Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

Monopsoniya bozorda faqat bitta iste‘molchi mavjud bo‘lganda vujudga 
keladi. Masalan, qurol-aslaha ishlab chiqaruvchilar mahsulotining yagona 
iste‘molchi – davlatdir. Duopoliya – bozorda faqat ikkita monopoliya faoliyat 
qilgan sharoitda kuzatiladi. Ikki tomonlama monopoliya bozorda monopolist ishlab 
chiqaruvchi va monopolist iste‘molchi to‘qnash kelganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bizga nisbatan ancha oldin boshlangan 
mamlakatlarda raqobat munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq 
davrni oladigan jarayon ekanligini ko‘rsatadi. 
Agar g‘arb mamlakatlari iqtisodiyotida raqobat bozor xo‘jaligining ajralmas 
qismi (xususiyati) sifatida tabiiy paydo bo‘lsa, o‘nlab yillar davomida ma‘muriy 
buyruqbozlik tartibi hukmron bo‘lgan, raqobatni va bozorning boshqa belgilarini 
tan olmagan mamlakatlarda ko‘p narsani «joriy qilish» va hatto majburan qabul 
qilishga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotimizning hozirgi holatida 
raqobat munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga 
olish muhim rol o‘ynaydi. 
4. Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy –iqtisodiy oqibatlari 
Monopoliyalar o‘zining ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Monopoliyaning 
ijobiy tomonlari sifatida quyidagilarni qayd qilish mumkin: 
- Mahsuloti odatda, yuqori sifat bilan ajralib turadi; 


168 
- Yirik ko‘lami ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va resurslarni 
tejash imkonini beradi; 
- Ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida rivojlantirish 
uchun katta moliyaviy mablag‘larga va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish 
mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Monopoliyalarning yuqori 
foyda ketidan quvib, ishlab chiqarishni cheklashi orqali narxlarni ko‘tarishi, 
pirovard natijada resurslardan foydalanish va ularni taqsimlash samaradorligining 
pasayishiga olib keladi.
Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona 
tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik 
va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi 
resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin 
bo‘lgan potentsial miqdoriga qaraganda kamayib ketadi; 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling