Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
2. O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi
Raqobatning amal qilishi ma‘lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etishni iqtisodiyotda monopol tuzilmalar faoliyatini tartibga solishni taqozo etadi. Bunday tartibga solishning zaruriy sharti uning me‘yoriy huquqiy asoslarining yaratilishidir. «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga (1992 yil) ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Respublikada monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. Respublikada monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarni Davlat Reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan (1996 yil 27 174 dekabrda) «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta‘minlashga qaratilgan. Shuningdek, mazkur qonunda mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste‘mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish zarurligi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolist tuzilmalar xatti-harakatiga qarshi o‘rnatilgan. Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi: - xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt tomonidan bozordagi ustunlik mavqeining suiste‘mol qilinishi (5-modda); - xo‘jalik sub‘ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda); - davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda); - g‘irrom raqobat (8-modda). Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi tovarlarning 35 foizidan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat Reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20 foiz deb belgilangan. 175 Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq)larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim: 1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish. 2. O‘z monopol mavqeini suiste‘mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob‘ektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga, shu jumladan respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e‘tibor beriladi. Respublikada raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo‘lmagan sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko‘plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan, YuNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar tashkil etildi. Evropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazi, Germaniya texnikaviy ko‘maklashuv jamiyati kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etildi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar rivojlangan bozor iqtisodiyotini tarkib topti- rishga xizmat qiladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling