Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. Davlatning qayd qilingan narxlarni o’rnatish orqali tabiiy


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

 
11.1-chizma. Davlatning qayd qilingan narxlarni o’rnatish orqali tabiiy 
monopoliya faoliyatini tartibga solishi. 

Qayd qilingan narxlarni o‘rnatmaslik. Bunda davlat auktsion o‘tkazib, 
mahsulotning mazkur turini ishlab chiqarish huquqini byudjetga qayd qilingan 
to‘lovning maksimal summasini tushirish majburiyatini olgan korxonalarga beradi. 
Bunda davlat narxlar va mahsulot chiqarish hajmini to‘g‘ridan –to‘g‘ri tartibga 
solmaydi. Korxona monopolist sifatida faoliyat yuritadi, mahsulotiga narxni 
darajada o‘rnatilib, ishlab chiqarishning 
hajmini tanlaydi.
Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim sohalarda ham 
qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi. Masalan, kamyob yer osti 
boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning alohida navlarini etishtirishda takror 
ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslar, jumladan alohida unumdor yer 
uchastkalarga egalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta‘minlaydi. 
Davlat tabiiy monopoliyalarni tartibga solish maqsadida ularning 
mahsulot(xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan 
tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi. 
Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini qo‘llashidan 
maqsad quyidagilardan iborat:
- tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bo‘lgan monopol holatini 
suiiste‘mol qilishini oldini olish;
- iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish;


179 
- jamiyat manfaatlari yo‘lida monopol tarmoq ishlab chiqarishining 
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan 
nazorat qilishning bir qator usullari qo‘llaniladi. Ularning huquqiy asosi va tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonun (9-
moddasi)da belgilangan bo‘lib, «tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan 
davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi».
O‘zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ 
bu – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni 
qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hisoblanadi. 
Monopoliyaga qarshi davlat organlari tabiiy monopoliyalarning quyidagi 
faoliyatlari ustidan nazorat qiladi:
1) tabiiy monopoliya sub‘ekti asosiy vositalarga nisbatan mulk huquqini 
yoki foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy 
vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub‘ekti o‘z kapitali qiymatining 
10 foizdan ortiq bo‘lsa);
2) tabiiy monopoliya sub‘ekti asosiy vositalarning bir qismiga nisbatan mulk 
huquqini yoxud ularga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini xo‘jalik 
yurituvchi boshqa sub‘ektga o‘tkazadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy 
vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya sub‘ekti o‘z kapitali qiymatining 
10 foizdan ortiq bo‘lsa); 
3) iste‘molchilarga etkazib beriladigan tovarlar hajmi bo‘yicha 
shartnomalarga rioya etilishi ustidan; 
4) tovarlar narxini belgilash hamda narxlar (tariflar)ni qo‘llash tartibiga 
rioya etish ustidan; 
5) tabiiy monopoliya sub‘ektlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va 
tugatilishi ustidan. 
Nazoratning boshqa bir xil usuli – bu tabiiy monopoliya sub‘ektlarining 
qiladigan ayrim xatti-harakatlari uchun tegishli ruxsat berish yo‘li bilan amalga 
oshirilib turiladi.


180 
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub‘ektlariga nisbatan 
o‘rnatilgan bunday nazorat usullari jahon amaliyotiga mos keladi va ular tabiiy 
monopoliya sub‘ektlarining o‘z ustun mavqeini suiiste‘mol qilishlarining 
belgilangan narxlarning asossiz oshirilishining oldini olishga, iste‘molchi 
manfaatlariga mos ravishda sifatli xizmat qilishga, tovar bozorlaridagi ularning 
ustun mavqeni qattiq nazorat qilib turishga qaratilgan. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling