Bozor imkoniyatlarini tahlili. Maqsadli bozorlarni tanlash 2 Marketing xizmatlari


Download 370.09 Kb.
bet8/9
Sana13.04.2023
Hajmi370.09 Kb.
#1350283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-мавзу. ҚМ (2)

Qurilish tashkilotining har qanday rahbari operatsion boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak, chunki u nafaqat o‘z bo‘limi doirasida operatsiyalarni samarali bajarishni emas, balki biznes-jarayonlar, loyihalar va hatto topshiriqlar doirasida qo‘shni bo‘linmalar bilan ham aloqada bo‘lishi kerak. Ko‘pincha operatsion boshqaruv vositalaridan foydalanish tashabbuskorlari tashkilotning egalari va top-menejerlari bo‘lib, ular kompaniyaning bozorlardagi o‘zgaruvchan vaziyatga moslashishi kerakligini tushunishadi va shuning uchun uni yanada samarali amalga oshirishga harakat qiladi.

Jarayon ofisi operatsion boshqaruv vositalarini amalga oshirish vositalaridan biri hisoblanadi. Tashkilotning asosiy biznes jarayonlarini modellashtirish, shuningdek, biznes jarayonlarini tahlil qilish va optimallashtirishning turli usullarini qo‘llash orqali operatsion samaradorlikni oshirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Tashkilotning biznes jarayonlarini yaxshi tushunadigan rahbar operatsion direktor lavozimiga tayinlanadi va operatsion samaradorlikni oshirish uchun asosiy funksional bo‘linmalar ustidan boshqaruvni amalga oshiradi.

Moliyaviy sektorda avtomatlashtirish darajasini hisobga olgan holda axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis bosh operatsion direktor lavozimiga tayinlanishi mumkin, chunki moliyaviy sektorda ko‘plab biznes-jarayonlar allaqachon raqamlashtirildi va asosiy omil raqamlashtirish darajasini yanada oshirishdir.

Agar operatsion direktor tayinlanmagan bo‘lsa, operatsion boshqaruvning barcha vazifalari bosh direktor darajasida bo‘lib, ular operatsion samaradorlikni oshirishga alohida e’tiborini qaratishi kerak.

Rivojlan xorijiy kompaniyalar amaliyoti kuzatsak, ularda aksariyati ko‘plab kompaniya egalari raqobat kuchayib borayotganiligini inobatga olgan holda operatsion boshqaruv sohasidagi boshqaruv guruhlarini malaka oshirishga yo‘naltirmoqdalar. Hattoki ba’zi xorijiy progressiv tashkilotlarda operatsion boshqaruv tashkilotning raqamli transformatsiyasi texnologiyasini qabul qildi, odamlarning biznes jarayonlarining oddiy ijrochilari sifatida minimal ishtiroki bilan yangi biznes jarayonlarini joriy etdi. Mavjud biznes jarayonlarida sun’iy aql, robotik jarayonlarni avtomatlashtirish, kengaytirilgan va virtual haqiqat kabi texnologiyalar joriy etilmoqda, bu operatsion boshqaruv nafaqat xodimlar xarajatlarini kamaytirish, balki biznes jarayonlari turli bozorlarda, jumladan, xalqaro miqyosda ishlashga imkon beradigan keng ko‘lamli biznes modellarini yaratishga imkon beradi.


Download 370.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling