Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 Tabiiy monopoliyalar, ularning belgilari va tartibga solinish hususiyatlari


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

3. Tabiiy monopoliyalar, ularning belgilari va tartibga solinish hususiyatlari 
Tabiiy monopoliyalar – ishlab chiqarishning texnologik xususiyatiga ko‘ra 
raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda talabni qondirishning o‘ziga xos bozor 
tuzilmasidir. 


176 
Tabiiy monopoliyalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar iste‘molda 
boshqa tovarlar bilan almashtirilishi mumkin emas. Bunday tovarlarga talabning 
o‘zgarishiga ular narxining o‘zgarishi kam darajada ta‘sir ko‘rsatadi.
Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv sabablarga ko‘ra vujudga keladi. U aynan 
olingan biron-bir tovarga talab bir yoki bir nechta ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
samarali darajada qondiriladigan vaziyatni ifodalaydi. Tabiiy monopoliyalarning 
asosi – ishlab chiqarish texnologiyalari va tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridir. 
Bu yerda raqobatni qo‘llash mumkin emas yoki uni qo‘llash samarasiz.
Tabiiy monopoliyalar quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatadi: 

magistral truba o‘tkazgichlarda gaz, neft va neft mahsulotlarini jo‘natish; 

elektr va issiqlik energiyasini uzatish xizmati; 

temir yo‘l transporti; 

transport terminallari, aeroport, suv portlari xizmati. 

aloqa, pochta xizmati va h.k. 
Qayd qilingan monopol tuzilmalarning asosiy belgilari quyidagilar: 

faoliyat qilish tartibini o‘rnatish, ro‘yobga chiqarish va to‘xtatish huquqiy 
asoslanganligi; 

tarmoqlar va xo‘jalik yuritish sohalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishining 
chegaralanganligi; 

monopoliya sub‘ektlari umumiy xuquqiy mavqega ega bo‘lgan holda, ular 
huquq va majburiyatlarining o‘ziga xosligi; 

monopoliyalar faoliyatini tartibga solishning yaxlit tizimi mavjudligi; 

tabiiy 
monopoliya 
sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqariladigan 
tovar(xizmat) lar boshqalari bilan almashtirilishi mumkin emasligi ularning o‘rnini 
bosuvchisi mavjud bo‘lmasligi; 

mazkur tovarlar bozorida talabning noegiluvchanligi, uning doimiy 
barqarorligi.
Umumiy holda tabiiy monopoliyalar texnologiyalardagi xususiyatlar tufayli 
tarmoq yoki sohaga raqobatchilarning kirishi uchun to‘siqlarning mavjud bo‘lishi 


177 
yoki davlat yaratib bergan imtiyozlar natijasida vujudga keladi va faoliyat ko‘r-
satadi.
Tabiiy monopoliyalar ishlab chiqarish ko‘lami hisobiga uzoq muddatli 
o‘rtacha xarajatlarni kamaytirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sohada yangi 
ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi ko‘lam samarasi yo‘qolishi tufayli 
xarajatlarning o‘sib, samaradorlikning pasayishiga olib keladi.
Tabiiy monopoliyalar faoliyatini tegishli davlat organlar tomonidan tartibga 
solishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 

narx yordamida tartibga solish. Bu narxlarni o‘rnatish yoki uning 
chegarasini (quyi va yuqori) belgilash orqali amalga oshiriladi.

Tabiiy monopoliyalar sub‘ekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar 
bilan ta‘minlashning minimal darajasini o‘rnatish.
Tabiiy monopoliyalar faoliyatini narx yordamida tartibga solish turlicha 
variantlarda qo‘llanilishi mumkin.

Qayd qilingan narxlarni 
darajada o‘rnatish. Bunda 
ga teng bo‘lgan 
barcha talabni qondirish uchun, davlat ishlab chiqaruvchilarga miqdorda dotatsiya 
berishi zarur bo‘ladi.

Qayd qilingan narxlar 
darajada o‘rnatilsa, tabiiy monopoliyalar 
mahsulotiga talab to‘liq qondiriladi. Bu holda dotatsiya talab qilinmaydi, biroq 
mahsulot chiqarishning tarkibiy samaradorligiga erishilmaydi, monopolist ―juda 
kam‖ mahsulot ishlab chiqaradi, xarajatlarni kamaytirishga rag‘bat bo‘lmaydi, 
chunki xarajatlarning kamaytirilishi davlat narxlarining pasaytirilishi bilan birga 
borishi mumkin.  


178 


Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling