Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar – jismoniy ma‘noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oli- gopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvuvchi vositalar, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi. Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi. Uncha ko‘p bo‘lmagan firmalarning umumiy o‘zaro bog‘liqlikda joylashishi yashirincha kelishishga qulaylik tug‘diradi. Yashirincha kelishish narxlarni qayd qilish, bozorni bo‘lish va boshqacha yo‘llar bilan o‘zlari o‘rtasidagi raqobatni cheklashdan iborat. Yashirincha kelishish bir qator shakllarda bo‘lishi mumkin. Uning eng oddiy shakli kartel bitimi hisoblanadi. Kartel bitimiga kirgan firmalar narxlar va ishlab chiqarish hajmini kelishib oladi. Kelishilgan narxni ushlab turish mumkin bo‘lishi uchun ishlab chiqarish hajmi tartibga solinishi, ya‘ni bozorlar bo‘lingan bo‘lishi zarur. Narxlarni belgilashdagi rahnamolik yashirincha kelishishda ham o‘z o‘rnini tutadigan norasmiy vosita hisoblanadi. Bunda tarmoqdagi katta yoki ancha samarali firma narxni o‘zgartirishi, boshqa firmalar esa uning orqasidan ergashishi mumkin. Oligopolistlar narxsiz raqobatga asosiy o‘rin beradi. Chunki birinchidan, raqobatchilarga reklama va mahsulotni o‘zgartirish ancha murakkab, ikkinchidan, oligopolistlar kamdan-kam holda narxsiz raqobatni moliyalashtirish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo‘ladi. 167 Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-alohida, ya‘ni sof holda uchramaydi. Shu sababli erkin raqobatli bozorning xaraqterli belgilari bilan, sof monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatib berish foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun bozorning keyingi uchta modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki «nomukammal» raqobat degan umumiy nomdan foydalaniladi. Raqobatning qarab chiqilgan to‘rtta shaklidan tashqari, ko‘plab bozor tuzilmalari ham mavjud bo‘ladi. Jumladan, bular monopsoniya, duopoliya, ikki tomonlama monopoliya. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling