qoplab qo‘yiladigan g‘ilof
Darslik bilan ishlash. 
“Rolli o‘qish” usuli. O‘quvchilar hikoyani rollarga bo‘linib 
o‘qiydilar. Olti nafar o‘quvchi muallif, Qosimjon, Muhabbat, Odil, To-
hir, direktor kabi rollarga bo‘linadilar va ularning so‘zlarini o‘qiydilar. 
O‘qiyotganlarida har bir qahramonning xarakterini ochib bera olishlari 
lozimligi tushuntiriladi. 
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida quyidagi mashq bajariladi.
“Kim tez topadi?” mashqi. Berilgan so‘zlar orasidan hiko ya-
ga oidlarini tanlab, gaplar hosil qilish va chizmada ko‘rsatish 
lozim bo‘ladi.
Ertasiga, mushuk, shirin, devoriy, chumoli, gazeta, qiziq, chiqdi, 
1. 
o‘qidi.
(Ertasiga devoriy gazeta chiqdi.)
Qosimjon, menga, boshini, kulib, quyi, go‘shtni, solgancha, tez, 
2. 
jim, qoldi, turaverdi.
(Qosimjon boshini quyi solgancha jim turaverdi.)
Mashq natijasi e’lon qilinadi va xulosalanadi.
“Maqollar bilag‘oni” musobaqasi. Har bir qatordan bittadan 
o‘quvchi doska oldiga chiqib, kamtarlik va manmanlik ha-
qida maqollar aytishi kerak. Eng ko‘p aytgan o‘quvchi g‘olib 
bo‘ladi. Maqollar:
Ish boshlaganda maqtanma, 
Ish bitganda maqtan. 
Kamtar bo‘lsang, obro‘ ortar, 
Manman bo‘lsang, ensa qotar.
Kamtar yetar murodga
Manman qolar uyatga.
G‘olib o‘quvchi aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoyada sizni ko‘proq nima hayajonga soldi?
1. 
Siz ham Qosimjonga o‘xshab, xatoyingizni tushunib, kechirim 
2. 
so‘raganmisiz? 
Bu hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz?
3. 
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling