Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Lug‘at ishi:
bo‘g‘ot – tomning cheti
shinni – tutdan tayyorlanadigan shirinlik
qo‘g‘irmoch – un va yog‘dan tayyorlanadigan taom
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadi-
da “Navro‘z – bahor bayrami” hikoyasi o‘quvchilarga navbati bilan 
o‘qitiladi.


177
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:
Erta bahorda tabiatda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
– 
Navro‘zgacha va Navro‘z kunlari qanday ishlar qilinadi?
– 
“So‘zlarni top” o‘yini. O‘quvchilar yo‘nalishlar bo‘yicha 
harfl ardan so‘zlar tizib sumalakka kerakli masalliqlarni aniq-
laydilar.
Kichik guruhlarda ishlash. O‘quvchilar kichik guruhlarga 
bo‘lini shadi. Har bir guruh Navro‘zda tayyorlanadigan taom-
larni birin-ketin aytishadi. 
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Sizning oyingiz Navro‘z bayramida qanday taomlar pishiradilar?
– Qaysi Navro‘z taomlarini tayyorlashda yordam bera olasiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Navro‘z – bahor bayrami” hikoyasini o‘qish. 
122-d a r s
Mavzu: “Bayram urf-odatlari”.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Bayram urf-odatlari” matni mazmuni bilan 
tanishtirish, matnning mazmunini to‘liq yoki qisqartirib qayta aytib bera 
olish, o‘rganilgan mavzular doirasida bayon yoza olishga o‘rgatish.
FK 1: matnni tushunib, ongli, to‘g‘ri o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Navro‘z bayramiga bog‘liq urf-odatlarga 
amal qilinishi. Milliy udumlar va qadriyatlarni e’zozlanishi ruhida tar-
biyalash.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling