Bozor imkoniyatlarini tahlili. Maqsadli bozorlarni tanlash 2 Marketing xizmatlari

Download 370.09 Kb.
bet2/9
Sana13.04.2023
Hajmi370.09 Kb.
#1350283
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-мавзу. ҚМ (2)

Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning to‘g‘ri va murakkabligi darajasiga qarab o‘zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishini mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyusiya o‘zgarishlari va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo‘naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.

Qurilishda marketingni boshqarish kompaniya faoliyatini zamonaviy bozor sharoitlariga moslashtirish jarayoni bo‘lib, eng muhim bosqichlarni bajarishdan iborat:

- bozor sharoitlari tahlili;

- tashkilot faoliyati maqsadli bo‘ladigan bozorlarni tanlash;

- marketing komopleksini ishlab chiqish;

- rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Marketing rejasini yaratish kafolatlangan natijalarga olib kelmaydi, lekin u biznesni o‘rganish va raqobatbardosh bozorga qanday mos kelishini tahlil qilish imkonini beradi. Hozirgi kunda qurilish sohasida ham raqobat muhiti keskinlashgan. Kerakli tahlillar asosida mukammal ishlab chiqilgan marketing rejasi qurilish kompaniyasiga resurslardan samarali foydalanishga va raqobat ustunligiga ega bo‘lgan bozorlarda yuqori daromad olishga imkoniyatlar yaratiladi.

Marketing boshqaruv taktikasi o‘z ichiga korxonaning marketing faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan aniq hatti-harakatlarni amalga oshirilishini qamrab oladi. (12.1.1-rasm) Bunday hatti-harakatlarga narxlash siyosatidagi imkoniyatlarni amalda joriy etish, maqsadli segmentni tanlash, marketing kompleksini (4R) ishlab chiqish, marketing byudjetini belgilash va boshqa marketing faoliyatiga taaluqli bo‘lgan harakatlar misol bo‘ladi.

Download 370.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling