Bo‘z tuproqlar mintaqasi


Download 64.96 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi64.96 Kb.
#1174913
1   2   3
Bog'liq
Bir x

Ma’lum bir tuzilishga ega bo’lgan quruq tuproq og’irligining u egallagan hajmga nisbati tuproqning hajmiy massasi deyiladi va g/sm3 da ifodalanadi. Bo’z tuproqlarning hajmiy massasi haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 atrofida bo’ladi.
Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli o’simliklar tuproq zichligiga har xil talab qo’yadi. Кo’pgina o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 gr/sm3 bo’lganda yaxshi o’sadi.
4. Tuproq strukturasi va uni yaxshilash usullari. Mayda chang zar-rachalarini bir - biri bilan yopishib, har xil kattallikdagi agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. Struktura hosil bo’lishida organik modda yelimlovchi vazifasini o’taydi. Chirindi qancha ko’p bo’lsa tuproq strukturasi shuncha yaxshi bo’ladi. Кesak-chalar yirik maydaligiga qarab quyidagilarga bo’linadi: megastrukturali (diametri 10 mm dan ortiq), makrostrukturali (diametri 10-0,25 mm) va mikrosturturali (diametri 0,25 mm dan kichik). Mikrostruktura o’z navbatida dag’al mikrostruktura (0,25-0,01) va nozik mikrosturuktu-raga (0,01 mm dan kichik) bo’linadi. Diametri 1-3 mm li kesakchalar eng yaxshi kesakchalar hisoblanadi. Suvga chidamli kesakchalardan tashkil topgan tuproqlar mustahkam strukturali deyiladi. Tuproqning donadorligi suv, havo, issiqlik va oziq rejimlariga ta’sir etadi. Struktura mexanik, fizik, kimyoviy, biologik omillar ta’sirida buziladi.
Mexanik omillarga kesakchalarning qishloq xo’jalik mashinalarining g’ildiraklari, ishchi organlari va boshqa kuchlar ta’sirida ezilishi kiradi.
Fizikaviy omilga bostirib sug’organda tuproq ichidagi havoni suv bosim bilan siqib chiqarishi natijasida strukturani buzishi kiradi. Bir valentli kationlar (H+, NÍ4+, К, Na+) tuproq strukturasini buzadi, bu kimyoviy omilga kiradi. Mikroorganizmlarning organik moddani parcha-lab strukturani buzishi biologik omilga kiradi.
Tuproq strukturasi organik o’g’itlar solish, almashlab ekish ya’ni organik modda miqdorini ko’paytirish hisobiga tiklanadi. Tuproq strukturasini saqlashda yerga ishlov berish sonini kamaytirish ham alohida o’rin tutadi.
5. Tuproqda o’simliklar o’zlashtiradigan holdagi oziq moddalar yetarli bo’lmasa ekinlardan kerakli hosilni olib bo’lmaydi. Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O’simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog’liq. O’simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o’simlik-larning ham o’sish va rivojlanish asosidir.
Tuproqdagi oziq moddalarni o’zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o’sayotgan sharoitga bog’liq.
G’o’za azot, fosfor va kaliyga nihoyatda talabchan o’simlik. Masa-lan: 1 t paxta yetishtirish uchun taxminan 56 kg azot, 23 kg fosfor va 53 kg kaliy talab qilinadi.
Кungaboqar ham azot, fosfor va kaliyga talabchan o’simlik hisob-lanadi. 1 t kungaboqar hosili uchun tuproqdan 50 kg azot, 27 kg fosfor va 22,8 kg kaliy, sarflanadi. Ildizmevalilar va tugunakmevalilar fosfor va azotga qaraganda kaliyga ko’proq talabchan. Odatda oziq element-larning umumiy miqdori har gektar yerda bir necha tonna atrofida bo’ladi. Masalan, kuzatishlarga qaraganda, deyarli 100 yildan ortiq sug’orilib dehqonchilik qilinayotgan bir gektar tipik bo’z tuproqli yerning haydalma qatlamida(0-28 sm) o’rtacha 59,1 t chirindi, 4 t azot, 8 t fosfor va undan pastki 28-100 smli qatlamida esa yuqoridagilarga muvofiq 73,5; 4,97 va 16 t oziq elementlari bo’lar ekan.
O’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o’g’itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliya-tiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo’lla-nishiga ham bog’liqdir.
O’simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo’linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usullari. Avtotrof oziqlanishda o’simliklar tuproqdan suvda erib oksidlangan mineral tuzlarni o’zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o’simliklar uchun asosiy hisoblanadi.
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo’ladi.
U’simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziq-lanish deyiladi. Dukkakli ekinlar ildizidagi tugunak bakteriyalar erkin azotni o’simliklar o’zlashtiradigan shaklga o’tkazib beradi. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o’simliklarning muhim oziq elementlari-dan biri hisoblanadi. O’simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo’lgan nitratlar, (NO2, NO3 ) va ammo-niy(NH4) tuzlaridan o’zlashtiradi.
Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish jarayoni am-monifikatsiya deb ataladi.
Ammiakning oksidlanib,nitrit va nitrat kislotalarga aylanish jarayoni nitrofikatsiya deyiladi.
O’simliklarga fosfor yetishmasa, bargi va tanasida qizg’ish va qo’n-g’ir tusli dog’lar paydo bo’ladi, pastki barglari barvaqt so’liydi, to’q qo’ng’ir tusga kiradi va tushib ketadi.
Кaliy o’simliklarda fotosintez jarayoni, uglevodlar hosil bo’lishini va harakatini faollashtirali. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishini tez-lashtiradi va ularning noqulay sharoitga chidamliligini oshiradi.
6.Tuproqning oziq rejimini boshqarishdagi barcha tadbirlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1) tuproqni oziq moddalar bilan boyitish;
2) tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan oziq elementlarini oson o’zlashtiradigan holatga o’tkazish;
3) oziq moddalarni o’simliklar oson o’zlashtirishi uchun sharoit yara-tish;
4) tuproqda oziq moddalar kamayishiga qarshi kurash.
Yerga mineral va organik o’g’itlar solish, kislotali tuproqlarni ohaklash , ishqoriylarini gipslash, almashlab ekish, tuproqni sifatli ishlash, strukturani yaxshilash, yetarli namlikni saqlash, oziq rejimini boshqarishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi.
Go’ng solinganda tuproqning tabiiy xossalari yaxshilanadi, ya’ni mexanik tarkibi og’ir tuproqlarni yumshatadi, mexanik tarkibi yengil tuproqlarning yopishqoqligi va donadorligini oshiradi.Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go’ng bilan bir qatorda oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko’kat o’g’it sifatida dukkakli don ekinlari ekish yaxshi ta’sir etadi.
O’zbekiston umumiy er maydonining qariyib 5% ni tog’ tuproqlari egallaydi va shu munosabat bilan bu tuproqlarni o’rganishga qiziqish katta bo’lgan. Tog’ tuproqlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni olimlarimizning ilmiy asarlaridan topish mumkin. Mualliflar o’z asarlarida tog’ tuproqlari hosil bo’lish jarayonlarini, asosiy tog’ tuproq tiplari, ularning morfologiyasi, xossa va xususiyatlari, gumus hosil bo’lish jarayonlari, bu tuproqlarning vertikal mintaqaviylikka mansubligi va nihoyat tog’ o’lkasi tuproqlarining atrof-muxit ekologiyasini yaxshilashdagi ijobiy rolini ko’rsatib o’tganlar.
Yerda hayotning paydo bo‘lganiga 2 mlrd. yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa,
yerdagi o‘simliklar va tuproqning tarixi esa o‘z ichiga 0,5 mlrd. yil atrofidagi vaqtni
qamrab oladi. Shuncha vaqtdan beri o‘simlik tomonidan, tuproq tomonidan ma’lum
muvozanatga asosan kosmik energiya yutiladi, oqibatda tuproq gumusi va
minerallarida to‘planib uning unumdorligini belgilaydi. Bu mexanizmda tuproq
qoplami qatnashadi. Tuproq faol ishtirokchi tariqasida energiyani yutadi, to‘playdi va
sarflaydi.
Shunday qilib tuproq-ekologik tizim quruqlikda energiya tartibotini
boshqarishda qatnashadi.
Keyingi yuz yillikni ikkinchi yarmida tuproqqa, umuman tabiatga bo‘lgan
texnogen ta’sir kuchayib ketdi. Bu ta’sir natijasida tuproq ko‘proq jabrlanmoqda.
Inson tomonidan bo‘layotgan texnogen ta’sir natijasida dunyoning boshqa
mamlakatlari kabi O‘zbekistonda ham tuproq uchun, insoniyat uchun xavfli bo‘lgan
cho‘llanish, sho‘rlanish, kollektor-zovur suvlarini mineralizatsiyasi ortishi,
zaharlanishi, tuproqlarni zichlanishi va boshqalar tuproqlarni unumdorlik darajasini
kamayishiga, yo‘qolishiga, tuproqni kasallanishiga olib kelmoqda.
Sug‘oriladigan yerlardan, uning holatini e’tiborga olmasdan haddan tashqari
kuchli darajada foydalanish ularning sifatini pasayishiga hatto qishloq xo‘jalik
aylanma harakatidan tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda oxirgi 15-20 yil ichida sho‘rlangan yerlar maydoni 0,8 mln.
gektarga ortib ketdi. Qoraqolpog‘iston, Buxoro, Sirdaryoda sug‘oriladigan yerlarni 95
% gacha miqdori sho‘rlangan.
Noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun sug‘oriladigan, unumdorligi yuqori
bo‘lgan yerlarni ajratish davom etmoqda.
Orol dengizni sathini keskin va jadal sur’atlarda pasayishi qator salbiy
oqibatlarga: cho‘llanish jarayonini tezlashishiga, sho‘r yerlarni maydonini ortishiga
va hokazolarlarga sabab bo‘lmoqda.
Suv va shamol eroziyasi hamda ikkilamchi sho‘rlanish kabi jarayonlarni tuproq
unumdorligiga ta’siri yildan yilga ortib bormoqda.
Keyingi vaqtlarga kelib gumus va oziqa elementlarning miqdori keskin
kamaygan yer maydonlarini xissasi ortishi jarayoni sezilib turibdi.
Dunyoda tuproqlarni va suvni ifloslanishi, o‘simlik va xayvonot dunyosining
mahsulotlarini nitratlar, og‘ir metallar, agrokimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ham
xatarli tus olmoqda.
Ayni bir vaqtda salbiy omillar alohida-alohida va birgalikda tuproqni sifat
bahosiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqni bonitirovkalashda asosiy mezon tariqasida
esa uning unumdorligi olinadi va ballarda ifodalanadi. Bu vazifani “tuproq
bonitirovkasi” amalga oshiradi.
Bonitirovka so‘zi lotincha bonitas - saxiylik, ya’ni tuproqlarni, ularni ishlab
chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir.
Yerlarni baholash uchun esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyati ham
tug‘iladi, bu ishga kadastrlash deyiladi. Kadastr so‘zi frantsuzcha - cadastre dan
4
olingan bo‘lib, ro‘yxatga olmoq demakdir. Tuproq bonitirovkasi Yer kadastrining
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tabiiy resurs va xo‘jalik ob’ekti bo‘lgan Yerga munosabat hamma vaqt ham
siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy hayotni diqqat markazida turgan.
Yer masalasi hamma formatsiyalarda, qayta qurish, qayta shakllanishlar
davrida markaziy muammo hisoblangan.
Yer har doim nazorat va himoya hamda tarbiyaga muhtoj bo‘lib, uni hech ham
aldab bo‘lmaydi. Yaxshi egaga ega bo‘lgan Yer doimo yuqori hosil beravermaydi.
Uni, ya’ni Yerni bahosi ham hosil bilan o‘lchanadi. Shunday bo‘lib kelgan.
"Yosh kelin - deyilgan "Avesto"da - eriga go‘dak hadya etganday, Yer ham
chap va o‘ng qo‘li bilan o‘ng va chap qo‘li bilan parvarish qilgan odamga mo‘l-ko‘l
hosil beradi. Ishlov bermagan va ekilmagan yer ersiz va farzandsiz johil qiz kabi
baxtsizdir. Qiz yaxshi erni orzu qilganday, yer ham yaxshi qo‘shchiga ilhaq".
Yaqin kunlargacha dehqonchilikning umumiy madaniyati, yerni, tuproqni
unumdorligi reja va topshiriqlar bilan o‘lchanar edi.
Shu bois mamlakatda 1964 yilgacha tuproq tekshiruv xaritalaridan, yer tuzish
va boshqa loyiha ishlarida deyarli foydalanilmagan.
Sug‘oriladigan mintaqalarda almashlab ekish tuproq sharoitlarini hisobga
olmay joriy qilinar edi. Almashlab ekishda esa kimyoviy ishlar uchun tuzilgan
1:50000 nisbatdagi agrotuproq xaritalaridan foydalanilgan.
Yer kadastrining qishloq xo‘jaligidagi roli va o‘rni alohida bo‘lib, ko‘p qirrali
hisoblanadi. Tarixda Yer kadastrining tarkibiy qismlaridan hech qaysi biri tuproq
bonitirovkasiday qiziqish uyg‘otmagan.
Yerni hisobga olish va baholash qadimgi Rimda mavjud bo‘lgan.
Yegipetda yerga egalik qilish huquqini berish bilan birga yerdan olingan
daromadni 20 % ni soliq tariqasida undirib olingan.
Rossiyada Pyotr davrigacha davlat sarf xarajatlarini qoplash uchun yer
egalaridan alohida Yer solig‘i olingan.
Qadimgi Rus davlatlarida dehqonlar birinchi bonitirovkachilar bo‘lganlar. Ular
hozirgi zamon ilmiga ega bo‘lmagan bo‘lsalarda, ya’ni tuproqning mexanik tarkibi,
gumus, sho‘rtobligi va boshqa xossa va xususiyatlarini bilmagan bo‘lsalarda qora va
qoramtir ranglardagi tuproqlarni birinchi o‘ringa, bo‘z, och bo‘z rangli tuproqlarni
keyingi o‘rinlarga, oq tuproqlarni esa unumsizlar qatoriga qo‘yganlar va shu asnoda
joylashganlar hamda dehqonchilik qilganlar.
Dehqonlar tuproqni baholashda har xil atamalar va sermazmun so‘zlardan
foydalanishgan. Masalan; qaerda podzol bo‘lsa, o‘sha joyda muhtojlik, qora yer - oq
non. Oq yer tezroq kambag‘allashadi va boshqalar.
Ivan Grozniy davrida ham yerlarni hisobga olish maqsadida maxsus buyruqlar
berilgan va xizmat ko‘rsatgan odamlarga yaxshiroq yerlardan joy berish maqsadida
bu hisob-kitoblar va yozuvlardan foydalanilgan. Shu davrdagi ro‘yxatga oluvchilarni
ishlari Yer to‘g‘risidagi dastlabki, nisbatan to‘liq ma’lumotlarni qamrab olgan. Bu
5
yozuvlarda joyning geografik sharoiti, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shahar, qishloqlar
to‘g‘risidaga ma’lumotlar, relyef, aholi o‘z aksini topgan. Yerni sifati to‘g‘irisidagi
ma’lumotlar ham berilgan.
Haydaladigan yerlar o‘zlarining sifat ko‘rsatkichlariga qarab uch guruhga:
saxiy, o‘rtacha, ozg‘inlarga bo‘lingan.
Bulardan tashqari haydalgan, haydalmagan o‘rmon, qamishzor, toshli yer,
qumli yer va boshqalarga ajratilgan.
Feodalizm davridagi yer taqsimotidayok yerlarni sifati e’tiborga olingan, ya’ni
o‘rtacha sifatga ega bo‘lgan yerlardan yer berilayotganda me’yorga nisbatan 25%
ko‘proq, past sifatli yerdan berilganda esa 50% ko‘paytirilib berilgan.
Pyotr davrida Yerga bo‘lgan munosabatlar, uni baholash masalalari deyarli
to‘xtab qoldi yoki kuchli darajada buzildi.
Rossiya tuproq qoplamini o‘rganishda XVIII asrda tashkil etilgan Rossiya
Fanlar Akademiyasining geografiya departamenti alohida ahamiyat kasb etadi. Buyuk
olim M.V.Lomonosov ushbu departamentni boshqargan edi. Bu davrda departament
tomonidan joylardan ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus savolnomalar tuzilgan.
M.V.Lomonosov qayinzorlar tagidagi tuproqlarni boy tuproqlar deb baholadi, bunga
sabab tariqasida ularni barglarini kuzda to‘kilishi va bahorda yangilanishini keltirdi.
Yerga tushgan barglar yil davomida chirib organik moddaga aylanishini aytdi.
Yel, sosnalar tagidagi tuproqlarni kambag‘al tuproqlar qatoriga kiritdi, sabab
tariqasida ularning igna barglarini to‘kilmasligi keltirildi.
M.I. Afonin 1771 yilda tuproqlarni tasnifi sifatida gilli qora tuproq, toshli,
o‘rmon, botqoq, yong‘oqsimon qora tuproqlarni ajratdi. Rossiyada 1765 yili "Erkin
iqtisodiy uyushma" tashkil etiladi. Bu uyushma vazifasi o‘z zamonasidagi
dehqonchilik, iqtisod sohasidagi yangiliklarni to‘plash va aholiga etkazishni yangi
usullarini ishlab chiqish, yerlarni sifatini o‘rganish edi.
Bu davrga kelib Rossiya dunyoda bug‘doy sotuvchi yirik mamlakatlardan
biriga aylangan edi. Shu bois erkin iqtisodiy uyushma asosiy bug‘doy maydoni
hisoblangan qora tuproqlarni o‘rganishga kirishdi. Akademik Leman, Bolotov,
Komovlar uyushmani to‘plamlarida tuproqni xossalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlari
to‘g‘risida chiqib turdilar.
XIX asrning birinchi yarmida dastlabki ro‘yxatga olish ishlari davlat
tomonidan soliqlarni barobarlash maqsadida boshlandi. Kadastr ishlari katta
xarajatlarni talab qildi. Bu xarajatlarni qoplash uchun dehqonlardan qo‘shimcha soliq
olish nazarda tutildi. 1842 yilga kelib joylarda kadastr komissiyalari tuzildi, bu
komissiya turli so‘rovlar o‘tkazdi. Bu vaqtlarga kelib ushbu komissiya yordamida
Rossiyaning 17 guberniyasida kadastr ishlari o‘tkazildi. Bu guberniyalarga Peterburg,
Voronej, Penza, Tambov, Tula, Ryazan, Orlovsk, Kursk, Moskva, Yekaterinoslavsk,
Pskov va boshqalar kiradi. Bu ishlar natijasida 1851 yili Veselovskiy rahbarligida
1:8400000 masshtabda Rossiyaning tuproq xaritasi tuzildi. Bu xaritaga va ish
jarayoniga Dokuchayev yuqori baho berdi.
Shunday qilib Rossiyada Yer kadastri ayni vaqtda tuproqlar geografiyasi va
tuproqlarni xaritalash kabi fanlarga asos soldi.
Keyinchalik baholash ishlari uslubi ishlandi va biroz takomillashdi.
Tuproqlarni sifat jihatidan baholash hosilga bog‘landi. Haydaladigan yerlar 5 sinfga,
6
pichanzorlar esa 14 sinfga, pichan 4 navga ajratildi. Guberniyalar uchun alohida-
alohida bug‘doyni hosildorligi, narxi aniqlandi. Eng kam hosil podzol, eng yuqori
hosil esa qora tuproqlardan olinishi aniqlandi.
Xullas bu davrdagi yerga baho berish, ro‘yxatga olish davlat siyosati uchun bir
tadbir tariqasida o‘tkazildi.
Shu davrda, ya’ni 1870 yillardan boshlash Dokuchayevning faoliyati ko‘rina
boshladi. 1883 yili Dokuchayev tomonidan "Rus qora tuprog‘i" nomli asar chop
etildi. Shu asar orqali dunyoda yangi "Tuproqshunoslik" fani paydo bo‘ldi.
Tuproqlarni genetik asosda o‘rganish boshlandi. Ayni shu vaqtda tuproqlarni ilmiy
bonitirovkalashga asos solindi.
Dokuchayev tomonidan Rus qora tuproqlari o‘rganilib kelingandan keyin, u
darhol Nijniy-Novgorod, Poltava yerlarini o‘rganish va baholash uchun yuborildi.
Dokuchayev yerni baholash ishlarini keng agronomik ishlarga aylantirib yubordi. Shu
davrdan boshlab yerga baho berishni Dokuchayev davri boshlandi.
Bu davrda yerlarni baholashda Dokuchayevdan boshqa Amalitsskiy, Baravkov,
Vernadskiy, Glinka, Zamyatchinskiy, Levinson-Lessing, Sibirtsev va boshqalar
qatnashdi. Shu tariqa Dokuchayev tuproq bonitirovkasining tabiiy-tarixiy usulini
yaratdi. TUPROQ UNUMDORLIGINI BAHOLASH TAMOYILLARI.
UNUMDORLIKNI BAHOLASHNING DOKUCHAYEV USULI
Dokuchayev tuproqlarni bonitirovkalashda, ularni sinflarga, guruhlarga,
tiplarga, tipchalarga, ayirmalarga bo‘lishda tuproqdan, ya’ni uning tabiiy
xususiyatlaridan foydalanish kerak ekanligini isbotladi va bu usul baholash usulini
negizi ekanligini ko‘rsatdi.
Tuproqni tabiiy xossalarini e’tiborga olmasdan juda sifatli darajada bajargan
iqtisodiy-statistik baholash usuli ham kutilgan natijaga olib kelmaydi.
Shunday qilib Dokuchayev va Sibirtsevlar tuproqni bonitirovkalashda uni,
ya’ni tuproqni har tomonlama tabiiy xususiyatlarini o‘rganilishi lozimligi va shu
asosda baholashni ishlab chiqdilar.
Bonitirovka ishlarini bajarish o‘z ichiga ikki davrni oladi.
Birinchi - tuproqni tabiiy xossalarini, morfologik, genetik, kimyoviy, fizikaviy va
boshqalarni dalada, laboratoriyada o‘rganish davri.
Ikkinchi - qishloq xo‘jalik va statistik ma’lumotlarni to‘plash, tanlash, qayta ishlash
davri. Bu har ikki davrdagi ko‘rsatkichlar orasida uzviy bog‘lanishlar bo‘lib, hatto
birinchi davrdagi ko‘rsatkichlar ikkinchi davr ishlari uchun mezon bo‘ladi - deb
yozgan edi Dokuchayev. Yerlarni bonitirovkalashni Dokuchayev-Sibirtsev usulida
eng avvalo tuproqlar tipi aniqlanadi va tasniflanadi, keyin esa morfo-genetik
belgilari, kimyoviy, fizikaviy xossalarini o‘rganishga kirishiladi.
Har bir tuproq tipi uchun to‘la kimyoviy analiz, mexanik analiz, nam sig‘imi,
suv o‘tkazuvchanlik, kapillyarlik, bug‘lanish, issiqlik o‘tkazuvchanlik va xokazolar
aniqlanadi.
Dala va kameral ishlar natijasida Dokuchayev gumus miqdori va tuproq
qatlami qalinligi bo‘yicha geologik diagrammalarni tuzdi.
7
Mendeleyev ma’lumotlariga tayanib, ya’ni oziqa elementlari miqdori va
boshqa kimyoviy xossalarini e’tiborga olgan holda Dokuchayev kimyoviy
diagrammalar tuzdi va geologik hamda kimyoviy diagrammalardan o‘rtacha chiqarib
uni tasvirladi.
Yuqoridagi diagrammalar kabi tuproqni fizik xossalari uchun ham maxsus
rasm ishlandi. Bu diagrammalarni, ya’ni geologik, kimyoviy va fizikaviylarni
birlashtirib Dokuchayev yagona diagramma tuzdi va shu asosda tuproqlarni baholadi.
Ana shu tabiiy-tarixiy usul bilan 100 balli shkala asosida Dokuchayev Nijniy
Novgorod tuproqlarni baholadi. Shu bois ba’zan bu usulga Nijniy Novgorod usuli
ham deyiladi. Tabiiy, albatta hozirgi kunda Dokuchayev-Sibirtsev tomonidan
ishlangan tuproq bonitirovkasi usuli bizni qoniqtirmaydi, lekin asos rolini o‘ynay
oladi. YERNI BAHOLASHNI STATISTIK USULI
Bu usulda tuproqlarni baholashni mazmuni quyidagilardan iborat.
1. Yerni sifat jihatdan baholashni so‘rov savollari orqali to‘plangan
ma’lumotlar asosida o‘tkazish.
2. So‘rov savollarga javob berish, to‘ldirish yer egalari va yer boshqarmalari
zimmasiga yuklatilgan.
3. So‘rov savollarini tarqatish, ularni to‘plash, tekshirish uezd politsiya
boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan.
Ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatilgan savollarni tushunadigan va ularga to‘g‘ri javob
beradigan xodimlar etarli bo‘lmagan. Chunki statistika xodimlari ichida hatto maxsus
ma’lumot emas, balki to‘liq o‘rta ma’lumotli bo‘lmaganlari ham ko‘p uchrab
turadigan holat bo‘lgan.
Politsiya maxkamasi esa ma’lumotlar soni to‘g‘rimi, hammasi to‘ldirilganmi
yo‘qmi, shu savollarga javob bergan. So‘rovnoma ichidagi savollarni mohiyatini
tushinadigan odam bu zanjirda deyarli bo‘lmagan.
Ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan yerlarni baholash shu tarzda
bajarilgan.
Bu usulni o‘zini oqlamasligi tezda ma’lum bo‘ldi, shu bois boshqa usullar
izlandi. YERLARNI BAHOLASHNI MORFOLOGIK USULI
R.V.Rispolojenskiy, G.F.Nefedov usuli.
Bu olimlar o‘zlarini morfologik usullarini ishlab chiqib, uni targ‘ib qildilar.
Rispolojenskiy tuproqlarni baholashda ularning tabiiy xossalari hisoblangan
mexanik tarkibi, kimyoviy tarkibini ahamiyatini yo‘qqa chiqardi, ya’ni tuproq bahosi
bilan ularni xossalari o‘rtasida bog‘lanish yo‘q dedi va shu tarzda baholash ishlarini
o‘tkazdi. Bu usul ko‘rinish va bajarish jihatdan sodda hamda arzon, shu bois qishloq
xo‘jaligi hodimlarida qiziqish uyg‘ota oldi.
Lekin bu usulda baholash noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi aniqlangan edi va
shunday ham bo‘ldi.
G.F.Nefedov esa tuproqni bir butun tushunmadi, uning kimyoviy, fizikaviy
xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rmadi, shuning uchun tuproqni baholashda u
baholanadigan yerlarni bitta, ya’ni gumusni tarqalishini yoki boshqa bir xususiyatini
xaritalanishini afzal ko‘rdi.
8
Rispolojenskiy va Nefedov usullari, asosida ishlangan xaritalari mutaxasislar
tomonidan keskin salbiy taqrizlar oldi.
Shunday qilib bu davrga kelib 3 guruhdagi usullar tuproqni baholashda
qo‘llanila boshladi.
1. Dokuchayev-Sibirtsevlarni tabiiy-tarixiy usuli bo‘lib, bu usul Rossiyaning
177 uezdi va 17 guberniyasida qo‘llanildi. Bu maydon 996 ming km2 yoki
Rossiyaning Yevropa qismini 25 % demakdir.
2. So‘rov-statistika usuli. Bu usul iqtisodchilar, statistika xodimlari tomonidan
tavsiya etilgan bo‘lib, 59 uezd, 7 guberniyada qo‘llanildi, 350 ming km2
maydonda sinaldi.
3. Rispolojenskiy usuli, ya’ni morfologik usul bo‘lib, 47 uezd, 5 guberniyada
qo‘llanildi, 618 ming km2 maydonda sinaldi.
Bu usullardan tashqari Nefedov usuli bilan Tula, Tredesevich usuli bilan
Lyubinskiy guberniyasida, Tomas usuli bilan Boltiq bo‘yida yerni baholash ishlari
o‘tkazildi.
Yuqorida qayd qilinganidek Rispolojenskiy usuli nisbatan qulay va arzonligi
tufayli usulni iqtisodchilar, statistlar qattiq turib himoya qildilar, ammo tarix, hayot,
amaliyot hamma narsalarni joy-joyiga qo‘ydi. Dokuchayev usuli eng to‘g‘ri va
ob’ektiv ekanligi vaqt o‘tishi bilan isbotlana boraverdi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, Dokuchayev iqtisodiy statistik usulni
butunlay bekor qilishni rad etdi, aksincha, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ko‘p yillik hosil
miqdori tuproqni tabiiy xossalari bilan uyg‘unlashgan holdagina eng to‘g‘ri va eng
sifatli natija olinishi ta’kidlanadi.
CHET MAMLAKATLARDA TUPROQ BONITIROVKASI
Tuproqlarga baho berish dunyo mamlakatlarida yagona usul va uslubiyatga
tayangan deb bo‘lmaydi. Bunday bo‘lishi ham qiyin. Shu bois tuproqlarni
bonitirovkalash turli mamlakatlarda alohida-alohida ishlandi.
Masalan; Germaniyada tuproqlarni baholashda agrogeologik tamoyilga
asoslangan, Teyer tasnifi asosida boshlangan. Bu usulga ko‘ra asosiy taksonomik
birlik tariqasida tuproq ayirmasi qabul qilingan bo‘lib, ayirmani ajratish mexanik
tarkibga ko‘ra amalga oshirilgan.
Keyinchalik A.Teyer bu ishini biroz takomillashtirdi, ya’ni ancha sermazmun
tasnifni ishlab chiqdi. Bu tasnifga ko‘ra asosiy shkalada tuproqlar 6 turga, ya’ni gilli,
qumoqli, qumli, gumusli, oxakli o‘z navbatida bular 3 tadan va 4 tadan sinflarga
ajratildi.
Keyinchalik nisbatan qulay bo‘lgan maxsus bonitirovka jadvali Kraft
tomonidan ishlangan bo‘lib, unda tuproqni turi, qalinligi, undagi gumus miqdori,
yerning qiyaligi, namligi, ekin turi va boshqalar e’tiborga olingan.
Bu usulning qulayligi shundan iboratki, bunda tuproqning har bir xossa va
xususiyatlari uchun aniq ballar berilgan. Aniq bir turdagi tuproqni bonitet ballini
aniqlash uchun shu tuproqning xossalariga berilgan ballarni jamlash kifoya qiladi.
Masalan; mergel-qumoqli tuproq - 25 ball, shu tuproqni qalinligi 24 dyum - 10
ball, gumus miqdori 12 % - 5 ball, qiyaligi uchun 10 ball, tuproqni ustki holati uchun
10 ball. Demak maydonning bonitet balli 25+10+5+5+5+10=60 ball.
9
Hozirgi vaqtda Kraft usuli o‘rniga Dokuchayev-Sibirtsev usullariga tayangan
uslubiyatlardan foydalaniladi.
Angliyada tuproqni baholashda ikki tipdagi usullardan foydalaniladi. Bu
usullar tuproqni potentsial unumdorligi va daliliy mahsuldorligiga tayangan holda
ishlangan.
Rassel fikriga ko‘ra hosil taqdiri 3 guruhdagi sabablarga bog‘liq.
1. Dehqonga bog‘liq bo‘lmagan omillar, sabablar.
2. Qimmatbaho tadbirlarni qo‘llash bilan bog‘liq omillar.
3. Oddiy omillar, qaysiki dehqon har yili qo‘llay oladi.
Birinchi guruh omillariga iqlim, joyning geografik o‘rni, relyef , tuproq qatlami
qalinligi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh omillariga esa yerlarni zovurlash, sug‘orish kabi katta
miqdordagi kapital sarflanishi lozim bo‘lgan ishlar kiradi.
Uchinchi guruhga tuproqqa ishlov berish, o‘g‘itlash, begona o‘tlardan tozalish
va boshqalar kiradi.
Yana guruhlarni e’tiborga oluvchi 2 tipdagi uslubiyat ishlab chiqilgan bo‘lib,
tuproqlar baholanadi.
Birinchi tipdagi bonitirovkalash usulida tuproqni potentsial unumdorligi
e’tiborga olinadi.
Rassel fikriga ko‘ra bunda iqlim, relyef kabi tabiiy kattaliklarga tayangan holda
tuproq 3 kategoriyaga 10 ta sinfga bo‘linishi kerak.
Ikkinchi tipdagi uslubiyatda tuproqni baholash olingan hosil asosida olib
boriladi, bu usul albatta juda dag‘al bo‘lib, buni Rasselni o‘zi ham ta’kidlagan.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida tuproqni baholash ishlari 1899 yildan toki 1952
yilga qadar qishloq xo‘jaligi vazirligini tuproq xizmati guruhi tomonidan olib
borilgan. Hozirgi kunda tuproq muxofazasi xizmati tashkil etilgan va ular tuproqni
bonitirovkalash bilan shug‘ullanadi.
AQSH da 2 usul keng qo‘llaniladi: a) majmuaviy usul bo‘lib, ko‘p yillik hosil
asosida yerlar baholanadi, b) omilliy usul bo‘lib, tabiiy omillar e’tiborga olinadi,
bunda tuproq xossalari va ularni yaxshilash nazarda tutiladi.
Tuproqlar ularning mexanik tarkibi, qalinligi, suv o‘tkazuvchanligi, toshliligi
va boshqalarga qorab sinflarga ajratiladi va ballar beriladi.
Bu usul o‘zining ma’no va mazmuniga ko‘ra tabiiy tarixiy hisoblanadi. Usulda
100 balli shkaladan foydalaniladi.
Keyingi vaqtlarda AQSH da yerdan foydalanishni qulaylashtiruvchi maxsus
agroguruhli, tasnifli jadval ishlandi. 1-jadval.
Tuproqlarni sinfiga qarab foydalanish imkoniyatlari.
Yerdan foydalanish shakli
Foydalanish uchun qulay sinflar
I
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
To‘qay
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
O‘rmonchilik
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
Yo‘q
Yaylov
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
Ba’zan
Yo‘q
Pichanzor
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
Yo‘q
Yo‘q
Yo‘q
Donli ekinlar
Ha
Ha
Ha
Ha
Yo‘q
Yo‘q
Yo‘q
Yo‘q
Haydov dehqonchiligi
Ha
Ha
Ha
Yo‘q
Yo‘q
Yo‘q
Yo‘q
Yo‘q
10
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Yerlarni tasniflash uchun 8 ta sinf
ajratilgan. Eng yaxshi va eng yuqori baholi sinflarga I-II sinflar kiradi. Qolganlari
ozmi-ko‘p cheklanishlarga, ya’ni qaysidir o‘simliklarni hosildorligiga salbiy ta’sir
qilishiga asoslangan.
Kanadada tuproqlarni baholash ishlari Stori usuli bilan olib boriladi. Bu usul
ham tabiiy tarixiy usulga yaqin bo‘lib, unda O‘zbekiston usuliga o‘xshash joylari
ko‘p. Masalan, O‘zbekistonda tuproqlar 10 sinfga ajratilsa Kanadada 7 taga ajratiladi.
Farqi O‘zbekiston usulida 1 sinfdan 10 sinfgacha tuproqlar yaxshilana boradi. Stori
usulida 1 sinfdan 7 sinfgacha yomonlasha boradi. Sinflarga bo‘lish usuli
agroguruhlarga bo‘lishni eslatadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolarida tuproq bonitirovkasi Dokuchayev
va Sibirtsev usuli asosida mahalliy sharoitlarga moslashgan holda olib boriladi.
Shunday qilib, Rossiyada o‘z zamonasida Dokuchayev tomonidan yaratilgan
tuproqni bonitirovkalash usuli to‘la-to‘kis talabga javob beradi desak bo‘ladi, chunki
bu usul hozirgi kunda ham, nafaqat Rossiyada balki qator boshqa mamlakatlarda ham
asosiy bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tayanch iboralar. Yer, tuproq, kadastr, bonitirovka, nisbiy baho, unumdorlik,
potentsial, sun’iy, tabiiy unumdorlik, erkin iqtisodiy uyushma, kadastr komissiyasi,
tamoyillar, geologik, kimyoviy, fizikaviy, majmuaviy, «Avesto», xarita, masshtab,
loyiha, soliq, podzol, oq yer, haydaladigan, sug‘oriladigan, supa relyef, qayinzor,
organik modda, guberniya, pichanzor, yaylov, o‘rmon, so‘rov-statistika, dehqonchilik

Download 64.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling