Makroiqtisodiyotga kirish moliya fakulteti


Download 90.4 Kb.
Sana23.04.2020
Hajmi90.4 Kb.
#101045
Bog'liq
MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH

MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH

Moliya fakulteti

II-bosqich

SM-64-2-guruh talabasi

Ziyayeva Gulnoza

Toshkent-2020 yil

REJA:

1. “Makroiqtisodiyot” kursining predmeti va ob’ekti, uning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

2. Makroiqtisodiy tahlilning usullari va tamoyillari

3. Resurslar, tovarlar (va xizmatlar), daromadlarning makroiqtisodiy doiraviy aylanishi

Makroiqtisodiyot (inglizcha Macroeconomics) zamonaviy iqtisodiy nazariyaning bo’limi bo’lib, uning doirasida

Makroiqtisodiyot (inglizcha Macroeconomics) zamonaviy iqtisodiy nazariyaning bo’limi bo’lib, uning doirasida

  • -iqtisodiy o’sish,
  • -ishchan faollikning tebranishlari,
  • -inflyatsiya va ishsizlik,
  • -makroiqtisodiy siyosat
  • masalalari o’rganiladi.

Makroiqtisodiyot

bu iqtisodiyotdagi umumiy hatti-harakatlarni yoki uning yirik jamlanmalarini (agregatlarini) o’rganuvchi fandir, bunda iqtisodiyot murakkab yirik yagona pog’onaviy tashkil etilgan tizim sifatida, iqtisodiy jarayonlar va voqeliklar hamda ularning ko’rsatkichlarining yig’indisi sifatida qaraladi.


Birinchi bor «makroiqtisodiyot» atamasini taniqli norveg olimi iqtisodchi matematik, ekonometrikaning asoschilaridan biri, Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan Ragnar Frish (Ragnar Frisch) o’zining 1933 yildagi maqolasida qo’llagan.



Biroq mazmunan zamonaviy makroiqtisodiy nazariya Kembridj maktabi vakili taniqli ingliz iqtisodchisi lord Djon Meynard Keyns (John Maynard Keynes)ning fundamental mehnatlaridan boshlangan.

Makroiqtisodiyot iqtisodiyotni bir butun yaxlitlikda o’rganadi, butun iqtisodiyot uchun umumiy bo’lgan muammolarni tadqiq qiladi hamda

Makroiqtisodiyot iqtisodiyotni bir butun yaxlitlikda o’rganadi, butun iqtisodiyot uchun umumiy bo’lgan muammolarni tadqiq qiladi hamda

  • yalpi ichki mahsulot,
  • milliy daromad,
  • yalpi talab,
  • yalpi taklif,
  • yalpi iste’mol,
  • investitsiyalar,
  • umumiy narx darjasi,
  • ishsizlik darajasi,
  • davlat qarzi
  • va boshqa shu kabi yalpi miqdorlar bilan bog’liq maslalarni inobatga oladi.

Makroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy muammolar bo’lib:

Makroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy muammolar bo’lib:

  • iqtisodiy o’sish va uning sur’atlari;
  • iqtisodiy davr va uning sabablari;
  • bandlik darajasi va ishsizlik muammolari;
  • umumiy narx darajasi va inflyatsiya muammolari;
  • foiz stavkasi darajasi va pul muomalasi muammolari;
  • davlat byudjeti holati, byudjet taqchilligini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzi muammosi;
  • to’lov balansi holati va valyuta kursi muammolari;
  • makroiqtisodiy siyosat muammolari
  • hisoblanadi.

Makroiqtisodiyotni o’rganishning muhimligi:

Makroiqtisodiyotni o’rganishning muhimligi:

  • u makroiqtisodiy voqeliklar va jarayonlarni oddiy ravishda izohlabgina qolmay, shu bilan birga ular o’rtasidagi qonuniyatlarni va bog’liqliklarni aniqlaydi, iqtisodiyotdagi sabab-oqibat aloqalarini tadqiq qiladi;
  • makroiqtisodiy bog’liqliklar va aloqalarni bilish iqtisodiyotdagi mavjud vaziyatni baholashga imkon beradi va uni yaxshilash uchun nima qilish va birinchi navbatda siyosat vakillar qanday chora ko’rishlari kerakligini ko’rsatadi, ya’ni iqtisodiy siyosatni tamoyillarini ishlab chiqishga imkon beradi;
  • makroiqtisodiyotni bilish kelajakda jarayonlar qanday rivojlanishini oldindan ko’rish, ya’ni prognozlar tuzish, kelgusidagi iqtisodiy muammolarni oldindan ko’rishga imkoniyat beradi.

Expost makroiqtisodiy tahlil yoki milliy hisobchilik, ya’ni statistik ma’lumotlar tahlili bo’lib, iqtisodiy faoliyat natijalarini baholash, muammolar va salbiy voqeliklarni aniqlash, ularni hal etish hamda engib o’tish bo’yicha iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, turli mamlaktalar iqtisodiy imkoniyatlarni qiyosiy tahlilini o’tkazishga imkon beradi.

  • Expost makroiqtisodiy tahlil yoki milliy hisobchilik, ya’ni statistik ma’lumotlar tahlili bo’lib, iqtisodiy faoliyat natijalarini baholash, muammolar va salbiy voqeliklarni aniqlash, ularni hal etish hamda engib o’tish bo’yicha iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, turli mamlaktalar iqtisodiy imkoniyatlarni qiyosiy tahlilini o’tkazishga imkon beradi.
  • Exante makroiqtisodiy tahlil, ya’ni muayyan nazariy kontseptsiyalar asosida iqtisodiy jarayonlar va voqeliklarni prognozli modellashtirish bo’lib, iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash hamda iqtisodiy voqeliklar va o’zgaruvchilar o’rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini ochib berish imkonini beradi. Bu makroiqtisodiyotni fan sifatida namoyon bo’lishidir.

Makroiqtisodiy tahlilning ikki xil ko’rinishi farqlanadi: expost va exante makroiqtisodiy tahlili.

Makroiqtisodiyot o’z tahlilida mikroiqtisodiyot qanday usullar va tamoyillarni qo’llasa shulardan foydalanadi. Iqtisodiy tahlilning shunday umumiy usullari va tamoyillariga


  • abstraktlashtirish (iqtisodiy jarayonlar va voqeliklarni tadqiq qilish va tushuntirish uchun modellardan foydalanish);
  • deduktsiya va induktsiya usullarini muvofiqlashtirish;
  • normativ va pozitiv tahlilni muvofiqlashtirish;
  • ispolzovanie printsipa «boshqa teng sharoitlarda» tamoyilidan foydalanish,
  • iqtisodiy agentlarning oqilona hulq-atvori haqidagi farazlar

  • va boshqalar taalluqli.

Makroiqtisodiy tahlil umumlashtirishni talab etadi.

Iqtisodiy agentlar hulq-atvorining eng o’ziga xos belgilarini aniqlashga asoslangan umumlashtirish, 4 makroiqtisodiy agentlarni ajratib ko’rsatish imkoniyatini ta’minlaydi:


  • uy xo’jaliklari,
  • firmalar,
  • davlat,
  • xorijiy soha.

  • Bozorlarni umumlashtirish 4 makroiqtisodiy bozorni ajratish imkonini beradi:
  • tovar va xizmatlar bozori (haqiqiy bozor),
  • moliya bozori (moliyaviy aktivlar bozori),
  • iqtisodiy resuslar bozori,
  • valyuta bozori.

Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot 2 sektorga bo’linadi:

  • uy xo’jaliklari
  • firmalar.
  • Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar.

    Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.

Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi:

Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi:

  • ishlab chiqarish resurslari bozori
  • iste’mol ne’matlari bozori.
  • Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.


Pul daromadlari (ish haqi, renta, foiz, foyda)

Resurslar bozori

Uy xo’jaliklari

Firmalar


Tovarlar va xizmatlar bozori

Resurslarga xarajatlar

Daromadlar

Istemol xarajatlari

Resurslar

Yer, mehnat va kapital

Tovarlar va xizmatlar

Tovarlar va xizmatlar



1 chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoiti “resurslar - mahsulotlar”

va “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy aylanishi modeli.

Resurslar bozori

Uy xo’jaligi

Кorxonalar

Tavar va xizmatlar bozori

Davlat


1

2

3



4

5

6



7

8

10



11

12

13



14

15

16



1-Yer, mehnat, kapital.

9-Iste’mol xarajatlari.

2-Resurslar.

10-Sotishdan tushgan daromad.

3-Tovar va xizmatlar.

11-Resurs xarajatlari.

4-Tovar va xizmatlar.

12-Soliqlar.

5-Resurslar.

13-Soliqlar.

6-Tovar va xizmatlar

14-Xarajatlar.

7-Transfertlar.

15-Xarajatlar.

8-Pul daromadlar (ish haqi, renta, foiz, foyda)

16-Subsidiyalar.

2-chizma. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Download 90.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling