Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Metodik qo‘llanmaning tuzilishi


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/264
Sana04.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1078216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264
Bog'liq
oqish metodika 4 uzb

Metodik qo‘llanmaning tuzilishi
Ushbu metodik qo‘llanma 4-sinf “O‘qish kitobi” (S.Matchonov, 
A.Shojalilov, X.G‘ulomova, Sh.Sariyev, Z.Dolimov) darsligi asosida 
yaratildi. O‘quv reja bo‘yicha o‘qish darslariga 170 soat ajratilgan. 
Qo‘llanmada 119 ta mavzuga ilg‘or pedagogik va axborot-kommu-
nikatsiya texnologiyalarga asoslangan namunaviy dars ishlanmalari 
beril gan. 
Mazkur metodik qo‘llanmada o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim 
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyalar yoritib 
berilgan. O‘quvchilar jamoada ishlash, mustaqil izlanish, erkin fikrlash, 
muammoli vaziyatlarning yechimini topa olish hamda maqsadli foy-
dalanish va o‘rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. O‘qish 
fanidan berilgan dars ishlanma namunalarida interfaol usullardan foy-
dalanish, didaktik o‘yin texnologiyalar o‘z ifodasini topgan.
Shuningdek, darslikning 119 ta mavzusiga multimedia ilovalari 
yaratilgan. Jumladan, ularga 32 ta animatsiya, 24 ta videolavha, 6 ta 
qo‘shiq, 102 ta lug‘at ishi, 86 ta ta’limiy o‘yin, 30 ta test topshiriqlari 
kiritilgan. 
Multimedia ilovaning birinchi sahifasida poytaxtimiz Toshkent 
shah rining zamonaviy binolari, Registon maydoni, Amir Temur haykali, 
Mustaqillik maydoni arkasidagi laylak tasvirlari musiqa sadolari os-
tida ko‘rinadi. Mundarijaga o‘tish uchun sahifa burchagidagi kitob tas-
viriga bosiladi. Mundarijada 119 ta namunaviy darslarning mavzulari 
ko‘rsatilgan. Dars mavzusi yozilgan qator kursor orqali tanlansa, o‘sha 
darsga tegishli sahifa ochiladi.
Multimedia ilovada mavzuga oid animatsiya, videolavha, ta’limiy 
mashqlar va krossvordlar berilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning tasav-
vurlarini kengaytirib, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga 
xizmat qiladi.


5
Lug‘at ustida ishlash o‘quvchilarning so‘z boyligini va nut qi ni 
o‘stiradi. Mustaqil fikrlash hamda ijodiy ishlash ko‘nikmalarini shakl-
lantiradi.
O‘qish darslarida tayanch va fanga oid kompetensiya elementlari 
119 ta dars ishlanmalarining maqsadlarida quyidagicha ko‘rsatilgan: 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling