Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Javob : Хarita. III. Yangi mavzu bayoni


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Javob
: Хarita.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bugungi darsda siz bilan “Xarita” hikoyasining 2-qismi bilan tani-
shamiz. 
Matn mazmuni o‘qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi. 
Matn o‘quvchilarga “Zanjir” usulida o‘qitiladi. 
Mavzudagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
qolip – andaza, quyma shakl 
loqayd – befarq, beparvo, sovuqqon 
kashfiyot – ixtiro, topilma
jimitdek 
– 
juda kichkina, jajji, 
zig‘ircha – ozgina, jindek


24
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Qismini top” mashqi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Bu 
guruhlarga mavzu matni qismlarga bo‘lib beriladi. Har bir gu-
ruh a’zolari berilgan qismlarni to‘g‘ri topib, ifodali qilib o‘qishadi va 
hikoya qilishadi. Darslikdagi savollarga javob topiladi.
1. Rasul xaritada Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarini nima uchun 
ko‘hna yodgorliklar misolida tasvirladi?
2. Siz O‘zbekistonni qaysi davlatlar bilan chegaradosh ekanligini 
bilasizmi?
Test topshiriqlari:
1. Kimning rasmida chegara nuqtali chiziqlar bilan chizilgan edi?
A) Samadda B) Rasulda D) Islomda E) Akasida 
2. Chizgan birinchi rasmiga akasi qanday qaradi?
A) quvonch bilan
B) tashvish bilan
D) loqayd bo‘lib
E) hayratomuz holatda 
3. Rasul umrida ko‘rmagan qaysi shaharni tasavvur qilib 
chizdi?
A) Samarqandni B) Toshkentni D) Buxoroni E) Andijonni
4. Cho‘l degan joyga nimani rasmini chizdi?
A) qo‘yni
B) itni D) otni E) echkini
5. Rasul xarita tagiga nima deb yozdi?
A) Tojikiston B) Qozog‘iston D) Armaniston E) O‘zbekiston
Test natijasi e’lon qilinadi va xulosalanadi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagicha savollar beriladi:
1. Shu mavzudan so‘ng sizda o‘z qishloq yoki shaharingiz xaritasini 
chizish istagi paydo bo‘ldimi?
2. Chizgan xaritangizda nimalarni tasvirlagan bo‘lardingiz?
3. Mavzudan olgan bilimlaringizni qachon qo‘llash mumkin?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling