Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
4. Monopol faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari
Monopol faoliyatni tartibga solish – bu davlatning ishlab chiqaruvchilarning bozorni monopollashtirish imkoniyatini cheklash maqsadida amalga oshiradigan qonunchilik, ma‘muriy va iqtisodiy tavsifdagi chora-tadbirlaridir. Antimonopol qonunchilik asosida maxsus antimonopol muassasa (qo‘mita) tashkil qilinib u davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatini amalga oshiradi. Uning asosiy vazifalariga quyidagilardan iborat: bozor tuzilishini joriy tahlil qilish; monopollashuv omillarini aniqlash; antimonopol qonunchilikni amalga oshirish; sohaga tegishli qonun va hukumat qarorlarini ekspertizadan o‘tkazish; monopolist korxonalarga sanktsiyalar qo‘llash; monopoliyalarni bo‘lish va qayta tashkil qilish bo‘yicha takliflar berish. Ma‘muriy chora-tadbirlar dekartel va detrest tavsifiga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, Germaniya va Yaponiya iqtisodiyotida ikkinchi jahon urushidan keyin ana shunday tadbirlar qo‘llanilgan. Iqtisodiy tadbirlar odatda monopol ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga narx o‘sishini cheklashga qaratiladi va tegishli narx siyosatini taqozo etadi. Narx siyosati ijtimoiy xizmatlardan tashqari tovarlarning ko‘pchilik guruhiga narxlarni erkinlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu siyosatning asosiy maqsadi milliy bozorga chet ellik ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishini yo‘l qo‘yiladigan darajada nazorat qilish asosida raqobatni rag‘batlantirish, mavjud monopoliyalarga qarshi turuvchi raqobatchi korxonalarni moliyaviy, soliq va kreditli vositalar orqali rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash uchun shart-sharoit yaratishdir. 181 Davlatning monopoliyalarga qarshi amalga oshiradigan iqtisodiy chora- tadbirlarini quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin: 1. Monopol mahsulotning o‘rnini bosuvchilarini ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirish; 2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; 3. Xorijiy investittsiyalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalar va erkin savdo zonalari tashkil qilish; 4. Taqchil tovarlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha tadbirlarni davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish. Davlatning monopoliyalar faoliyatini tartibga solish usullari quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga qaratiladi. bozorning monopollashuvini cheklash; doimiy davlat monitoringini amalga oshirish; monopol narxlar o‘rnatilishini taqiqlash; raqobatni saqlash va qo‘llab-quvvatlash ya‘ni raqobatchi kompaniyalar qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Raqobat zamonaviy shakllarda amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash. Hozirgi davrda: ―iqtisodiy tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish‖ 37 davlat antimonopol siyosatining negizini tashkil qiladi. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling