Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari Kirish. Reja
Download 26.53 Kb.
|
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari
Asosiy qism
Uy xo`jaliklari, birinchidan, oddiy iste`molchilardan (masalan,oila yoki yakka odamdan), ikkinchidan, resurs egalaridan iborat. Ular xaridor sifatida bozordan tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, yer va pul mablag`ini bozorga chiqarib sotadilar. Ish kuchi mehnat bozorida, yer ko`chmas mulk bozorida, pul esa moliya bozorida (bank orqali) sotiladi (bular birgalikda resurslar bozori deyiladi). Uy xo`jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar bozoriga chiqarib, u yerdan ists`mol buyumlari oladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, fermer xo`jaliklari yoki yakka tartibda ishlab chiqaruvchilardan iborat. Ishlab chiqaruvchilar ham ikki bozorda ish ko`radilar. Ular resurs bozoridan ish kuchi, xomashyo, yer va qarz puli topadilar, ya`ni ularni sotib oladilar. Ayni paytda ular bozorga tovar chiqarib, u yerdan pul oladilar. Davlatga kelsak, u ham uy xo`jaliklaridan va tovar ishlab chiqaruvchilardan tovar olib, ularga pul beradi, ammo ulardan yana pul ham oladi. Bu undirilgan soliqlardir. Davlat tovarlarni maxsus buyurtma orqali oladi. Bunga misol qilib mamlakatimizda amalda bo`lgan paxtakorlarga beriladigan davlat buyurtmasini olish mumkin. Unga binoan belgilangan miqdordagi paxta davlatga yetkazib beriladi, paxtaning qolgan qismi erkin narxlarda sotiladi. Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir sotish kerak. Demak, xaridor, albatta, sotuvchi vazifasini ham o`tashi lozim. Uy bekasi bozor qilganda pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go`yo hech narsa sotmadi. To`g`ri, u shu damda tovar sotmadi, lekin uning hamyonidagi puli oldin sotilgan tovarning xaqi. Masalan, uning oila a`zolari o`z ish kuchini firmaga yoki davlatga sotib, ish xaqi olgan. Shu pulni beka bozorga olib chiqadi. Mazkur oila bankka pul quygan bo`lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara xaqi oladi. Uy bekasi uchun sotish operatsiyasi oldin bo`lib, xarid etish operatsiyasi keyin bo`lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin. Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo`lsa, u ham tovar sotadi. Ammo aksariyat davlat idoralari va mahkamalari bozorda o`z xizmatini sotadi. Bu xizmatning xaqi olinadigan soliqlarhisoblanadi. Tushgan pulga davlat bozordan resurslar va tovarlar sotib oladi. Bozorning afzalligi ham shuki, u oldi-sotdidan iborat iqtisodiy aloqalarni o`rnatadi. Iqtisodiyotnnng o`zi tarixan turli shakllarda mavjud bo`lgani kabi Bozorda xaridor va sotuvchining mavqei ham o`zgarib boradi. hozirgi bozor tartiblanadigan bozor, unda stixiyalik, noaniq xaridor uchun ishlash kam uchraydi, mijozlar o`rtasida oldi-sotdi aloqalari muhim va uzoq vaqt uzilmay davom etadi. Bozorga tovarlarni tavakkalchilik bilan yetkazish ham kam uchraydi. Tovar chiqarishdan oldin bozor puxta o`rganiladi, nimani, qancha yetkazib berish belgilab olinadi. Ammo bozorda ma`lum darajada noaniqlik saqlanib qoladi. Chunki, xaridor va sotuvchi mustaqil bo`lib, nima qilishni o`zlari hal etishadi, ularning maqsad va o`y-xayollari turlicha, lekin bozor tartiblangani bois beboshlik bo`lmaydi. Ilgarilari bozor asosi tartibsiz bo`lgani uchun unda noaniqlik hukm surgan, narx-navoning qanday bo`lishi, nimaning bozori chaqqon, nimaning bozori kasod bo`lishini oldindan payqab bo`lmagan. Bunday bozorning sarqitlari hozir ham bor. Bunga misol qilib O`ebekistondagi dshqon bozorlari va buyum bozorlarini, ayrim do`konlarni olish mumkin. Bu yerda ish yurituvchilar aniq mo`ljalga ega bo`lmasdan, bozor o`zgarishlarini oldindan bilmasdan savdo qiladilar. Bunday bozor o`rniga tartiblangan, madaniy bozor kelishi muqarrar. Eng demokratik bozor bu erkin boeordir. Download 26.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling