Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


pul shaklida olingan ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish


Download 6.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/304
Sana04.11.2023
Hajmi6.4 Mb.
#1747389
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   304
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018 (2)

pul shaklida olingan ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish 
mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish 
haqi –bu nominal ish haqining «xarid etish layoqati». O‘z-o‘zidan aniqki, real 
ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narhiga 
bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, nominal 
ish haqiga to‘g‘ri va iste‘mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari 
mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: 
н
p
V
V
Р

bu erda, V
p
–real ish haqi; V
n
–nominal ish haqi; 
R–iste‘mol buyumlari va xizmatlarga narx darajasi. 
Nominal ish haqi-ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa 
xodimlarning haqiqiy iste‘moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. 
Mamlakatda ish haqining umumiy darajasini beliglab beruvchi asosiy 
omillar quyidagilar: 
- Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi; 
- Mehnatning asosiy kapital bilan qurollanish darajasi 
- Mehnatning tabiiy resurslar bilan ta‘minlanganligi; 
- Mavjud ishlab chiqarish texnologiyasi; 
- Mehnatning umumiy malakaviy darajasi; 
- Taqsimotning tarkib topgan tizimi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy omillar. 
 
2. 
Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari 
Ishlab chiqarishning texnik va texnologik asoslaridagi, ishchilar mehnatining 
mazmuni va unumdorligidagi ularga bilim berish va kasbga o‘rgatish borasidagi 
o‘zgarishlar natijasida ish haqi shakli va tizimlari ham o‘zgarib boradi. Ish haqini 
tashkil etishda vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi 
xodimning ishlagan vaqtiga qarab to’lanadi. U odatda mehnatning natijalarini 


185 
aniq hisoblab bo‘lmaydigan, balki ular aniq vazifalarni bajargan hollarda (masalan, 
injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu 
kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining 
borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchi mehnatiga bog‘liq bo‘lmagan 
paytlarda (masalan konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi. 

Download 6.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling