- biznesning ko‘rinishi (ya’ni firma uchun asosiy bozorlar) va firmaning bu bozordagi strategik missiyasi; - tovar bozorlarida firmaning pozitsiyasi; - tovar bozorlarining ob’ektiv jalb qiluvchanligi va unga bog‘liq bo‘lgan imkoniyat va xatarlar; - firmaning bozordagi tovarlarga nisbatan farq qiluvchi jihatlari, uning kuchli va zaif tomonlari va raqobatli ustunliklari; - bozorni qamrab olish va rivojlanish strategiyalari. Aslida strategik marketing rejasi - bu moliyaviy reja bo‘lib, u moliyaviy oqimlarning manbalari va maqsadlari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan bo‘ladi. Amalda u firmaning jami iqtisodiy faoliyatini belgilab beradi va uning qolgan barcha funksiyalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qurilish tashkilotlari marketingini operativ boshqaruvini korxonaning marketing boshqaruvida faol qo‘llaniladigan tizimlarni boshqarish majmui tashkil etadi. Korxonada marketing tizimini ishlab chiqish, marketing faoliyat jarayonlarini boshqarish, hujjatlarni boshqarish va kadrlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, lekin boshqaruv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa jarayonlarni boshqarish tushuniladi. Operatsion boshqaruv ko‘pincha biznes-jarayonlarni bajarish tezligi va natijalar sifatini yo‘qotmasdan kompaniya xarajatlarini kamaytirish bilan bog‘liq maqsadlarga ega. Aslida, operatsion boshqarish qo‘shimcha qiymat olish uchun muhim bo‘lgan asosiy ish jarayonlari va operatsiyalarni samarali boshqarishga, shuningdek, yordamchi biznes jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish orqali asosiy biznes jarayonlarini samarali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Operatsion boshqaruv uchun kirish ma’lumotlari strategik boshqaruv natijalari hisoblanadi, chunki ichki biznes jarayonlarini qurishda kompaniyaning qaysi bozor segmentida ishlashini va muayyan raqobat afzalliklarini olish uchun biznes jarayonlarining maqsadli parametrlariga erishish kerakligini tushunish kerak. Operatsiyalar boshqarish tashkilotning turli idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni samarali rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi. Operatsion boshqaruvda kompaniya marketing samaradorligini oshirish vositasi bo‘lib, u har bir marketing boshqaruviga doir operatsiyalarni optimal bajarish orqali ta’minlaydi va shuning uchun operatsion boshqaruv doirasida nafaqat operatsion yoki ijrochi direktorni tayinlash, balki ish jarayoni ishtirokchilarini uzluksiz faoliyatni takomillashtirish tizimiga birlashtirish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |