Bo‘z tuproqlar mintaqasi
Download 64.96 Kb.
|
Bir x
Ma’lum bir tuzilishga ega bo’lgan quruq tuproq og’irligining u egallagan hajmga nisbati tuproqning hajmiy massasi deyiladi va g/sm3 da ifodalanadi. Bo’z tuproqlarning hajmiy massasi haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 atrofida bo’ladi.
Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli o’simliklar tuproq zichligiga har xil talab qo’yadi. Кo’pgina o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 gr/sm3 bo’lganda yaxshi o’sadi. 4. Tuproq strukturasi va uni yaxshilash usullari. Mayda chang zar-rachalarini bir - biri bilan yopishib, har xil kattallikdagi agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. Struktura hosil bo’lishida organik modda yelimlovchi vazifasini o’taydi. Chirindi qancha ko’p bo’lsa tuproq strukturasi shuncha yaxshi bo’ladi. Кesak-chalar yirik maydaligiga qarab quyidagilarga bo’linadi: megastrukturali (diametri 10 mm dan ortiq), makrostrukturali (diametri 10-0,25 mm) va mikrosturturali (diametri 0,25 mm dan kichik). Mikrostruktura o’z navbatida dag’al mikrostruktura (0,25-0,01) va nozik mikrosturuktu-raga (0,01 mm dan kichik) bo’linadi. Diametri 1-3 mm li kesakchalar eng yaxshi kesakchalar hisoblanadi. Suvga chidamli kesakchalardan tashkil topgan tuproqlar mustahkam strukturali deyiladi. Tuproqning donadorligi suv, havo, issiqlik va oziq rejimlariga ta’sir etadi. Struktura mexanik, fizik, kimyoviy, biologik omillar ta’sirida buziladi. Mexanik omillarga kesakchalarning qishloq xo’jalik mashinalarining g’ildiraklari, ishchi organlari va boshqa kuchlar ta’sirida ezilishi kiradi. Fizikaviy omilga bostirib sug’organda tuproq ichidagi havoni suv bosim bilan siqib chiqarishi natijasida strukturani buzishi kiradi. Bir valentli kationlar (H+, NÍ4+, К+ , Na+) tuproq strukturasini buzadi, bu kimyoviy omilga kiradi. Mikroorganizmlarning organik moddani parcha-lab strukturani buzishi biologik omilga kiradi. Tuproq strukturasi organik o’g’itlar solish, almashlab ekish ya’ni organik modda miqdorini ko’paytirish hisobiga tiklanadi. Tuproq strukturasini saqlashda yerga ishlov berish sonini kamaytirish ham alohida o’rin tutadi. 5. Tuproqda o’simliklar o’zlashtiradigan holdagi oziq moddalar yetarli bo’lmasa ekinlardan kerakli hosilni olib bo’lmaydi. Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simlik-larning ham o’sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan sharoitga bog’liq. G’o’za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan o’simlik. Masa-lan: 1 t paxta yetishtirish uchun taxminan 56 kg azot, 23 kg fosfor va 53 kg kaliy talab qilinadi. Кungaboqar ham azot, fosfor va kaliyga talabchan o’simlik hisob-lanadi. 1 t kungaboqar hosili uchun tuproqdan 50 kg azot, 27 kg fosfor va 22,8 kg kaliy, sarflanadi. Ildizmevalilar va tugunakmevalilar fosfor va azotga qaraganda kaliyga ko’proq talabchan. Odatda oziq element-larning umumiy miqdori har gektar yerda bir necha tonna atrofida bo’ladi. Masalan, kuzatishlarga qaraganda, deyarli 100 yildan ortiq sug’orilib dehqonchilik qilinayotgan bir gektar tipik bo’z tuproqli yerning haydalma qatlamida(0-28 sm) o’rtacha 59,1 t chirindi, 4 t azot, 8 t fosfor va undan pastki 28-100 smli qatlamida esa yuqoridagilarga muvofiq 73,5; 4,97 va 16 t oziq elementlari bo’lar ekan. O’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o’g’itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliya-tiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo’lla-nishiga ham bog’liqdir. O’simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo’linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usullari. Avtotrof oziqlanishda o’simliklar tuproqdan suvda erib oksidlangan mineral tuzlarni o’zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o’simliklar uchun asosiy hisoblanadi. Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo’ladi. U’simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziq-lanish deyiladi. Dukkakli ekinlar ildizidagi tugunak bakteriyalar erkin azotni o’simliklar o’zlashtiradigan shaklga o’tkazib beradi. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlari-dan biri hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo’lgan nitratlar, (NO2, NO3 ) va ammo-niy(NH4) tuzlaridan o’zlashtiradi. Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish jarayoni am-monifikatsiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib,nitrit va nitrat kislotalarga aylanish jarayoni nitrofikatsiya deyiladi. O’simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida qizg’ish va qo’n-g’ir tusli dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va tushib ketadi. Кaliy o’simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar hosil bo’lishini va harakatini faollashtirali. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tez-lashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi. 6.Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) tuproqni oziq moddalar bilan boyitish; 2) tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq elementlarini oson o’zlashtiradigan holatga o’tkazish; 3) oziq moddalarni o’simliklar oson o’zlashtirishi uchun sharoit yara-tish; 4) tuproqda oziq moddalar kamayishiga qarshi kurash. Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqlarni ohaklash , ishqoriylarini gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani yaxshilash, yetarli namlikni saqlash, oziq rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Go’ng solinganda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, ya’ni mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi yengil tuproqlarning yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don ekinlari ekish yaxshi ta’sir etadi. O’zbekiston umumiy er maydonining qariyib 5% ni tog’ tuproqlari egallaydi va shu munosabat bilan bu tuproqlarni o’rganishga qiziqish katta bo’lgan. Tog’ tuproqlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni olimlarimizning ilmiy asarlaridan topish mumkin. Mualliflar o’z asarlarida tog’ tuproqlari hosil bo’lish jarayonlarini, asosiy tog’ tuproq tiplari, ularning morfologiyasi, xossa va xususiyatlari, gumus hosil bo’lish jarayonlari, bu tuproqlarning vertikal mintaqaviylikka mansubligi va nihoyat tog’ o’lkasi tuproqlarining atrof-muxit ekologiyasini yaxshilashdagi ijobiy rolini ko’rsatib o’tganlar. Yerda hayotning paydo bo‘lganiga 2 mlrd. yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, yerdagi o‘simliklar va tuproqning tarixi esa o‘z ichiga 0,5 mlrd. yil atrofidagi vaqtni qamrab oladi. Shuncha vaqtdan beri o‘simlik tomonidan, tuproq tomonidan ma’lum muvozanatga asosan kosmik energiya yutiladi, oqibatda tuproq gumusi va minerallarida to‘planib uning unumdorligini belgilaydi. Bu mexanizmda tuproq qoplami qatnashadi. Tuproq faol ishtirokchi tariqasida energiyani yutadi, to‘playdi va sarflaydi. Shunday qilib tuproq-ekologik tizim quruqlikda energiya tartibotini boshqarishda qatnashadi. Keyingi yuz yillikni ikkinchi yarmida tuproqqa, umuman tabiatga bo‘lgan texnogen ta’sir kuchayib ketdi. Bu ta’sir natijasida tuproq ko‘proq jabrlanmoqda. Inson tomonidan bo‘layotgan texnogen ta’sir natijasida dunyoning boshqa mamlakatlari kabi O‘zbekistonda ham tuproq uchun, insoniyat uchun xavfli bo‘lgan cho‘llanish, sho‘rlanish, kollektor-zovur suvlarini mineralizatsiyasi ortishi, zaharlanishi, tuproqlarni zichlanishi va boshqalar tuproqlarni unumdorlik darajasini kamayishiga, yo‘qolishiga, tuproqni kasallanishiga olib kelmoqda. Sug‘oriladigan yerlardan, uning holatini e’tiborga olmasdan haddan tashqari kuchli darajada foydalanish ularning sifatini pasayishiga hatto qishloq xo‘jalik aylanma harakatidan tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda oxirgi 15-20 yil ichida sho‘rlangan yerlar maydoni 0,8 mln. gektarga ortib ketdi. Qoraqolpog‘iston, Buxoro, Sirdaryoda sug‘oriladigan yerlarni 95 % gacha miqdori sho‘rlangan. Noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun sug‘oriladigan, unumdorligi yuqori bo‘lgan yerlarni ajratish davom etmoqda. Orol dengizni sathini keskin va jadal sur’atlarda pasayishi qator salbiy oqibatlarga: cho‘llanish jarayonini tezlashishiga, sho‘r yerlarni maydonini ortishiga va hokazolarlarga sabab bo‘lmoqda. Suv va shamol eroziyasi hamda ikkilamchi sho‘rlanish kabi jarayonlarni tuproq unumdorligiga ta’siri yildan yilga ortib bormoqda. Keyingi vaqtlarga kelib gumus va oziqa elementlarning miqdori keskin kamaygan yer maydonlarini xissasi ortishi jarayoni sezilib turibdi. Dunyoda tuproqlarni va suvni ifloslanishi, o‘simlik va xayvonot dunyosining mahsulotlarini nitratlar, og‘ir metallar, agrokimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ham xatarli tus olmoqda. Ayni bir vaqtda salbiy omillar alohida-alohida va birgalikda tuproqni sifat bahosiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqni bonitirovkalashda asosiy mezon tariqasida esa uning unumdorligi olinadi va ballarda ifodalanadi. Bu vazifani “tuproq bonitirovkasi” amalga oshiradi. Bonitirovka so‘zi lotincha bonitas - saxiylik, ya’ni tuproqlarni, ularni ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir. Yerlarni baholash uchun esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyati ham tug‘iladi, bu ishga kadastrlash deyiladi. Kadastr so‘zi frantsuzcha - cadastre dan 4 olingan bo‘lib, ro‘yxatga olmoq demakdir. Tuproq bonitirovkasi Yer kadastrining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tabiiy resurs va xo‘jalik ob’ekti bo‘lgan Yerga munosabat hamma vaqt ham siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy hayotni diqqat markazida turgan. Yer masalasi hamma formatsiyalarda, qayta qurish, qayta shakllanishlar davrida markaziy muammo hisoblangan. Yer har doim nazorat va himoya hamda tarbiyaga muhtoj bo‘lib, uni hech ham aldab bo‘lmaydi. Yaxshi egaga ega bo‘lgan Yer doimo yuqori hosil beravermaydi. Uni, ya’ni Yerni bahosi ham hosil bilan o‘lchanadi. Shunday bo‘lib kelgan. "Yosh kelin - deyilgan "Avesto"da - eriga go‘dak hadya etganday, Yer ham chap va o‘ng qo‘li bilan o‘ng va chap qo‘li bilan parvarish qilgan odamga mo‘l-ko‘l hosil beradi. Ishlov bermagan va ekilmagan yer ersiz va farzandsiz johil qiz kabi baxtsizdir. Qiz yaxshi erni orzu qilganday, yer ham yaxshi qo‘shchiga ilhaq". Yaqin kunlargacha dehqonchilikning umumiy madaniyati, yerni, tuproqni unumdorligi reja va topshiriqlar bilan o‘lchanar edi. Shu bois mamlakatda 1964 yilgacha tuproq tekshiruv xaritalaridan, yer tuzish va boshqa loyiha ishlarida deyarli foydalanilmagan. Sug‘oriladigan mintaqalarda almashlab ekish tuproq sharoitlarini hisobga olmay joriy qilinar edi. Almashlab ekishda esa kimyoviy ishlar uchun tuzilgan 1:50000 nisbatdagi agrotuproq xaritalaridan foydalanilgan. Yer kadastrining qishloq xo‘jaligidagi roli va o‘rni alohida bo‘lib, ko‘p qirrali hisoblanadi. Tarixda Yer kadastrining tarkibiy qismlaridan hech qaysi biri tuproq bonitirovkasiday qiziqish uyg‘otmagan. Yerni hisobga olish va baholash qadimgi Rimda mavjud bo‘lgan. Yegipetda yerga egalik qilish huquqini berish bilan birga yerdan olingan daromadni 20 % ni soliq tariqasida undirib olingan. Rossiyada Pyotr davrigacha davlat sarf xarajatlarini qoplash uchun yer egalaridan alohida Yer solig‘i olingan. Qadimgi Rus davlatlarida dehqonlar birinchi bonitirovkachilar bo‘lganlar. Ular hozirgi zamon ilmiga ega bo‘lmagan bo‘lsalarda, ya’ni tuproqning mexanik tarkibi, gumus, sho‘rtobligi va boshqa xossa va xususiyatlarini bilmagan bo‘lsalarda qora va qoramtir ranglardagi tuproqlarni birinchi o‘ringa, bo‘z, och bo‘z rangli tuproqlarni keyingi o‘rinlarga, oq tuproqlarni esa unumsizlar qatoriga qo‘yganlar va shu asnoda joylashganlar hamda dehqonchilik qilganlar. Dehqonlar tuproqni baholashda har xil atamalar va sermazmun so‘zlardan foydalanishgan. Masalan; qaerda podzol bo‘lsa, o‘sha joyda muhtojlik, qora yer - oq non. Oq yer tezroq kambag‘allashadi va boshqalar. Ivan Grozniy davrida ham yerlarni hisobga olish maqsadida maxsus buyruqlar berilgan va xizmat ko‘rsatgan odamlarga yaxshiroq yerlardan joy berish maqsadida bu hisob-kitoblar va yozuvlardan foydalanilgan. Shu davrdagi ro‘yxatga oluvchilarni ishlari Yer to‘g‘risidagi dastlabki, nisbatan to‘liq ma’lumotlarni qamrab olgan. Bu 5 yozuvlarda joyning geografik sharoiti, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shahar, qishloqlar to‘g‘risidaga ma’lumotlar, relyef, aholi o‘z aksini topgan. Yerni sifati to‘g‘irisidagi ma’lumotlar ham berilgan. Haydaladigan yerlar o‘zlarining sifat ko‘rsatkichlariga qarab uch guruhga: saxiy, o‘rtacha, ozg‘inlarga bo‘lingan. Bulardan tashqari haydalgan, haydalmagan o‘rmon, qamishzor, toshli yer, qumli yer va boshqalarga ajratilgan. Feodalizm davridagi yer taqsimotidayok yerlarni sifati e’tiborga olingan, ya’ni o‘rtacha sifatga ega bo‘lgan yerlardan yer berilayotganda me’yorga nisbatan 25% ko‘proq, past sifatli yerdan berilganda esa 50% ko‘paytirilib berilgan. Pyotr davrida Yerga bo‘lgan munosabatlar, uni baholash masalalari deyarli to‘xtab qoldi yoki kuchli darajada buzildi. Rossiya tuproq qoplamini o‘rganishda XVIII asrda tashkil etilgan Rossiya Fanlar Akademiyasining geografiya departamenti alohida ahamiyat kasb etadi. Buyuk olim M.V.Lomonosov ushbu departamentni boshqargan edi. Bu davrda departament tomonidan joylardan ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus savolnomalar tuzilgan. M.V.Lomonosov qayinzorlar tagidagi tuproqlarni boy tuproqlar deb baholadi, bunga sabab tariqasida ularni barglarini kuzda to‘kilishi va bahorda yangilanishini keltirdi. Yerga tushgan barglar yil davomida chirib organik moddaga aylanishini aytdi. Yel, sosnalar tagidagi tuproqlarni kambag‘al tuproqlar qatoriga kiritdi, sabab tariqasida ularning igna barglarini to‘kilmasligi keltirildi. M.I. Afonin 1771 yilda tuproqlarni tasnifi sifatida gilli qora tuproq, toshli, o‘rmon, botqoq, yong‘oqsimon qora tuproqlarni ajratdi. Rossiyada 1765 yili "Erkin iqtisodiy uyushma" tashkil etiladi. Bu uyushma vazifasi o‘z zamonasidagi dehqonchilik, iqtisod sohasidagi yangiliklarni to‘plash va aholiga etkazishni yangi usullarini ishlab chiqish, yerlarni sifatini o‘rganish edi. Bu davrga kelib Rossiya dunyoda bug‘doy sotuvchi yirik mamlakatlardan biriga aylangan edi. Shu bois erkin iqtisodiy uyushma asosiy bug‘doy maydoni hisoblangan qora tuproqlarni o‘rganishga kirishdi. Akademik Leman, Bolotov, Komovlar uyushmani to‘plamlarida tuproqni xossalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida chiqib turdilar. XIX asrning birinchi yarmida dastlabki ro‘yxatga olish ishlari davlat tomonidan soliqlarni barobarlash maqsadida boshlandi. Kadastr ishlari katta xarajatlarni talab qildi. Bu xarajatlarni qoplash uchun dehqonlardan qo‘shimcha soliq olish nazarda tutildi. 1842 yilga kelib joylarda kadastr komissiyalari tuzildi, bu komissiya turli so‘rovlar o‘tkazdi. Bu vaqtlarga kelib ushbu komissiya yordamida Rossiyaning 17 guberniyasida kadastr ishlari o‘tkazildi. Bu guberniyalarga Peterburg, Voronej, Penza, Tambov, Tula, Ryazan, Orlovsk, Kursk, Moskva, Yekaterinoslavsk, Pskov va boshqalar kiradi. Bu ishlar natijasida 1851 yili Veselovskiy rahbarligida 1:8400000 masshtabda Rossiyaning tuproq xaritasi tuzildi. Bu xaritaga va ish jarayoniga Dokuchayev yuqori baho berdi. Shunday qilib Rossiyada Yer kadastri ayni vaqtda tuproqlar geografiyasi va tuproqlarni xaritalash kabi fanlarga asos soldi. Keyinchalik baholash ishlari uslubi ishlandi va biroz takomillashdi. Tuproqlarni sifat jihatidan baholash hosilga bog‘landi. Haydaladigan yerlar 5 sinfga, 6 pichanzorlar esa 14 sinfga, pichan 4 navga ajratildi. Guberniyalar uchun alohida- alohida bug‘doyni hosildorligi, narxi aniqlandi. Eng kam hosil podzol, eng yuqori hosil esa qora tuproqlardan olinishi aniqlandi. Xullas bu davrdagi yerga baho berish, ro‘yxatga olish davlat siyosati uchun bir tadbir tariqasida o‘tkazildi. Shu davrda, ya’ni 1870 yillardan boshlash Dokuchayevning faoliyati ko‘rina boshladi. 1883 yili Dokuchayev tomonidan "Rus qora tuprog‘i" nomli asar chop etildi. Shu asar orqali dunyoda yangi "Tuproqshunoslik" fani paydo bo‘ldi. Tuproqlarni genetik asosda o‘rganish boshlandi. Ayni shu vaqtda tuproqlarni ilmiy bonitirovkalashga asos solindi. Dokuchayev tomonidan Rus qora tuproqlari o‘rganilib kelingandan keyin, u darhol Nijniy-Novgorod, Poltava yerlarini o‘rganish va baholash uchun yuborildi. Dokuchayev yerni baholash ishlarini keng agronomik ishlarga aylantirib yubordi. Shu davrdan boshlab yerga baho berishni Dokuchayev davri boshlandi. Bu davrda yerlarni baholashda Dokuchayevdan boshqa Amalitsskiy, Baravkov, Vernadskiy, Glinka, Zamyatchinskiy, Levinson-Lessing, Sibirtsev va boshqalar qatnashdi. Shu tariqa Dokuchayev tuproq bonitirovkasining tabiiy-tarixiy usulini yaratdi. TUPROQ UNUMDORLIGINI BAHOLASH TAMOYILLARI. UNUMDORLIKNI BAHOLASHNING DOKUCHAYEV USULI Dokuchayev tuproqlarni bonitirovkalashda, ularni sinflarga, guruhlarga, tiplarga, tipchalarga, ayirmalarga bo‘lishda tuproqdan, ya’ni uning tabiiy xususiyatlaridan foydalanish kerak ekanligini isbotladi va bu usul baholash usulini negizi ekanligini ko‘rsatdi. Tuproqni tabiiy xossalarini e’tiborga olmasdan juda sifatli darajada bajargan iqtisodiy-statistik baholash usuli ham kutilgan natijaga olib kelmaydi. Shunday qilib Dokuchayev va Sibirtsevlar tuproqni bonitirovkalashda uni, ya’ni tuproqni har tomonlama tabiiy xususiyatlarini o‘rganilishi lozimligi va shu asosda baholashni ishlab chiqdilar. Bonitirovka ishlarini bajarish o‘z ichiga ikki davrni oladi. Birinchi - tuproqni tabiiy xossalarini, morfologik, genetik, kimyoviy, fizikaviy va boshqalarni dalada, laboratoriyada o‘rganish davri. Ikkinchi - qishloq xo‘jalik va statistik ma’lumotlarni to‘plash, tanlash, qayta ishlash davri. Bu har ikki davrdagi ko‘rsatkichlar orasida uzviy bog‘lanishlar bo‘lib, hatto birinchi davrdagi ko‘rsatkichlar ikkinchi davr ishlari uchun mezon bo‘ladi - deb yozgan edi Dokuchayev. Yerlarni bonitirovkalashni Dokuchayev-Sibirtsev usulida eng avvalo tuproqlar tipi aniqlanadi va tasniflanadi, keyin esa morfo-genetik belgilari, kimyoviy, fizikaviy xossalarini o‘rganishga kirishiladi. Har bir tuproq tipi uchun to‘la kimyoviy analiz, mexanik analiz, nam sig‘imi, suv o‘tkazuvchanlik, kapillyarlik, bug‘lanish, issiqlik o‘tkazuvchanlik va xokazolar aniqlanadi. Dala va kameral ishlar natijasida Dokuchayev gumus miqdori va tuproq qatlami qalinligi bo‘yicha geologik diagrammalarni tuzdi. 7 Mendeleyev ma’lumotlariga tayanib, ya’ni oziqa elementlari miqdori va boshqa kimyoviy xossalarini e’tiborga olgan holda Dokuchayev kimyoviy diagrammalar tuzdi va geologik hamda kimyoviy diagrammalardan o‘rtacha chiqarib uni tasvirladi. Yuqoridagi diagrammalar kabi tuproqni fizik xossalari uchun ham maxsus rasm ishlandi. Bu diagrammalarni, ya’ni geologik, kimyoviy va fizikaviylarni birlashtirib Dokuchayev yagona diagramma tuzdi va shu asosda tuproqlarni baholadi. Ana shu tabiiy-tarixiy usul bilan 100 balli shkala asosida Dokuchayev Nijniy Novgorod tuproqlarni baholadi. Shu bois ba’zan bu usulga Nijniy Novgorod usuli ham deyiladi. Tabiiy, albatta hozirgi kunda Dokuchayev-Sibirtsev tomonidan ishlangan tuproq bonitirovkasi usuli bizni qoniqtirmaydi, lekin asos rolini o‘ynay oladi. YERNI BAHOLASHNI STATISTIK USULI Bu usulda tuproqlarni baholashni mazmuni quyidagilardan iborat. 1. Yerni sifat jihatdan baholashni so‘rov savollari orqali to‘plangan ma’lumotlar asosida o‘tkazish. 2. So‘rov savollarga javob berish, to‘ldirish yer egalari va yer boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan. 3. So‘rov savollarini tarqatish, ularni to‘plash, tekshirish uezd politsiya boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatilgan savollarni tushunadigan va ularga to‘g‘ri javob beradigan xodimlar etarli bo‘lmagan. Chunki statistika xodimlari ichida hatto maxsus ma’lumot emas, balki to‘liq o‘rta ma’lumotli bo‘lmaganlari ham ko‘p uchrab turadigan holat bo‘lgan. Politsiya maxkamasi esa ma’lumotlar soni to‘g‘rimi, hammasi to‘ldirilganmi yo‘qmi, shu savollarga javob bergan. So‘rovnoma ichidagi savollarni mohiyatini tushinadigan odam bu zanjirda deyarli bo‘lmagan. Ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan yerlarni baholash shu tarzda bajarilgan. Bu usulni o‘zini oqlamasligi tezda ma’lum bo‘ldi, shu bois boshqa usullar izlandi. YERLARNI BAHOLASHNI MORFOLOGIK USULI R.V.Rispolojenskiy, G.F.Nefedov usuli. Bu olimlar o‘zlarini morfologik usullarini ishlab chiqib, uni targ‘ib qildilar. Rispolojenskiy tuproqlarni baholashda ularning tabiiy xossalari hisoblangan mexanik tarkibi, kimyoviy tarkibini ahamiyatini yo‘qqa chiqardi, ya’ni tuproq bahosi bilan ularni xossalari o‘rtasida bog‘lanish yo‘q dedi va shu tarzda baholash ishlarini o‘tkazdi. Bu usul ko‘rinish va bajarish jihatdan sodda hamda arzon, shu bois qishloq xo‘jaligi hodimlarida qiziqish uyg‘ota oldi. Lekin bu usulda baholash noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi aniqlangan edi va shunday ham bo‘ldi. G.F.Nefedov esa tuproqni bir butun tushunmadi, uning kimyoviy, fizikaviy xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rmadi, shuning uchun tuproqni baholashda u baholanadigan yerlarni bitta, ya’ni gumusni tarqalishini yoki boshqa bir xususiyatini xaritalanishini afzal ko‘rdi. 8 Rispolojenskiy va Nefedov usullari, asosida ishlangan xaritalari mutaxasislar tomonidan keskin salbiy taqrizlar oldi. Shunday qilib bu davrga kelib 3 guruhdagi usullar tuproqni baholashda qo‘llanila boshladi. 1. Dokuchayev-Sibirtsevlarni tabiiy-tarixiy usuli bo‘lib, bu usul Rossiyaning 177 uezdi va 17 guberniyasida qo‘llanildi. Bu maydon 996 ming km2 yoki Rossiyaning Yevropa qismini 25 % demakdir. 2. So‘rov-statistika usuli. Bu usul iqtisodchilar, statistika xodimlari tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, 59 uezd, 7 guberniyada qo‘llanildi, 350 ming km2 maydonda sinaldi. 3. Rispolojenskiy usuli, ya’ni morfologik usul bo‘lib, 47 uezd, 5 guberniyada qo‘llanildi, 618 ming km2 maydonda sinaldi. Bu usullardan tashqari Nefedov usuli bilan Tula, Tredesevich usuli bilan Lyubinskiy guberniyasida, Tomas usuli bilan Boltiq bo‘yida yerni baholash ishlari o‘tkazildi. Yuqorida qayd qilinganidek Rispolojenskiy usuli nisbatan qulay va arzonligi tufayli usulni iqtisodchilar, statistlar qattiq turib himoya qildilar, ammo tarix, hayot, amaliyot hamma narsalarni joy-joyiga qo‘ydi. Dokuchayev usuli eng to‘g‘ri va ob’ektiv ekanligi vaqt o‘tishi bilan isbotlana boraverdi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, Dokuchayev iqtisodiy statistik usulni butunlay bekor qilishni rad etdi, aksincha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ko‘p yillik hosil miqdori tuproqni tabiiy xossalari bilan uyg‘unlashgan holdagina eng to‘g‘ri va eng sifatli natija olinishi ta’kidlanadi. CHET MAMLAKATLARDA TUPROQ BONITIROVKASI Tuproqlarga baho berish dunyo mamlakatlarida yagona usul va uslubiyatga tayangan deb bo‘lmaydi. Bunday bo‘lishi ham qiyin. Shu bois tuproqlarni bonitirovkalash turli mamlakatlarda alohida-alohida ishlandi. Masalan; Germaniyada tuproqlarni baholashda agrogeologik tamoyilga asoslangan, Teyer tasnifi asosida boshlangan. Bu usulga ko‘ra asosiy taksonomik birlik tariqasida tuproq ayirmasi qabul qilingan bo‘lib, ayirmani ajratish mexanik tarkibga ko‘ra amalga oshirilgan. Keyinchalik A.Teyer bu ishini biroz takomillashtirdi, ya’ni ancha sermazmun tasnifni ishlab chiqdi. Bu tasnifga ko‘ra asosiy shkalada tuproqlar 6 turga, ya’ni gilli, qumoqli, qumli, gumusli, oxakli o‘z navbatida bular 3 tadan va 4 tadan sinflarga ajratildi. Keyinchalik nisbatan qulay bo‘lgan maxsus bonitirovka jadvali Kraft tomonidan ishlangan bo‘lib, unda tuproqni turi, qalinligi, undagi gumus miqdori, yerning qiyaligi, namligi, ekin turi va boshqalar e’tiborga olingan. Bu usulning qulayligi shundan iboratki, bunda tuproqning har bir xossa va xususiyatlari uchun aniq ballar berilgan. Aniq bir turdagi tuproqni bonitet ballini aniqlash uchun shu tuproqning xossalariga berilgan ballarni jamlash kifoya qiladi. Masalan; mergel-qumoqli tuproq - 25 ball, shu tuproqni qalinligi 24 dyum - 10 ball, gumus miqdori 12 % - 5 ball, qiyaligi uchun 10 ball, tuproqni ustki holati uchun 10 ball. Demak maydonning bonitet balli 25+10+5+5+5+10=60 ball. 9 Hozirgi vaqtda Kraft usuli o‘rniga Dokuchayev-Sibirtsev usullariga tayangan uslubiyatlardan foydalaniladi. Angliyada tuproqni baholashda ikki tipdagi usullardan foydalaniladi. Bu usullar tuproqni potentsial unumdorligi va daliliy mahsuldorligiga tayangan holda ishlangan. Rassel fikriga ko‘ra hosil taqdiri 3 guruhdagi sabablarga bog‘liq. 1. Dehqonga bog‘liq bo‘lmagan omillar, sabablar. 2. Qimmatbaho tadbirlarni qo‘llash bilan bog‘liq omillar. 3. Oddiy omillar, qaysiki dehqon har yili qo‘llay oladi. Birinchi guruh omillariga iqlim, joyning geografik o‘rni, relyef , tuproq qatlami qalinligi va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh omillariga esa yerlarni zovurlash, sug‘orish kabi katta miqdordagi kapital sarflanishi lozim bo‘lgan ishlar kiradi. Uchinchi guruhga tuproqqa ishlov berish, o‘g‘itlash, begona o‘tlardan tozalish va boshqalar kiradi. Yana guruhlarni e’tiborga oluvchi 2 tipdagi uslubiyat ishlab chiqilgan bo‘lib, tuproqlar baholanadi. Birinchi tipdagi bonitirovkalash usulida tuproqni potentsial unumdorligi e’tiborga olinadi. Rassel fikriga ko‘ra bunda iqlim, relyef kabi tabiiy kattaliklarga tayangan holda tuproq 3 kategoriyaga 10 ta sinfga bo‘linishi kerak. Ikkinchi tipdagi uslubiyatda tuproqni baholash olingan hosil asosida olib boriladi, bu usul albatta juda dag‘al bo‘lib, buni Rasselni o‘zi ham ta’kidlagan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida tuproqni baholash ishlari 1899 yildan toki 1952 yilga qadar qishloq xo‘jaligi vazirligini tuproq xizmati guruhi tomonidan olib borilgan. Hozirgi kunda tuproq muxofazasi xizmati tashkil etilgan va ular tuproqni bonitirovkalash bilan shug‘ullanadi. AQSH da 2 usul keng qo‘llaniladi: a) majmuaviy usul bo‘lib, ko‘p yillik hosil asosida yerlar baholanadi, b) omilliy usul bo‘lib, tabiiy omillar e’tiborga olinadi, bunda tuproq xossalari va ularni yaxshilash nazarda tutiladi. Tuproqlar ularning mexanik tarkibi, qalinligi, suv o‘tkazuvchanligi, toshliligi va boshqalarga qorab sinflarga ajratiladi va ballar beriladi. Bu usul o‘zining ma’no va mazmuniga ko‘ra tabiiy tarixiy hisoblanadi. Usulda 100 balli shkaladan foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda AQSH da yerdan foydalanishni qulaylashtiruvchi maxsus agroguruhli, tasnifli jadval ishlandi. 1-jadval. Tuproqlarni sinfiga qarab foydalanish imkoniyatlari. Yerdan foydalanish shakli Foydalanish uchun qulay sinflar I II III IV V VI VII VIII To‘qay Ha Ha Ha Ha Ha Ha Ha Ha O‘rmonchilik Ha Ha Ha Ha Ha Ha Ha Yo‘q Yaylov Ha Ha Ha Ha Ha Ha Ba’zan Yo‘q Pichanzor Ha Ha Ha Ha Ha Yo‘q Yo‘q Yo‘q Donli ekinlar Ha Ha Ha Ha Yo‘q Yo‘q Yo‘q Yo‘q Haydov dehqonchiligi Ha Ha Ha Yo‘q Yo‘q Yo‘q Yo‘q Yo‘q 10 Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Yerlarni tasniflash uchun 8 ta sinf ajratilgan. Eng yaxshi va eng yuqori baholi sinflarga I-II sinflar kiradi. Qolganlari ozmi-ko‘p cheklanishlarga, ya’ni qaysidir o‘simliklarni hosildorligiga salbiy ta’sir qilishiga asoslangan. Kanadada tuproqlarni baholash ishlari Stori usuli bilan olib boriladi. Bu usul ham tabiiy tarixiy usulga yaqin bo‘lib, unda O‘zbekiston usuliga o‘xshash joylari ko‘p. Masalan, O‘zbekistonda tuproqlar 10 sinfga ajratilsa Kanadada 7 taga ajratiladi. Farqi O‘zbekiston usulida 1 sinfdan 10 sinfgacha tuproqlar yaxshilana boradi. Stori usulida 1 sinfdan 7 sinfgacha yomonlasha boradi. Sinflarga bo‘lish usuli agroguruhlarga bo‘lishni eslatadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolarida tuproq bonitirovkasi Dokuchayev va Sibirtsev usuli asosida mahalliy sharoitlarga moslashgan holda olib boriladi. Shunday qilib, Rossiyada o‘z zamonasida Dokuchayev tomonidan yaratilgan tuproqni bonitirovkalash usuli to‘la-to‘kis talabga javob beradi desak bo‘ladi, chunki bu usul hozirgi kunda ham, nafaqat Rossiyada balki qator boshqa mamlakatlarda ham asosiy bo‘lib xizmat qilmoqda. Tayanch iboralar. Yer, tuproq, kadastr, bonitirovka, nisbiy baho, unumdorlik, potentsial, sun’iy, tabiiy unumdorlik, erkin iqtisodiy uyushma, kadastr komissiyasi, tamoyillar, geologik, kimyoviy, fizikaviy, majmuaviy, «Avesto», xarita, masshtab, loyiha, soliq, podzol, oq yer, haydaladigan, sug‘oriladigan, supa relyef, qayinzor, organik modda, guberniya, pichanzor, yaylov, o‘rmon, so‘rov-statistika, dehqonchilik Download 64.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling