Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni hikoyaning mazmuni bilan tanishtirish
to‘g‘ri, ravon o‘qish, hikoya mazmuni yuzasidan savollar tuzish, 
asar qahramonlarining fe’l-atvorini aniqlash va qiyosiy tavsiflashni 
o‘rgatish.
TK 3: do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la olish.
FK 1: hikoyani ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga insondagi yaxshi va yomon xulqlar, 
ularning oqibati haqida, manmanlik, birovlarni kamsitish yomon odat 
ekanligini tushuntirish, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rgatish.
TK 4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, 
asar tahlilida matndan misollar tanlay olish malakalarini rivojlantirish. 
FK 2: o‘qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga 
javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, “Bumerang”, “Kim tez topadi?”, 
“Rolli o‘qish”, “Maqollar bilag‘oni” mashqlari. 
Dars jihozlari: devoriy gazetalar tasviri, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Bir necha o‘quvchi “Xatosini tushungan bola” hikoyasining I qis-
mini so‘zlab beradilar. 
Test topshiriqlari:
“Xatosini tushungan bola” hikoyasining muallifi kim?
1. 
A) Shukur Sa’dulla B) Rauf Tolib
D) Xudoyberdi To‘xtaboyev E) Aziz Abdurazzoq
Kim Qosimjonni tug‘ilgan kuniga taklif etmadi?
2. 
A) Tohir B) Muhabbat D) Aziza E) Umar
Qosimjonga qayerdan xat keldi?
3. 
A) Toshkentdan B) Buxorodan D) Samarqanddan E) Andijondan
Qosimjonning “Men ekkan nihol” sarlavhali she’ri qayerda bosi-
4. 
lib chiqdi? 
A) kitobda B) jurnalda D) gazetada E) risolada
Qosimjon qaysi darsda she’r yozib o‘tirib, qo‘lga tushib qoldi?
5. 
A) adabiyot B) matematika D) ona tili E) tarix


127
O‘quvchilar yakka tartibda test topshiriqlarini bajaradilar. Test 
javob lari o‘qituvchi tomonidan tekshiriladi, xatolar izohlanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling