Shuningdek, marketing xizmatlari quyidagilarda ishtirok etadi: Shuningdek, marketing xizmatlari quyidagilarda ishtirok etadi: -jonli va umumlashgan mehnat resurslaridan foydalanish normativlarini aniqlashda ishtirok etadi; -tovarlarni oqilona sotishni tashkil qiladi, texnik taʼminot masalalarini hal etadi; -tarmoqni iqtisodiy va texnikaviy holatini tahlil qiladi; -ishlab chiqarishni marketing nuqtai nazaridan operativ tarzda tashkil etadi; mehnatni va unga haq toʻlashni yuqori darajada olib borish bilan shugʻullanadi; -Marketing xizmatlari qurilish tashkilotlarini bozordagi harakatlarini rivojlantiradi, sotish hajmini oshirish maqsadida sotish usullarini takomillashtiradi, korxonani xaridorgir markaga aylantirishga yo‘naltiradi.
4. Qurilish tashkilotlari marketingini strategik va operativ boshqarish
Korxonalarning marketingini strategik boshqarishda strategik g‘oyalar firmaning harakat dasturiga aylanadi. Bu dasturda strategik maqsadlar aniqlanadi va tanlangan rivojlanish strategiyasining amalga oshirilishini ta’minlovchi vositalar belgilanadi. Qurilish tashkilotlari marketingini strategik boshqarishda korxonaning uzoq kelajakdagi taraqqiy etishi uchun bozordagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida oldindan ko‘ra bilish hamda o‘z strukturasi va tovar portfelining tarkibini tegishli ravishda moslashtirish chora-tadbirlarini strategik rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish amalga oshiriladi. Strategik marketing rejasining maqsadi - firmaning uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil bayon tavsiflab berishdir. Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga aylanishi kerak. Quyida rejaning umumiy tuzilishini va strategik rejalashtirishdan kutiladigan foydalarni ko‘rib chiqamiz. Strategik marketing boshqaruvini rejalashtirishda firmaning maqsadlarga mos ravishda quyidagilar belgilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |