Bo‘z tuproqlar mintaqasi


Download 1.04 Mb.
bet25/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#211795
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
Мел-да илм изла усл к- лотинча

G‘o‘zani yomg‘irlatib sug‘orish. YOmg„irlatib sug’orish maxsus injenyerlik qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Mazkur qurilmalar borib-kelib sug„oruvchi, o’z o„qi atrofida aylanuvchi, dalaga muqim o„rnatiluvchi kabi ko„rinishlarda bo’ladi (5.6.2-rasm).

XX-asrning 50-70 yillarida DDA-100 M tipidagi yomg„irlatish mashinalari keng qo„llanilgan. Ilgarilanma harakatlanuvchi “Voljanka” (Qashqadaryo viloyatida) va aylanma harakatlanuvchi “Fregat” (Jizzax viloyati Arnasoy tumanida) yomg„irlatish mashinalari amalda sinab ko„rilgan. Keyinchalik Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida keng elkali “Kuban” yomg„irlatib sug’orish mashinalaridan foydalanilgan. Tajribalarda bunday mashinalar 60-80 gektardan kam bo„lmagan to„rtburchak shakldagi paxta maydonlaridagina yaxshi samara byerishi isbotlangan.

Olimlar tomonidan mamlakatimiz sharoitida 350 ming gektarga yaqin maydonda yomg„irlatib sug’orish usulini qo’llash mumkinligi aniqlangan hamda keng elkali va statsionar tipdagi uskunalardan foydalanish tavsiya qilingan. YOmg„irlatib sug’orish usulini keng qo„llasa bo’ladigan hududlar sifatida Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi maydonlar ajratib ko„rsatilgan.

G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish. Suv tejovchi texnologiyalar orasida tomchilatib sug’orish usuli suvni kam ishlatilishi bilan alohida ajralib turadi. Bu usulda suv shlanglar yordamida bevosita ekinning ildiz qatlami yaqinida joylashgan tomizgichlarga ma’lum bosim ostida etkazib byeriladi. Bunday

sharoitda suv ham, oziqa moddalar ham behudaga sarf bo„lmaydi (5.6.3-rasm).



95

Tomchilatib sug„orilganda dalaning ekin joylashgan joylari bir xilda namlanadi, tuproqda ortiqcha namlik yuzaga kelmaydi, ildiz qatlamining namligi bir xilda ushlab turiladi va ekin o’z enyergiyasini hosil to„plashga sarflaydi. Bu usul boshqa sug„ orish usullariga nisbatan hosildorlikni ortishi va hosil sifatini yaxshilanishi, suv, mehnat va boshqa resurslar sarfi kamligi bilan ahamiyatlidir. Tomchilatib sug’orishda suvning tuproqqa shimilib isrof bo„lishi, dalaning oxirida oqovaga tashlanishi bartaraf qilinadi. Natijada 20-50% suv tejaladi.



Tomchilatib sug„orilganda tuproq qotmaydi va kultivatsiya qilinmaydi, o’g’itlar suv bilan birga berilgan ligi bois mavsum davomida dalaga texnika kam kiradi. Tomchilatib sug’orishni quyidagi holatlarda ham bemalol qo’llash mumkin: murakkab relefli va nishabligi katta uchastkalarda; suv resurslari o„ta taqchil bo’lgan hududlarda; tuproq qatlami yupqa va suv shimilishi yuqori bo’lgan maydonlarda; suvni etkazib berish qimmatga tushadigan (suv nasoslar yordamida etkazib byeriladigan) hududlarda; kam debetli suv manbalaridan (quduq va buloqlardan) sug’oriladigan hududlarda; ekinlarni sug’orish uchun tozalangan chiqit suvlarini ishlatish rejalashtiriladigan sharoitlarda.





Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalarini ko„rsatishicha, turli xil ekinlarni (paxta, meva, sabzavot) etishtirishda tomchilatib sug’orish usuli qo„llanilganda xuddi Shu dalalarni odatdagi egatlab sug’orishga nisbatan 30-50 % gacha kam miqdorda suv ishlatilgan. Shu ningdek mazkur dalalarda hosil etishtirish uchun sarflangan o„g„it (30-40 %), mehnat va moddiy resurslar (30-40 %) xarajatlarini ham tejalishiga yerishilgan.



G’o’zani tuproq ostidan sug’orish (subirrigatsiya). Subirrigatsiya atamasi lotinchadagi sub - ostida, pastda va irrigation - sug’orish so„zlarining yig„indisi bo’lib, tuproq ostidan sug’orish deganidir. Subirrigatsiyaning asosiy vazifasi - grunt suvlari sathini sun’iy ko„tarish yo„li bilan tuproqning G’o’za ildizi tarqalgan qismini namlashga yerishishdir. Bu usulni faqat kollektor - drenaj tarmoqlari bilan tutashgan gidromorf va yarim gidromorf tuproqli dalalardagina qo’llash mumkin. Grunt suvlari sathi zovurlarni dimlash, yopiq drenajda gidrantlarni byerkitish, Shu ningdek, ularni sug’orish suvi bilan to„ldirish orqali ko„tariladi.

Subirrigatsiya suv tanqis yillari, kam sho’rlangan, minyeralizatsiyasi 1-3 g/l bo’lgan xududlarda amalga oshiriladi. Buning uchun kollektor-zovurlar aprel oyining birinchi o„n kunligida dimlanadi, suv zovur sathining uchdan ikki qismini egallagandan keyin, ortiqchasi chiqib ketishi uchun dimlangan joydan ariqcha qoldiriladi yoki teshik ochiladi.



Subirrigatsiya usulining afzalliklari:

  • G’o’zani sug’orishlar soni eng kamida bir martaga kamayadi, kuchsiz minyerallashgan, tuprog’i sho’rlanmagan yoki kuchsiz sho’rlangan yerlarda daryo

-5

suvi 1000-1500 m /ga yoki 15-20 foizga iqtisod qilinadi;



  • paxtazorlarda begona o„tlar kamayadi;

  • G’o’za qator orasiga ishlov berish 1-2 martaga qisqaradi;

  • yonilg„i-moylash matyeriallari tejaladi;

  • paxta hosili 10-15 foizga oshadi;

  • har yili kollektor-zovurlarni tozalashga hojat qolmaydi.

Yil oxiriga borib, tuproqda tuzlar miqdori bir oz ko„paysa, kech kuz, qish va

-5

yerta bahorda - ekinlar sug„orilmaydigan davrda sho’rni 1,5-2,0 ming m /ga daryo suvi bilan yuvish tavsiya etiladi.



Nazorat savollari:

  1. O‘simliklarni sug‘orishda suv sarflarini aniqlash usullarining yer ustidan, tomchilatib, sug‘orish usullarida qanday aniqlanadi?

  2. O ‘simliklarni sug ‘orishda suv sarflarini yomg ‘irlatib sug ‘orish usullarida suv sarfi qanday aniqlanadi?

  3. O‘simliklarni sug‘orishda suv sarflarini tomizgichlardagi suv sarfi va yomg‘ir jadalligini aniqlash usullari nima?

  1. Tuproqning namligi aniqlash usullari.

Tuproq namliligi bo‘yicha sug‘orish me’yorlari va tuproqdagi fiziologik zarur sv zaxiralarni hisoblash. Buning uchun CHDNS, sug’orish oldidan tuproq namligi, hajm og„irligi va hisobli namlanish chuqurligini bilish kerak.

CHDNS tuproqning yuqorigi namlanish chegarasi bo’lib, mo„l suv byerilgach yoki yomg„irdan keyin yuzaga keladi.

Tuproq namligining suv byeriladigan pastki maqbul chegarasi tuproq hchusiyatlari va tajribaning qabul qilingan tizimi bilan belgilanadi.

Sug’orish me’yorlarini L.N.Rozov va S.N.Rijov formulasi bo’yicha hisobli

-5

qatlam, CHDNS (m /ga) chegarasi va tuproqdagi suvdan oldingi haqiqiy nam zaxirasi o„rtasidagi farq asosida belgilash tavsiya etiladi. Namlik tanqisligi darajasi sug’orish jarayonida tuproq yuzasidan bug„lanadigan 10% miqdoridagi suv qo„shib hisoblanadi. 16.2-jadvalda G’o’zaning gullash ko„rsatkichiga-hosil tugish davrlaridagi 70% suv oldi tuproq namligiga ko„ra, sug’orish me’yorini hisobdash bo’yicha misol berilgan .



-5 -5

Tuproqning 0-100sm. qatlamidagi namli tanqisligi (3203-2267 m/ga) 936 m/ga

-5 -5

teng. Shu nda sug’orish me’yori (936 m /ga +10%) 1029,6m /ga bo„dadi.

Amalda sug’orish me’yorini tuproqning og„irligiga nisbatan namlik asosida ushbu formula bo’yicha himsoblagan qulay:

M=(Wn-Wm)100dh+k,

Bunda: Wn-tuproq og„irligiga nisbatan dala nam sig„imi, %;

Wm-suv oldi tuproq namligi, %;

-5

d-tuproq hajm og„irligi, g/sm ; h-hisobli qatlam qimati, m;



-5

k-sug’orishda bug„lanishga sarflangan suv, m /ga (namlik tanqisligining 10% i). byeradi:

M=(Wn-Wm)100d ■ h+k=(22,9-16,2) 100 1,4 1,0+

k=938+93,8=1031,8m3/ga.

Bu formuladan foydalanilganda har bir qatlam namligini hajm og„irligiga nisbatan hisoblashga ehtiyoj qolmaydi.

6.1.1.1-jadval



Tuproq namligini aniqlash

Qatlam,sm.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling