Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
Download 6.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtbay ish haqi
- Muhokama uchun savollar
- XIII BOB. ISTE’MOLCHI HULQI NAZARIYASI: NAFLILIK VA UNI MAKSIMALLASHTIRISH QOIDASI 1. Naflilik, yalpi naflilik va keyingi naflilik tushunchalari.
Tayanch tushunchalar
Ish haqi – ishlab chiqaruvchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi. 192 Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib to‘lanadi. Ishbay ish haqi – ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi hajmiga qarab to‘lanadi. Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi summasi. Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati. Muhokama uchun savollar 1. Yaratilgan milliy mahsulotning qanday qismi ish haqi shaklini oladi? 2. Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o‘z qarashingizni bildiring. 3. Real ish haqi darajasi qanday omillar ta‘siri ostida o‘zgaradi? 4. Nima uchun ish haqining umumiy darajasi har xil mamlakatlarda turlicha? 5. Tarif tizimi o‘z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering. 6. Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz? Mehnat munosabatlari kimlar tomonidan tartibga solinadi? 7. Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning qanday usullaridan foydalanadilar? 193 XIII BOB. ISTE’MOLCHI HULQI NAZARIYASI: NAFLILIK VA UNI MAKSIMALLASHTIRISH QOIDASI 1. Naflilik, yalpi naflilik va keyingi naflilik tushunchalari. 2. Iste’molchi byudjeti. 3. Iste’molchi tanlovi nazariyasi. 1. Naflilik, yalpi naflilik va so’nggiqo’shilgan naflilik tushunchalari Bozor vaziyatining o‘zgarishini iste‘molchi nuqtai nazaridan qarab chiqilsa aynan olingan tovarga talab qanday shakllanadi, uning xulqi nimadan iborat, is- te‘molchi tanlovi qanday tartibda amalga oshiriladi kabi savollarga mantiqiy javob topish mumkin bo‘ladi. Iste‘molchi hulqi bu ularning turli xil tovar va xizmatlarga talabning shakllanish jarayonidir. Iste‘molchi hulqi quyidagi mantiq asosiga quriladi: 1. Iste‘molchi imkoniyati cheklangan sharoitda harakat qiladi, shu sababli uning qarori tovarlarning mavjud muqobil variantlaridan birini tanlashga qaratiladi. 2. Iste‘molchi maqsadi – tovarlarni iste‘mol qilish natijasida maksimal qoniqish olishdir. 3. Iste‘molchi hulqi oqilona, ya‘ni u barcha cheklanishlarni baxolaydi va o‘z maqsadiga etishishning eng yaxshi variantini tanlaydi. Iste‘molchi xulqini miqdoriy aniqlashda keyingi naflilik nazariyasi va farqsizlik egri chizig‘i usuli yordamida amalga oshiriladi. Naflilik – sub‘ektiv qoniqish ya‘ni tovar (xizmat) ni iste‘mol qilishdan ko‘riladigan naf. ―Umumiy tarzda naflilik tovarning inson extiyojini qondira olish qobiliyati deb ta‘riflashimiz mumkin‖ 38 . 38 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 360 бет. 194 Agar naflilikka iste‘molchi nuqtai nazari bilan qaralsa, u iste‘molchining biron-bir ne‘matni iste‘mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste‘- molchining tomonidan o‘zi uchun turli tovarlar naflilik darajasining baholanishi iste‘molchining afzal ko‘rishi deyiladi. 39 Naflilik funktsiyasi ma‘lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslash orqali ro‘yobga chiqadi. Naflilikni mutlaq ko‘rsatkichlarda aniqlash qiyin. Faqat iste‘molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini miqdoriy baholash mumkin emas. Naflilik funktsiyasi iste‘mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)-dan olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi: XY Y X U ) , ( ―Naflilik‖ atamasini ilmiy sohaga birinchi bo‘lib ingliz filosofi I.Bentam (1748-1832) kiritgan. Naflilik va narx o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilk bor ingliz iqtisodchi olimi U.Djevons (1835-1882) ko‘rsatib, keyingi naflilik kontseptsiyasini ilgari suradi va aynan u bozor narxida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini isbotlaydi. Naflilikni miqdoriy aniqlash ancha qiyin, chunki u sub‘ektiv tushuncha. Ayni vaqtda iqtisodiyot nazariyasida naflilikni aniqlashda ikkita yondashuv qaror topgan. 1. Kardinalistik yondashuvda naflilik miqdorini mutloq aniq hisoblash talab qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi ―yutil‖ (inglizcha – utility – naflilik) dan foydalaniladi. 2. Ordinalistik yondashuvda qator tovarlarni afzal ko‘rish tartibi bo‘yicha joylashtirishda naflilikning ma‘lum ketma-ketligiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda iste‘molchi tovarning bir-biriga qiyosan muhimlilik darajasi bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin. Masalan, birinchi tovar ikkinchisiga, ikkinchisi uchunchisiga nisbatan afzal ko‘riladi va h.k. 39 Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 362 бет. 195 Iste‘molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi naflilik muhim. Download 6.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling