Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari Kirish. Reja


Download 26.53 Kb.
bet3/5
Sana11.09.2023
Hajmi26.53 Kb.
#1676018
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari

Erkin bozor deganda xaridorlar ham, sotuvchilar ham ko`p bo`lib. ulardan hsch biri monopoliya mavqeiga ega bo`lmay. bir-birini tezda topa oladigan, raqobat to`la-to`kis hukmron bo`lgan, narxlar erkin savdolashuv asoslari shakllanadigan bozor tushuniladi.
Keltirilgan ta`rifdan ko`rinib turganidek. erkin bozorda xaridor va sotuvchi munosabati biron bir tazyiqsiz, iqtisodiy tanlov asosida vujudga keladi, ular orasida murosa mavjud bo`ladi. Erkin bozorga misol qilib O`zbskistondaga qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorini ko`rsatish mumkin. Bu bozorda millionlab kishilar xaridor, sotuvchilar esa davlat xo`jaligi, jamoa xo`jaligi, fermer xo`jaligi, minglab tomorqa xo`jaligi va dala hovli sohiblaridir. Bu yerda kim nimani sotish, kimdan nimani olish, qanday narxda savdo qilish yuqoridan turib belgilanmaydi, buni bozorning o`zi hal qiladi.
Erkin bozorda xaridor va sotuvchilarning tanlovi ularning saralanishiga va ulardan kuchlilarining monopol bozorni tashkil etishiga
oaib keladi.
Monopol bozor deb ozchilik xaridorlar va sotuvchilar : hukmron bo`lgan, monopol narx o`rnatilgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman bo`lmaydigan bozorga aytiladi.
Monopol bozorning o`zi uch xil bo`ladi: Monopol raqobatli bozor son jihatdan ko`p bo`lmagan, bozorga bir xil, o`xshash yoki o`rinbosar tovarlar chiqaradigai firmalar qo`lida bo`ladi, ular o`zaro raqobat qiladilar. Bunga misol kilib O`zbekistondaga kiyim-kechak bozorni olish mumkin. Bu yerda asosan 8 ta firma mahsulot chiqaradi, lekin ular nafaqat o`zaro, balki tovari O`zbskistonga kirib kelgan xorij firmalari bilan ham bellashadilar.
Oligolopistik bozor. Ozchilik firmalar hukmron bo`lgan bozor, bu yerda raqobat ko`pgina sotuvchilar orasida emas, balki xaridorlar o`rtasida yuz beradi. Bunga misol tariqasida O`zbekistondagi sement bozorini olish mumkin. Bozorga 3 korxona mahsulot chiqaradi, Sement xarid qilish uchun raqobat esa : xaridorlar o`rtasida boradn.
Sof monopoliya bozori. Bunday bozorga tovarni butun bir tarmoqda hukmron bo`lgan ayrim korxonalar yetkazib beradi. Masalan, O`zbekisgonda paxta terish mashinalarini faqat Toshkent Qishloq xo`jaligi mashinasozlik zavodi, traktorlarni faqat Toshkent Traktor zavodi tayyorlab bozorga chiqaradi. Ichki bozorda ularning raqiblari yo`q,
O`z turidan qat`iy nazar har qanday bozor o`zining ixtisoslashgan kichik bir qismlariga segmentlariga ega bo`ladi
Bozor segmentlarga quyidagi belgilariga qarab ajraladi: aholining xarid qobiliyati; yashash sharoiti; yoshi va jinsi; qaysi tovarlarni afzal ko`rishi; kishilarningg mehnat faoliyati, turmush tarzi; inflyatsiya darajasi; bozor infrastrukturasi holati.
Bozor aloqalari faol bo`lishi uchun bozor infrastrukturasi yaxshi ishlashi lozim.
Bozor infrastrukturasi bozor aloqalarini yurgizish uchun xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmuidir.
Infrastrukturani birjalar, savdo uylari, savdo kompaniyalari, hisob-kitob idoralari, maslahatchi firmalar, broker va auditor idoralari, yarmarkalar, tender (maxsus savdo) uyushtiruvchi tashkilotlar, bojxona idoralari, banklar, sug`urta kompaniyalari kabilar tashkil etadi. Ularning vazifasi oldi-sotdiga xizmat qilishdir.



Download 26.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling