Boyqarayeva navruza allaberdi qizi


Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi


Download 54.03 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi54.03 Kb.
#1624999
1   2   3   4   5
Bog'liq
asosnoma

Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi: Ta’lim jarayonida shaxs dunyoqarashi va tafakkurini barqaror rivojlantirishning nazariy-tarixiy asoslari eng qadimgi yozma manbaalar hamda Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, A.Navoiy kabi Sharq mutafakkirlarining qomusiy asarlarida yoritib berilgan.
Respublikamiz psixolog olimlardan M.G.Davletshin, E.G‘oziev, A.Jabborov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova, N.S.Safaev kabilar tomonidan inson tafakkuri muammosining psixologik xususiyatlari tadqiq etilgan. E.Yusupov, J.Tulenov, N.Jo‘raev, A.Choriev, G.Tulenovalar tomonidan inson tafakkurini rivojlantirishning falsafiy-metodologik jihatlari, psixologik xususiyatlari o’rganilgan.
Shuningdek, olimlarimizdan Sh.Qurbonov, U.Inoyatov, E.Seytxalilov, E.Yuzlikaeva, Sh.Shodmonova, R.Safarova, Sh.Sharipov, O.Jamoldinova, N.M.Egamberdieva, B.X.Xodjaev, Sh.Abdullaevalarning tadqiqot ishlarida o‘quvchilarda yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish, mustaqillik, milliy, ma’naviy-axloqiy, ijodiy, badiiy, innovatsion, tarixiy tafakkur masalasining o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga alohida e’tibor qaratib tadqiq etilgan.
Rossiya va xorijiy davlatlar olimlaridan S.L.Rubinshteyn, O.K.Tixomirov, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin, A.V.Brushlinskiy, Yu.M.Orlov, S.N.Morozyuk, D.A.Beluxina, O.S.Grebenyuk, T.N.Vasilev, M.Djeyms, N.V.Pil, X.Kornelius va S.Feyler, Hilmanlar tomonidan tafakkurning nazariy-falsafiy asoslari, psixologik xususiyatlari, o‘quvchilarda va o‘qituvchilarda tafakkurni shakllantirish muammolari, shaxsning o‘z-o‘zini tushunish qobiliyati sifatida, pozitiv fikrlash shakli sifatida o‘rganilgan.
Biroq psixologiya va pedagogika fanlari doirasida kichik maktab o’quvchilarining tafakkurini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar muammosi, hamda o‘quvchilarda tafakkurini rivojlantirish to’la tadqiq etilmagan. Shuningdek, kichik maktab o’quvchilarining tafakkurini rivojlantirish jarayonini tashkil etish modeli ishlab chiqilmaganligi mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanish olib borishni taqozo etdi. Ana shularni nazarda tutgan holda “Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar” mavzusini magistrlik ilmiy ishi mavzusi sifatida tanladi.

Download 54.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling