Bo‘z tuproqlar mintaqasi


Download 1.04 Mb.
bet15/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#211795
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Bog'liq
Мел-да илм изла усл к- лотинча

Tuproq namligini jadal aniqlash usuli. Tuproq namligi bo’yicha G’o’zani sug’orish muddatini aniqlash usuli o„simlikning suvga bo’lgan talabini aniq belgilovchi ko„rsatkichdir. U suvni tejagan holda yuqori hosil olish imkonini byeradi. Ammo bu usul syermashaqqat bo’lib, unga asosan sug’orish muddatini aniqlash uchun bir necha marta tuproq namunalarini olib, uzok vaqt (6-8 soat) tyermostatda quritib, namlikni aniqlash mumkin. Shu bilan birga maxsus asbob- uskunalar (tuproq burgusi, tyermostat, stakanchalar, tarozi va h.k) va ko’p vaqt zarur.

Shu munosabat bilan V.E.Kabaev tomonidan tuproq namligini jadal aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Bu usul maxsus asbobga ilova qilingan yo„riqnomada ta’riflangan.

Usul muallifi tuproq namligini aniqlash uchun namunani 30sm. chuqurlikdan olishni tavsiya etadi. Bu chuqurlikdagi namlik 0-70sm. qatlamdagi o’rtacha namlikka mos keladi. O„zPITI dagi izlanishlarning ko„rsatishicha, boshqa hisobli qatlamlar uchun namuna olish chuqurligini tabaqalashtirish kerak.

SHonlash davrigacha amal suvi muddatini aniqlash uchun tuproq namunasi 20sm. chuqurlikdan, shonalashda 30sm. dan, keyingi suvlarida (gullash-hosil tugish davrida) 40 va 50 sm. chuqurlikdan olinadi.

Ushbu usul yordamida etarlicha aniqlik bilan sug’orish muddatini belgilash mumkin. Nazorat uchun har 10sm. dan burguda 100sm. gacha namunalar olinib, tyermostat usuli bilan sug’orish oldidan tuproq namligi aniqlanadi.

G‘o‘zaning tashqi belgilari sug‘orish muddatini aniqlash. Sodda va hammabop, V.E.Yeremenko va M.I.Portnix tomonidan ishlab chiqilgan bu usulda sug’orish zarurligi gullashgacha-barglarning kuchsiz so„lishi (turgorning pasayishi) bilan, gullash-hosil tugish davrida esa gullash bo„g„inining almashishi bo’yicha aniqlanadi.

Barglarning kuchsiz so‘lishi (turgorning kamayishi)ni aniqlash. Buning uchun variantda dioganal bo’yicha 25-30 o„simlikli bo„lakchalar ajratilib, qoziqlar bilan belgilab qo„yiladi. Bo„lakchalar soni barcha takrorlanishlar bo’yicha o’simliklar soni 200-300 tupdan kam bo„lmasligini ta’minlash kerak.

Sug’orish zarurligini bosh poya o„sishi nuqtasidan uchinchi bargning kuchsiz so„lishi (turgorning pasayishi) ko„rsatadi. Turgorni yo„qotgan barglar hajmi ham biroz qisqaradi. Bu barglar barmoq bilan paypaslaganda yumshoqligi va o„zagi sinmay, barmoqda oson o„ralishi bilan ajralib turadi.

Turgor pasayishini kuzatish kunning eng issiq payti, soat 2-3 (14-15) oralig„ida o’tkaziladi. O„simliklardan 20% so„lishning dastlabki belgilari paydo bo„lgani sug’orish o’tkazish zarurligini ko„rsatadi.

Bu ko„rsatkich bo’yicha sug’orish muddatini yanada aniqroq belgilash uchun o’simliklar bargining turgor holati yertalab (soat 7-8 da) kuzatiladi. Yertalabki va kunduzgi kuzatuvlar natijalarini qiyoslash sug’orish zarurligini aniqlab byeradi.



Gullash bo‘g‘inining o ‘zgaruvchan balandligi bo ‘yicha sug‘orish muddatini belgilash. Bu usul poya o„sishning, yangi meva shoxlari paydo bo„lishi va gullashning qisqa navbati o„tishi sur’atlari qonuniyatlarini hisoblashga asoslangan.

Aniqlanishicha, G’o’za meva tuga boshlaganidan uzoqlashgani sari bosh poya o„sishi va yangi hosil shoxlari paydo bo„lishi sur’atlari gullashning qisqa navbatlari o„tishiga nisbatan jadal susayadi. Gullash boshlanishdan qancha ko’p uzoqlashsa, yuqorigi gul o„sish nuqtasiga Shu ncha yaqinlashadi.

Gullash bo„g„ini balandligi deb bosh poya o„sish nuqtasidan yuqorida- birinchi hosil shoxining birinchi o„rnida gul paydo bo’lgan shox ataladi. Masalan, gullash bo„g„ini balandligi 9,0 bo’lsa, demak, bosh poya o„sish nuqtasi pastida 9- hosil shoxining birinchi o„rnida gul bor, ya’ni bu 9 bo„g„in oralig„i demakdir.

Gullash pallasida sug’orishdan avval tajriba paykalining har takrorlanishida dioganal bo’yicha har birida 50-100 o„simlik bo’lgan ikki bo„lakcha ajratilib, qoziqlar bilan belgilab qo„yiladi.



Gullash davrida birinchi suv 15-30% gullagan o„simlik bo„lganda byeriladi. Bunda gullayotgan o„simliklarning o’rtacha bo„g„ini balandligi aniqlanib, dala daftariga yozib qo„yiladi, bu dastlabki hisob bo’ladi.

Undan keyingi sug’orishni Shu nday o’tkazish kerakki, bunda o’simliklar rivoji bosh poya o„sishida hosil shoxlari paydo bo„lishi va G’o’za gullash qisqa navbatida aniq marom bo’lishiga yerishish mumkin bo„lsin.

Tajribalar asosida O„zPITIda quyidagi gullash bo„g„ini balandligining pasayishi ko„rsatkichlari aniqlangan:


  1. gullash boshidan iyulning uchinchi 10 kunligigacha har suvda 0,5-0,7 bo„g„inga;

  2. iyulning uchinchi 10 kunligidan avgustning uchinchi 10 kunligigacha har suvda 0,8-1,0 bo„g„inga;

v) keyingi davrda-avgustning ikkinchi 10 kunligidan ko„sak ochilguncha-

  1. 1,3 bo„g„inga ega bo’ladi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling