Boyovut tuman 22 maktab direktor huzuridagi yig‘ilishi №5 sonli bayoni


Download 13.87 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.87 Kb.
#1499947
Bog'liq
22-maktab Beruniy bayonnoma

T A S D I Q L A Y M A N”


Boyovut tuman 22- maktab
Direktori _________ O T Isonov
5-dekabr 2022 yil
Boyovut tuman 22 - maktab direktor huzuridagi yig‘ilishi
5 - sonli bayoni
5-dekabr 2022 y. 22-maktab

Raislik qiluvchi: 22-maktab direktori


O T Isonov
Ishtirok etdilar: Pedagog xodimlar
Kun tartibi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiyolim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-361-son qarori haqida



Eshitildi:


Yig’ilishni maktabning MMIBDO’ K K Ismoilov ochdi va kun tartibidagi masla yuzasidan quyidagicha axborot berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiyolim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-361-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Boyovut tuman XTBning 2022-yil 2-dekabrdagi chora-tadbir rejasi asosida maktabning chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi. Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash bo‘yicha umumta’lim muassasasida o’quvhcilar bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir orqali o’quvchilarga Beriniyning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda keng jamoatchilikning 2022-2023-yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini YUNESKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanganligi;
YUNESKO Bosh konferensiyasi qarori bilan Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash YUNESKOning 2022-2023-yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro‘yxatiga kiritilganligi; haqida ma’lumotlar berildi.
O’quvchilar o’rtasida “Beruniy avlodimiz” shiori ostida 5-8-sinf o’quvchilari ortasida insho. 9-10-sinf o’quvchilari o’rtasida maqola she’rlar tanlovlarini tashkil etildi.

Maktabda o’quvchilar o’rtasida Xorazm viloytida “Astironomiya va geografiya fanlari bo’yicha Abu Rayxon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalarni tashkil etilishi haqida ma’lumotlar berildi.


O’quvchilar o’rtasida “Beriniy avlodlarimiz” mavzusida bayram tadbiri tashkil etilib, Beriniy haqida ma’lumotlar berildi.
Ushbu masala yuzaisadan yig’ilish





QAROR QILADI:



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-361-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. A.R.Beruniy hayoti va ijodini keng targ’ib etish maqsadida yurtimizning tarixiy joylariga ekskursiyalar uyushtirish, asarlarini targ’ibot etish bo’yicha chora-tadbir rejasi asosida ish olib borilsin.

  3. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash MMIBDO’ K K Ismoilov zimmasiga yuklatilsin.



Bayonnoma yozuvchi: A Qudratov
Download 13.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling