Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan foydalanish


L miqdorga ta’sir etuvchi omillar


Download 47.8 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi47.8 Kb.
#1827992
1   2   3
Bog'liq
Ekonometrika 3 mustaqil ish

1.L miqdorga ta’sir etuvchi omillar:

ish kuni, haftasi, yilining davomi;

ishchi kuchining yosh tarkibi;

v) ishchi kuchining jins bo‘yicha tarkibi.



2.MUga ta’sir etuvchi omillar:

umumiy ta‘lim darajasi;

kasbiy ta‘lim darajasi

v) ko‘nikma darajasi (kasb bo‘yicha ishlagan vaqt);


g) mehnatga haq to‘lash darajasi va tizimi.
Ishlab chiqarish fondlari (moddiylashgan mehnat):
1.K miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar:
fondlarning qancha vaqt ishlatilishi va potensial quvvatlardan

foydalanish darajasi;


fondlarning aylanma tezligi.


2.Ishlab chiqarish fondlari baholanishiga ta’sir etuvchi omillar:


fondlar texnologik darajasi va ma‘naviy eskirish darajasi;
fondlarning tarmoqlararo taqsimlanishi;
fondlarning hududiy taqsimlanishi; ishlab chiqarish ko‘lami.
Omilli yondashuvning rivoji ishlab chiqarish funksiyasi usuli takomillashuvidan ko‘ra, iqtisodiy va statistik ishlar chuqurlashuvini ko‘zda tutadi.
Omil tahlil va prognozlashda tarmoqlararo nuqtai nazarlarga yondashish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, tarmoqlarning omillar va xususiyatlari roli kuchayadi, oraliq harajatlar (hom ashyo, yoqilgi, elektrenegiya, yarimfabrikatlar) muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan jonli mehnat va ishlab chiqarish fondlarini differensiyalash imkoni paydo bo‘ladi (masalan, ish kuchini kasblar va malaka darajasiga qarab guruhlash). Uchinchidan bir tarmoq o‘sishi boshqa tarmoq o‘sishiga asos bo‘lgani uchun, omil tahlil tarkibiy tahlil bilan birikib ketadi.
2. Inflyatsiya jarayonining sur’atini prognozlash.
Inflyatsiya - bu, milliy valyuta qadrsizlanishi. Buning natijasida tovar va xizmatlar narxining yoppasiga o‘sishi ro‘y beradi (ochiq inflyatsiya). Ammo davlat narxlarni «muzlatib» qo‘ysa va shu bilan birga inflyatsion omillar amal qilsa, inflyatsiya potensiali o‘sadi (siqilgan inflyatsiya) va agar narxlar «qo‘yib yuborilsa», narxlarning ko‘chkisimon o‘sishi ro‘y beradi. Inflyatsiyaga narxlarning o‘sishi olib keladi, lekin har qanday narxning o‘sishi inflyatsiya bilan boglanmagan.
Narxlar o‘sishining inflyatsion sabalarini qo‘rib chiqamiz.
Avvalo-bu, davlat byudjet defitsitida aksini topuvchi davlat harajatlari va daromadlarining nomutanosibligi, balanslashmaganligidir. Agar bu defitsit mamlakat markaziy emission bankida zayomlar hisobiga, boshqacha aytganda «bosma uskunasidan» faol foydalanish hisobiga moliyalashtirilsa, muomaladagi pul massasining oshishiga olib keladi, o‘z navbatida narxlar darajasining o‘sishi ro‘y beradi.
Agar analogik usullar bilan investitsiyalarni moliyalashtirish amalga oshirilsa, narxlarning inflyatsion o‘sishi ro‘y berishi mumkin. Ayniqsa, iqtisodiyotni militarizatsiyalash bilan bogliq investitsiyalar inflyatsion xavfli hisoblanadi. MDni harbiy maqsadlarga noishlab chiqarish iste‘moli nafaqat milliy boylikni yo‘qotishini anglatadi, bir vaqtning o‘zida harbiy assignatsiya qo‘shimcha to‘lovga qobil talabni shakllantiradi, bu esa pul massasining tovar ta‘minotisiz osilishiga olib keladi. Harbiy harajatlarning o‘sishi davlat byudjeti surunkali defitsitining va davlatning boshqa davlatlardagi qarzlari ko‘payishining sabablaridan biri va u davlatni pul massasini ko‘paytirishga majbur qiladi.
Narxlar darajasining umumiy ko‘tarilishi zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining turli maktablari hamda XX asr o‘rtasi va oxirida bozor strukturasining o‘zgarishi bilan bogliq. Bozorda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar faoliyat ko‘rsatsa va kapital qo‘yilishi oson bo‘lganda bu struktura raqobat shartlari xaqida tobora kamroq eslatadi. Zamonaviy bozor – bu, ma‘lum darajada oligopolistik bozordir. Oligopoliya esa baho (narx) ustidan ma‘lum hokimiyatga ega. Barqaror narxlarni saqlab qolishga intilib, oligopoliyalar ularning mahsulotiga talabning pasayganida odatda, narxlarni pasaytirmaydilar, balki defitsitni vujudga keltirib, ishlab chiqarishni qisqartiradilar. Bundan tashqari oligopoliya asosida kuchli kasaba uyushmalarning faoliyati tufayli «narxlar-ish xaqi-narxlar» inflyatsion spirali shakllanadi.
U yoki bu davlat iqtisodiyoti «ochiqligi»ning o‘sishi bilan, uning jahon xo‘jalik aloqalariga kirib borishi bilan import inflyatsiyasi xavfi ortib boradi. Shunday holda, 1973 yilda energotashuvchilar narxining o‘sishi («energetik krizis») import qilinuvchi neft narxining o‘sishiga va texnologik zanjir bo‘yicha boshqa tovarlarning narxining o‘sishiga olib keldi. O‘zgarmas valyuta kursi sharoitida mamlakat har gal import tovarlari narxlari ko‘tarilishiga «tashqi» ta‘sirni boshdan kechiradi.
Inflyatsion kutishlar natijasida inflyatsiya o‘zini - o‘zi quvvatlovchi xarakter kasb etadi. Garb mamlakatlari va mamlakatimizdagi olimlarning ko‘pchiligi bu omilga alohida qaraydilar. Ular ishlab chiqaruvchilar va aholining inflyatsion kutishlarini yengib o‘tish - antiinflyatsion siyosatning eng muhim (agarda bosh bo‘lmasa) vazifasi deya urgu beradilar.
Inflyatsion kutishlarning iqtisodiyotga ta‘sir mexanizm qandayq Gap shundaki, aholi uzoq vaqt davomida narxlarning o‘sishini ko‘rib va ularning pasayishiga umidni yo‘qotib, o‘zining joriy ehtiyojlaridan ortiq tovarlar sotib ola boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida odamlar nominal ish haqini oshirishni talab qiladilar va shu bilan joriy iste‘mol talabining ko‘payishiga turtki beradilar. Ishlab chiqaruvchi yaqin orada xom-ashyo, material va jamlovchi mahsulotlar qimmatlashishini kutib, mahsulotiga yuqoriroq narx kuya boshlaydi. Puldan qochish boshlanadi.
Inflyatsiya va uning omillari orasidagi vaqtli boglanishni belgilash muhim, bu inflyatsion jarayonlarni prognozlash va boshqarishga imkon beradi. Inflyatsiyaning yangi kurtagi chiqishi – bu, omillarning vaqt orasidagi dinamikasi bilan bogliq. Pul massasining o‘sishi va uning tovar bilan ta‘minlanishi o‘rtasidagi nisbatni topish uchun ishlab chiqarish va narxlar darajasi dinamikasini tahlil qilish zarur. Aynan indeks inflyatsiyadan darak beradi. Narxlar indeksini hisoblash uchun ma‘lum vaqtdagi «bozor savati» tovar va xizmatlarning jami narxlari o‘rtasidagi munosabat olinadi. Odatda, «bozor savati» tovarlari tarkibiga barcha aholi xarid qiladigan ko‘prok tovarlar kiritiladi. Indeks, odatda, %da ifodalanadi:
Z S C 100%
Bu yerda: Z-berilgan davrdagi narxlar indeksi, %;4 S-berilgan davrdagi «bozor savati» narxi; S-bazis davrdagi «bozor savati» narxi.
Biroq, bu indeks quyidagi qator sabablarga ko‘ra, inflyatsiyaning real darajasidan past bo‘lib chiqadi:

Avvalo, odatda, «savat» tarkibiga kirmaydigan, yangi turdagi mahsulotlarning narxi oshiriladi. Shuning uchun «savat» bo‘yicha hisoblangan narxlarning o‘sish indeksi savdodagi barcha tovarlar guruhi bo‘yicha hisoblangan indeksdan ancha past chiqadi.

Хalq iste‘moli tovarlarining chakana narxi tushishi o‘rniga ularning sifati pasayishi mumkin. Alohida tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga ko‘ra, 1987-1989 yillarda sovet korxonalari ishlab chiqargan xalq iste‘moli tovarlarining sifati har yili o‘rtacha 2%ga, chakana narxlarni saqlagan holda, pasayishi kuzatilgan. Sifatning pasayishi bu tovarning iste‘mol xususiyati, foydaliligi pasayishiga olib keladi, shu bilan bogliq holda u foydalilik xususiyati birligidan ancha yuqori narxda sotiladi. Shunday qilib, sifat pasayishini narxlar indeksining adekvat o‘sishi sifatida ko‘rishga barcha asos mavjud.

Ko‘rsatilgan 2 omil qatorida uchinchi, yetarlicha qudratli, iqtisodiyot defitsitida namoyon bo‘luvchi omil ham ta‘sir qiladi. Хalq iste‘moli tovarlarining defitsiti inflyatsiyalarning manbai hisoblanadi. Defitsit bilan bogliq inflyatsiyaning namoyon bo‘lishi shunday narxlarning o‘sishida kuzatiladiki, agar tovarni ochiq bozordan harid qilish imkoni bo‘lmasa, iste‘molchi uni shu narxlarda norasmiy, «qora bozor»dan sotib olishga majbur bo‘ladi.



Iste‘mol narxlarining o‘sishi ishlab chiqarish harajatlarining ko‘payishi (ulgurji narxlarning o‘sishi) bilan ham bogliq bo‘lishi mumkin. qazib oluvchi tarmoqlarda, ayniqsa, yoqilgi-energetika majmualarida narxlarning o‘sishi ma‘lum vaqtdan keyin xalq xo‘jaligining barcha sektorlaridagi harajatlar darajasida «domino» prinsipi bo‘yicha aksini topadi.
Iste‘mol tovar va xizmatlarining qimmatlashuvi va oqibatda ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarning ko‘payishi ro‘y beradi.
Demak, narxlar indeksining o‘zgarishi va uning kattaligini prognozlash turli xil omillarga bogliq: «bozor savati»ning tarkibi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish harajatlari va xalq iste‘moli tovarlari defitsitining kattaligi. Shuning uchun bu indeksni qo‘llash inflyatsiya sur‘atlarini prognozlash uchun yetarli emas.
Iste‘mol narxlari o‘sishi ko‘rsatkichini Yaim deflyatorining o‘sish ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kerak, degan fikr bor.
Bu yerda: D-YaIM deflyatori;
Nn-nominal YaIM;
Np-real YaIM.
Ma‘lumki, bu ko‘rsatkichlarning ustunlik va kamchiliklari bor. Narxlar indeksi (va mos ravishda o‘sish sur‘atlari) nisbatan soddaligi va hisob - kitoblarning operativligi bilan Yaim deflyatori indeksi oldida ustunlikka ega. Katta harajatlarsiz narxlar indeksini nafaqat yillik, balki oylik, hatto haftalik oraliqlar uchun aniqlash mumkin. Aynan shuning uchun undan turli maqsadlarda keng foydalaniladi - aholi daromadlari indeksatsiyasini nazariy tahlilidan to amaliy hisob - kitoblarigacha.
Yaim deflyatsiyasi hisob-kitoblarining keng ko‘lamliligi tufayli u chorakda bir marta, odatda bir yilda bir marta nominal va real Yaimning yillik hajmi aniqlanishi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Yaim tarkibini hisob - kitoblaridagi doimiy to‘g‗rilashlar tufayli uning hajmi, o‘z navbatida Yaim deflyatorining hajmi bir necha marta qayta qo‘rib chiqiladi (ba‘zida yillar o‘tib). Bu holat nafaqat o‘tish davridagi mamlakatlarga, balki nisbatan mukammalroq statistikaga ega rivojlangan davlatlar uchun ham xarakterlidir. Shuning uchun Yaim deflyatoridan amaliy maqsadlarda kam foydalaniladi. Shunga qaramay, deflyatorning iste‘mol narxlari indeksi oldida bir muhim ustunligi bor, chunki deflyator Yaimning barcha komponentlari uchun xisoblanadi (xususiy va davlat iste‘moli, investitsiyalar, tashqi savdo), shuning uchun unda investitsion jarayonlar, kamida nazariy, unda to‘liqroq hisobga olinishi kerak.
Korrelyatsiya koeffitsiyenti yordamida iste‘mol narxlari indeksi va Yaim deflyatori mohiyatiga ko‘ra, bir xil hodisani xarakterlashi isbotlangan. Ular orasida farq katta emas. Shuning uchun omilli tahlilda bir o‘zgaruvchini boshqasiga almashtirishi uning natijalariga statistik ahamiyatli ta‘sir etmaydi. O‘z navbatida, iste‘mol narxlari indeksi ko‘rsatkichini Yaim deflyatori indeksi ko‘rsatkichi bilan almashtirish va aksincha, inflyatsiya sur‘atlarini boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkich bilan boglab turuvchi hollarda sifatli o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin emas.
Biroq ko‘pchilik iqtisodchilar inflyatsiya sur‘atlarini taxlil qilish va prognozlashda 1 ta ko‘rsatkichni o‘rganishi yetarli emasligini, turli ko‘rsatkichlarning kompleks tahlili kerakligini ta‘kidlaydilar.
Inflyatsiya dinamikasini prognozlash uchun iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirni va mos ravishdagi vaqt oraligini belgilash kerak.
Odatda esa, masalani o‘rganish pul massasi dinamikasi va iste‘mol narxlari indeksi tahlili bilan cheklaniladi. Тurli davlatlarda milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga oluvchi inflyatsiya darajasini prognozlashning turli modellari ishlab chiqilmoqda. Masalan, AQShda ishlab chiqilgan inflyatsiya darajasini hisoblashning MODJS modeli. Bu ekonometrik modelda quyidagi omillar - argumentlar qo‘llanilgan:
hukumat ko‘zda tutayotgan egri soliqlarning o‘zgarishi (narx ichidagi soliqlarning);
davlat subsidiyalari (subvensiya va dotatsiyalari)ning taxminiy o‘zgarishi; davlat nazoratidagi ba‘zi tovar va xizmatlar guruhi narxining taxminiy o‘zgarishi;
hukumat va fermer uyushmalari o‘rtasida qishloq xujalik
mahsulotlari narxi bo‘yicha mehnat bitimlari va kelishuvlarining ma‘lum holati; transfert to‘lovlari.
Yuqorida keltirilgan barcha omillar boshqaruvchi (instrumental), chunki hukumat qarorlariga bog‗liq va shu ma‘noda ular endogen hisoblanadi. Modelda omillar sifatida ba‘zi ekzogen o‘zgaruvchilar ham qo‘llanilgan: import mahsulotga prognoz narxlar; - bandlik darajasi prognozi va boshqalar.

3. Imitatsion model tushunchasi va mohiyati.


Imitatsion model analitik modeldan farqli o‘laroq, o‘rganilayotgan ob‘ektning hatti-harakati va ichki strukturasigacha ko‘rsatuvchi yoyilgan sxemani bildiradi. Modelda ifodalanuvchi hodisalarni, ularning mantiqiy strukturasini saqlagan holda, vaqt bo‘yicha ketma-ketligini, o‘rganilayotgan tizimning o‘zgaruvchilari va parametrlari o‘rtasidagi aloqalarni saqlagan holda qayta ishlash imitatsion model uchun xarakterlidir. Imitatsion modellar modellashtirilayotgan tizim haqida axborot olish va keyin, qarorlarni shakllantirish uchun yaroqli bahoni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan. Misol o‘rnida ko‘p tarmoqli iqtisodiyotda ishlab chiqarish va iste‘molni muvofiqlashtirishning imitatsion modelini ko‘rib chiqamiz (5-tasvir).
Sistema 2ta formallashgan blokka ega: moddiy ishlab chiqarish imitatsiyasi va iste‘mol muhiti imitatsiyasi. Sistemada bir qancha boshqarish parametrlaridan foydalanuvchi eksperimentator ko‘zda tutilgan: tarmoqlar o‘rtasida kapital qo‘yilmalarining taqsimlanishi, jamg‗arish sur‘atlari, ish haqi – mahsulot birligining ish haqi sig‗imi, ulgurji va chakana narxlar.
Eksperimentator EХM bilan faol muloqotni amalga oshiradi. Mahsulot turiga hisoblangan talabning to‘g‗rilanuvchi ko‘rsatkichlari va uning tarmoqda yakuniy ishlab chiqarilishi haqida axborotdan foydalaniladi. Agar ko‘rsatkich birlikdan yuqori bo‘lsa, talab taklifdan yuqori, agar birlikdan kam bo‘lsa, aksincha bo‘ladi. Тo‘grilanuvchi ko‘rsatkichlar va yalpi mahsulotning tarmoqlar bo‘yicha o‘sish sur‘ati eksperimentator tomondan yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan daraja pozitsiyasidan tahlil qilinadi. Agar ular o‘zgarishi kerak bo‘lsa, eksperimentator u yoki bu boshqaruv parametrini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, kapital qo‘yilmalarning taqsimlanishi yoki aholining yalpi daromadi yohud narxlar masshtabi o‘zgartiriladi. Bloklar yangi to‘grilanuvchi ko‘rsatkichlarni aniqlaydilar. Eksperimentator ishlab chiqarish va iste‘molning qoniqarli mutanosiblikka kelgani haqida hulosa chiqarishi bilanoq sistemani kelgusi yilning hisob-kitoblariga o‘tqazadi.
Shunday qilib, inson-mashina imitatsion sistemasi aholi pul daromadlari va taklif qilinayotgan tovar va xizmatlar orasidagi eng yaxshi nisbatni ta‘minlovchi prognoz variantlarini topishga imkon beradi. Boshqaruv parmetrlarini ajratish, oraliq qarorlarni baholash va yakuniy qarorlarni tanlash eksperimentatorga yuklanadi, mumkin bo‘lgan ko‘pchilik yechim variantlari EХMda yechiladi.
Imitatsion biznes o‘yin imitatsion sistemani yanada rivojlantirishni ko‘zda tutadi va o‘z ichiga asosiy elementlar bilan birga (imitatsion model va imitatsiya natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash vositlari) maxsus instruktiv va modellashtirilayotgan tizimning kelgusida faoliyatida eng katta natijalarga erishishidan manfaatdor hamda qaror qabul qiluvchi ekspert eksperimentatorning ta‘sirini chegaralovchi boshqa vositalarni o‘z ichiga oladi.
O‘yinchilarga hal qiluvchi daqiqalarda axborot olish imkoniyati berilishi kerak. Imitatsion o‘yin modelini yaratishda, avvalo, o‘yinchilarning motivatsiya tizimi va o‘yin ssenriysini ishlab chiqish lozim. Bunday modellarning bir qismi kompyuterdan foydalanishga, boshqa qismi - mashinasiz imitatsiyaga moslashgan. Imitatsion o‘yin modellari istalgan darajadagi ob‘ektlar uchun qurilishi mumkin: sex bo‘limidan tortib, umuman, xalq xo‘jaligigacha. Yaxshi modelni yaratish katta vaqt talab qiladi (bir necha yilgacha) va arzon tushmaydi, uning yordamida prognozlash, ya‘ni o‘yin o‘tkazish, shuningdek, jiddiy o‘rinishlarni talab qiladi, chunki o‘yin qatnashchilari soni bir necha yuzga yetishi mumkin. Biroq, bu harajatlar o‘zini oqlagan, zero bunday modellar boshqa modellar ishlamaydigan joyda prognoz olish imkonini beradi. Imitatsion modellar bir qator ustunliklarga ega:
adekvat modellarni real ob‘ektlar qo‘llash va turli yo‘l qo‘yishlarda model bilan chegaralnmagan tajribalar o‘tkazish imkoniyati;
modelga noaniqlik omillarini, o‘zgaruvchilarning tasodifiy xarakterini nisbatan osonroq kiritish;
jarayonlar, vaqt parametrlari, muddatlar, kechikishlar dinamikasining nisbatan osonroq ifodalanishi.
Iqtisodiy modellar prognozlanayotgan tizimning tavsifini ham, formallashmagan aloqalarini ham hisobga olgani uchun ular uning rivojlanishini adekvat ifodalashga qodir. Lekin aynan shunday formallashmagan tavsiflarni ta‘riflash iqtisodiy modellarni tuzishning asosiy qiyinchiligi hisoblanadi.
Dinamik iqtisodiy modellar boshlangich shartlarga bogliq bo‘lmagan tizimning asosiy rivojlanish qirralari haqida xulosa qilish imkonini beradi. Bu hulosalar, albatta, prognozlashning boshqa usullari yordamida keyin detallashtiriladi.
Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy modellarni EХM uchun ishlab chiqish va dasturlash, odatda, ko‘p mehnat va vaqt sarflari bilan bogliq. Chunki ularning har biri o‘zicha ajoyibdir. Iqtisodiy modellar asosida prognozlash o‘z ichiga bir qancha asosiy bosqichlarni oladi:
tadqiqot vazifasini belgilash, prognozlanayotgan tizimni o‘rganish, emperik axborotlarni to‘plash, modellashning asosiy muammolarini ajratish; iqtisodiy modellarni shakllantirish, model va uning ostki modellarini ifodalashning strukturasi va prinsiplarini tanlash, shuningdek, yo‘l qo‘yiladigan soddalashtirishni tanlash, o‘lchanadigan parametrlar va model sifati mezonlarini tanlash;
kiritilgan ma‘lumotlar bilan iqtisodiy modelning adekvatligini va modellashtiruvchi algoritmning nazorat tajribalari natijalari muvofiqligi va chegaraviyligi darajasiga ko‘ra, aniqlik va yaroqliligini baholash;
ko‘p variantli tajribalarni rejalashtirish, tadqiqot uchun prognozlanayotgan tizimning funksional tavsifini tanlash, tajriba natijalarini qayta ishlash usullarini belgilash;
model bilan ishlash, hisob - kitoblar va imitatsion tajribalar o‘tkazish; natijalar tahlili, modellash ma‘lumotlari bo‘yicha xulosalarni shakllantirish, yakuniy prognoz ishlab chiqish.
Aytish kerakki, imitatsion sistemadan foydalanish rejimini imitatsion biznes o‘yin shakliga o‘tkazish mumkin. Buning uchun, birinchidan, imitatsion tajribada ekspert-eksperimentatorlar guruhi ishtirok etishi, ikkinchidan esa ishtirokchilarning faoliyati alohida o‘yin qoidalari ko‘rinishida aks etgan va chegaralangan bo‘lishi zarur. Imitatsion tajribada har bir ishtirokchining asosiy vazifasi mavjud variantlardan uning fikricha yaxshi natijalarga erishishini ta‘minlovchi qandaydir strategiyani shakllantirishi lozim.



Download 47.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling