Bozor iqtisodiyoti ko’p nuqsonlarga ega, lekin insoniyat undan yaxshirog’ini o’ylab topgan yoki ixtiro qilgan emas


Download 42.76 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi42.76 Kb.
#138560
Bog'liq
4-t.Yuldasheva M


4-mavzu. Moliya bozori va instrumentlari

bozor iqtisodiyoti ko’p nuqsonlarga ega, lekin insoniyat undan yaxshirog’ini o’ylab topgan yoki ixtiro qilgan emas

Uinston Cherchel


Ma’lumki tub iqtosiy islohotlar har doim ham samara bera olmaydi, toki mamlakatda samarali moliya bozori amal qilmasa.

1. Moliya bozori juda keng tushunchadir. Quyida ushbu tushunchaning ta’riflaridan biri berilgan. Hurmatli talabalar “Moliya bozori” tushunchasini quyidagi ta’rifga qo’shimcha sifatida yana qanday tavsiflash mumkin?

2. Xalqaro moliya institutlarining 150 dan ortiq mamlakatlarida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra moliya bozorining 2 modeli mavjud:

1. Anglosakson model.

2. Yevropa kontinental model.



Ushbu modellar mohiyatini yoriting hamda bir biridan farqli jihatlarini aniqlang.

1.Aglosakson modeli – KSSning ingliz-amerika modeli odatda aksiyadorlar qiymati g’oyasi, ya’ni aksiyadorlarning rentabelligini (dividendlar) va kapital o’sishini (aksiyalar narxi) maksimal darajaga ko’tarish g’oyasi sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun aksiyadorlarning manfaatlari boshqa manfaatdor tomonlar hisobidan ustuvor hisoblanadi.Aslida korporatsiyaning ingliz-amerika konsepsiyasi xususiy korxonalardan biridir.

2. Yevropa continental modeli – asosan asosiy biznesni ijtimoiy mas’uliyatli tarzda boshqarishga qaratilgan. Aksiyadorlar boshqalar qatori manfaatdor tomonlarning bir okrugi sifatida ko’riladi va natijada aksiyadorlarning qiymati korporatsiyaning asosiy maqsadi sifatida ko’rilmaydi. Aynan shu jihati bilan bu model anglosakson modelidan farq qiladi.

3. Moliya bozori quyidagilardan tarkib topadi:





Moliya bozorini tashkil etuvchilarni har birini tavsiflang, ya’ni yuqoridagi chizmada ifodalangan har bir bozorning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini yoritib bering.

Valyuta bozori – talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doira. Shuningdek valyuta bozori valyuta xatarini sug’urtalash, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash, valyuta sarflari bilan bog’liq turli tadbirlarni ham qamraydi.Xo’jalik hayotining baynalminallshuvi natijasida yirik xalqaro valyuta bozorlari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya,Shveytsariya, Yaponiya, Singapur va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Valyuta bozorida muomalalar valyutani naqd yetkazib berish bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagikurs bo’yicha ma’lum muddatda yetkazib berish shaklida amalga oshiriladi.

Qimmatli qog’ozlar bozori – bu tartibga solinadigan va nafaqat fond bozorida, balki birjadan tashqari qimmatli qog’ozlar bilan ham savdo qilish imkoniyatini beradigan tarkibiy qism.Shuning uchun ham “fond bozori” va “qimmati qog’ozlar bozori” tushunchalari katta sinonimdir.

Investitsiya bozori – investitsiyalarni tashkil etish va ularni ya’ni takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablag’larini to’plash hamda taqsimlash amalga oshiriladigan doiradir.

Sug’urta bozori – bu moliyaviy bozorning bir qismi, sug’urta mahsulotlari sotiladigan va sotib olinadigan joy. Sug’urta bozorining moliya tizimidagi tutgan o’rni 2 holatga bog’liq. Bir tomondan, sug’urta himoyasiga obyektiv ehtiyoj bo’lib, bu iqtisodiy sohaning – sug’urta bozorining paydo bo’lishiga olib keladi.Boshqa tomondan sug’urta qoplamasini ta’minlash uchun sug’urta fondini tashkil etishning pul shakli ushbu bozorni umumiy moliya bozori bilan bog’laydi.

Ssuda – moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to’lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik. Ssuda kapitali bozori turli kredit muassasalari hamda fond bozorlari orqali faoliyat ko’rsatadi.

Pul bozori – moliyaviy bozorning tarkibiy qismi bo’lib, unda pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar harakati ularga bo’lgan talab va taklif ta’sirida uyg’unlashtiriladi.

Pul bozori turlari:

Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozori

Kredit resurslari bozori

Banklararo depozitlar bozori

4. Qimmatli qog’ozlar tarikibiga quyidagilar kiradi:


  • aksiyalar;

  • obligatsiyalar;

  • g’azna majburiyatlari;

  • depozit sertifikatlari;

  • qimmatli qog’ozlarning hosilalari;

  • veksellar.

Ushbu qimmatli qog’ozlarni har birini tavsiflang.

Aksiyalar - bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining ma’lum hissasini qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qog’ozdir.

Obligatsiyalar – (lot.obligatio - majburiyat) – qiymatiga nisbatan egasiga (qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qog’oz, qarzni qaytarib berish va foiz to’lashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiyalar aholi, korxona va tashkilotlar qo’lidagi pul mablag’larini to’plab, biror maqsad yo’lida safarbar etish uchun chiqariladi.

G’azna majburiyatlari – taqdim etiladigan qimmatli qog’ozlar bo’lib, ularning egalari budjetga pul mablag’lari o’tkazganini va egalik qilish muddati davomida aniq belgilangan daromad ko’rsatuvchi egalik qiladigan davlat qimmatli qog’ozlaridir.



Depozit sertifikati – bankka qo’yilgan omonat summasini va omonatchining omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz

Qimmatli qog’oz hosilalari – o’z egalarining boshqa qimmatli qog’ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qog’ozlarga doir fyucherslar, depozitar tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog’ozlar

Veksel – veksel beruvchining yoxud vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to’lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz

5. Jadvalni to’ldiring



Ulushga (ma’lum bir mulkga) egalik qilish huquqini beruvchi qimmatli qog’ozlar

Qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar

Qo’yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi

Pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi

Mablag’lar kapital sifatida ishga solinib foyda keltiradi

Olingan pul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi





































Download 42.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling