Moliya bozori va moliyaviy texnalogiyalar fanidan smm-53 guruh
Download 9.28 Kb.
|
moliya bozori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fond birjalari
- Dunyodagi yetakchi fond birjalariga NYSE, NASDAQ, LSE va boshqalar kiradi.
MOLIYA BOZORI va MOLIYAVIY TEXNALOGIYALAR FANIDANSMM-53 guruhBajardi: Yangibayeva SarvinozTekshirdi: Batirov AzamatFond birjalari Reja:
Fond birjalariFond birjasi - qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldisotdi qilinadigan birja; pul kapitali harakatiga xizmat koʻrsatadigan moliya bozorining dastaklaridan biri. Bozor infratuzilmasining muhim boʻgʻini, qimmatli qogʻozlar (davlat obligatsiyalari, korxonalar aksiya va obligatsiyalari, bank kredit biletlari, tijorat veksellari), valyuta oldisotdisi boʻyicha muntazam va tashkiliy faoliyat koʻrsatadi.Fond birjasining asosiy vazifalari: boʻsh turgan pul va qimmatli qogʻozlarni sotishni tashkil etish orqali jamgʻarilgan pul kapitalini safarbar etish va toʻplash; xususiy xoʻjalik subʼyektlari va davlat investitsiyalarini ularning qimmatli qogʻozlari xaridini tashkil etish yoʻli bilan moliyalashtirish; qimmatli qogʻozlarning yuqori darajadagi likvidligini, yaʼni qimmatli qogʻoz egalari uchun yoʻqotishlarsiz tezda pul mablagʻlariga aylanishini taʼminlash. Huquqiy maqomiga koʻra, jahon amaliyotida doimiy davlat nazoratida faoliyat koʻrsatadigan yalpi huquqiy, aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi hususiy va davlat kapitali ishtirokidagi aralash Fond birjasi turlari bor.Dunyodagi yetakchi fond birjalariga NYSE, NASDAQ, LSE va boshqalar kiradi.Fond birjasi XVI-asrda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida paydo boʻlgan. Jahonda 150 dan ortiq yirik Fond birjasi bor (2003). Oʻzbekistonda birinchi fond birjalari 1991-yildan boshlab tashkil etila boshladi, lekin ularning ko'pi keyinchalik yopildi.Muhim faktlar: Amsterdam fond birjasi dunyodagi eng ko‘hna birja sanaladi. Birja 1602 yilda tashkil topgan bo‘lib, shu yili tarixdagi ilk aksiyadorlik kompaniyasi – Gollandiyaning Ost-Ind kompaniyasi tashkil etilgan.«Toshkent» Respublika fond birjasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yagona fond birja. U 1994 yil 8 aprelda tashkil etilgan. Hozirda u yerda 99 ta kompaniya o‘z aksiyalari va 4 ta emitent (aksiya chiqaradigan kompaniya) o‘z obligatsiyalari bilan savdo qiladi. Ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar birjalarga joylashtiriladi, u yerdan ularni jismoniy va yuridik shaxslar - investorlar xarid qilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi – qimmatli qog‘ozlarni saqlash, yuritish, harakatini hisobga olish yagona tizimini ta'minlaydigan hamda boshqa turdosh xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot. (Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1999 yi 21 maydagi 263-sonli “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, majburiy litsenziyalashsiz amalga oshiradi).Download 9.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling