Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, “Top shiriqli o‘qish” “O‘z o‘rningni 
top”, “Domi no” o‘yinlari. 
Dars jihozlari: turli kasb egalarining suratlari, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash. O‘quvchilar-
ning darsga hozirligini tekshirish. Fasl haqida suhbat o‘tkazish.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Bir necha o‘quvchi “Bolalar gurungi” ertagining 1-qismini so‘zlab 
beradi. 
O‘tilgan mavzu “Domino” o‘yini orqali mustahkamlanadi.


211
“Domino” o‘yini. O‘qituvchi ertakdan biron so‘z aytadi, 
o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan so‘z qaysi 
harfda tugasa, o‘quvchi shu harfdan boshlangan so‘zni aytishi 
kerak. Masalan: badavlat – tinimsiz – ziyofat – takabburona – ataylab – 
boy – yig‘in – novvot…. 
O‘quvchilar shu so‘zlar ishtirok etgan gaplarni matndan topib 
o‘qishadi yoki ularning qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini aytishadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, bugun biz “Bolalar gurungi” ertagining 2-qismi bilan 
tanishamiz.
Ertakni o‘qituvchi o‘qib beradi. O‘quvchilar diqqat bilan eshiti-
shadi. So‘ng notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
o‘sal – qattiq hijolat bo‘lmoq, noqulay holatda qolmoq
loaqal – hech bo‘lmaganda, eng kamida
falonchikimsani aniq atamasdan, uning ismi o‘rnida ishlatiladi-
gan so‘z
aslzoda – yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxs
Ertak mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
– Kambag‘al bola kimlarga havasi keldi?
– Bolaga qizchalarning gapi qanday ta’sir qildi?
– Ko‘p yillar o‘tib o‘sha shaharda qanday uy paydo bo‘ldi? Bu uy 
kimniki edi?
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi va to‘ldiriladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling