Bozor iqtisodiyoti modellari Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni va yo’llari. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va tamoyillari


Download 26.69 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi26.69 Kb.
#1623624
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIY TUSHUNCHA VA ATAMALARI




BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIY TUSHUNCHA VA ATAMALARI


REJA:

  1. Bozor iqtisodiyoti modellari

  2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni va yo’llari.

  3. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va tamoyillari

  4. Bozor iqtisodiyotining tushuncha va atamalari

  5. Xulosa


Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari m.ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud.
Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modedda mulkiy xilmaxillik mavjud boʻladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayrehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qoʻllanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos boʻlsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud.
Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning toʻkin boʻlishini taʼminlaydi. Iqtisodiyoti bu modelga tayangan mamlakatda bozor xoʻjaligi tabiiytarixiy rivoj topadi, ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqdanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari taʼsirida tartiblanadi va toʻla erkinlashgan boʻladi. Mazkur model "iqtisodiy tartib" modeli hisoblanadi. Bozordagi faoliyat tartibqoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy xekami sifatida faoliyat koʻrsatadi, lekin oʻzi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan koʻra xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning oʻzi belgilaydi. Har bir iqgisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, ilgʻor texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Asosiy eʼtibor korporativguruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporatsiyalar orqali boshqariladi. Korporatsiyalar aksiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport, qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning baʼzilari hatto transmilliy korporatsiyalar darajasigacha oʻsib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporatsiyalar ishlab chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham koʻpayib boradi. Xususiy mulkning korporativ shakli ustuvorlik qiladi. Korporativ iqtisodiyot modelida korporatsiya manfaatlari birinchi oʻringa qoʻyiladi, individual manfaatlarga faqat korporatsiya doirasida erishiladi va shu doirada ilmiy tadqiqot, texnikloyiha ishlari ham olib boriladi. Muammolarning korporatsiya doirasida hal etilishi korporatsiyaga sadoqat, korporativ vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Korporatsiya xodimlar uchun yuksak turmush darajasini kafolatlaydi, xodimlar esa bunga javoban ishlab chiqarish samaradorligining yuqori boʻlishini taʼminlaydilar. Korporatsiya xodimlarning oila aʼzolarini ham ish bilan taʼminlashni, qarilikda yaxshi pensiya va bir yoʻla katta summada mukofotlar berishni zimmasiga oladi. Xodimlar bilan menejerlar oʻrtasida inoqlik boʻladi. Bunday choratadbirlar ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlab, ish tashlash va boshqa noroziliklarga oʻrin qoldirmaydi. Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori xalq xoʻjaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va yetakchi boʻlmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqpanib qoladi. Korporativ modelda ham kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporatsiya izmida boʻladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti modellari korporatsiya doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor boʻlgan mamlakatlarga Yaponiya misol boʻla oladi.
Bozor iqtisodiyoti- bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.  Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko;plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etadi va ko’pgina mamlakatlarda hukumron iqtisodiy tizimga aylandi.Bugungi kunda butun dunyoda fan-texnika rivojlanayotgan bir davrda albatta xorijiy tillarni o`rganishga bo`lgan e`tibor kundan kun ortmoqda. “ O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tartiblari to'g'risida ʼʼ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bunga yaqqol misoldir. Hozirda chet tillarini bilish nafaqat filologlar uchun, balki barcha soha vakillari uchun juda ham zarur bo`lib kelmoqda. Qaysi sohada ish yurituvchi bo`lsangiz ham , albatta , aynan XXI asrda kamida 2-3tacha xorijiy tillarni bilish zamon talabi bo`lib kelmoqda. Hozirgi O’zbekistonda ona tili bilan birga ingliz va rus tillarini bilish mutaxasislik sohasida katta yordam beradi va sohadagi yutuqlarni o’rganishni kengaytiradi. Ayniqsa, ba`zi bir holatlarda ya`ni bir davlat boshqa davlat bilan iqtisodiy shartnoma imzolayotganda yoki turli xil diplomatic munosabatlar, xalqaro aloqalarni o`rnatish paytida xorijiy tillarni biladigan soha vakillariga zarurat tug`iladi. Ma`lumki har qanday jamiyatda iqtisodiyot muhim rol o`ynaydi. Shu sababli iqtisodiyotga tegishli so`z va terminlar aniq, lo`nda va mantiqan asoslangan bo`lmog`i lozim. Fan va texnikaning shiddat bilan rivojlanishi iqtisodiyot sohasiga ham o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmaydi, buning natijasida yana bir qancha iqtisodiyot sohasida yangi neologizmlarni yuzaga kelishiga olib keladi . Umuman baynalmilal iqtisodiy so‘zlarni o‘zbek tiliga qabul qilishda ko‘p jihatlarni e’tiborga olmoq lozim. Iqtisodiy termin o‘zbek tiliga kirib kelayotganda uning quyidagi jihatlariga e’tibor berish kerak bo‘ladi: terminning o‘zbek tilini tovush tizimiga mosligiga; uning o‘zbekcha muqobili bor -yo‘qligiga; kalka yoki tarjima qilish zaruriyatiga; iqtisodiy terminning mazmuniga; uning sodda va ravonligiga; mohiyatiga va o‘ng‘ayligiga. Boshqa tillardan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan iqtisodiy terminlar dastlab mutaxassislar va atamaqo‘m muhokamasidan o‘tmog‘i, so‘ngra Oliy Majlisning tegishli qo‘mitasidan tasdiqlanmog‘i lozim. Ana shundagina bunday iqtisodiy terminlar qonuniy kuchga kiradi va ularni bemalol qo‘llash mumkin. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin bosqichma- bosqich bozor iqtisodiyotiga o`tib bormoqda. Jamiyatda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari joriy qilinmoqda. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi neologizmlar yanada ko`paymoqda. Bularning muayyan qismi ona tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirib berilmoqda, ma’lum qismi esa baynalmilal o‘zlashma sifatida ishlatilmoqda. Iqtisodiyot terminlarining o‘zbek tilida qo‘llanilishida quyidagi holatlarni kuzatish mumkin: 1. Ko‘plab terminlar tilimiz imkoniyatlari asosida o‘zbekchalashtirilgan. Bunda bir guruh terminlar o‘zbek tilidagi tayyor muqobillari bilan berilmoqda, ma’lum qismi esa tarjima qilinib ishlatilmoqda, bir qismi esa o‘zbek tili qonunqoidalari asosida yasalmoqda. Masalan: auktsion-kimoshdi, makler-dallol, kommersant-tijoratchi, komissionnie voznagrajdeniya-vositachilik haqi, ekonomikaiqtisodiyot, chek na pred’yavitelya-oq chek, shaxssiz chek, aktsioner-aktsiyador, biznesmen-bizneschi va hokazolar. 2. Yana bir usul dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida ishlatilib kelinayotgan baynalmilal terminlarning o‘zbek tiliga ham o‘z holicha o‘zlashtirilishidir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlamoq zarurki, yangidan kirib kelayotgan terminlarning hammasiga ham o‘zbekcha muqobilini topish qiyin. Shuning uchun ularning asosiy qismi dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari tillarida bir shaklda o‘z asl holicha ishlatiladi va bu qo‘llanish dunyo bizneschilari axborot almashinuvi uchun qulay. Masalan: korrupsiya, kredit , eksport , grant ,auditor, avizo, valyuta, lizing, menedjer, litsenziya , biznesmen, norezident. Quyida iqtisodiyot sohasida keng ishlatiladigan bir nechta terminlarni keltiramiz. Ularning ba’zilari o’zbekcha so’zlar bo’lsa, ba’zilari esa boshqa tillardan bevosita kirib kelib tilimizda qo’llanilmoqda.
AUKSION - (lat.auction) - "kimoshdi" savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo xizmati mahsulotni eng yuqori narxga ko'targan xaridor sotib oladi.
BANK - yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtiga qarab pul mablag'larini bir davolash yig'uvchi va uzluksiz aylanib turushini ta'minlovchi, korxonalarga va umuman pulga tekshirishga kredit, suda qilingan, tomonlar ishlash to'lovi va boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin vachet el valyutasi bilan bog'liq operatsiyalarni bajaruvchi kredit-moliya muassasi. Bank. pul qo'yuvchilarga ma'lumot foizini to'lash, qarz olganlardan davomiy foiz stavkasini undiradi va ana shu foizlar bo'yicha farq qiladigan bank foydasi mavjud.
BIZNES- (inglizcha business-ish, faoliyat, mashg'ulot ) boylik, foyda orttirishga yo'naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo'jalik yuritish ko'lamiga qarab yirik, o'rta va mayda turlarga bo'linadi. Xodimlarning o'rtacha soni va mahsulot hajmiga qarab ajratiladi.
BIZNESMEN - (inglizcha business-ish, man-odam)- biznes bilan shug'ullanuvchi shaxs, korchalon.
BIRJA - (goll.beurs, nem. Borse-hamyon)- 1) mahsulot, valyuta va qimmatbaho qog'ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma'lumot xizmatlarini amalga oshirishda faol qatnashuvchi tashkilot. Xizmat ko'rsatgani uchun vositachilik yig'imini oladi; 2) birja savdo-sotig'i bo'ladigan joy.
BOJ- (arab.-o'lpon, soliq) - bojxona nazorati ostida davlat tomonidan mamlakat chegarasidan olib o'tiladigan tovarlar, mol-mulk va qimmatbaho qog'ozlardan undiriladigan pul yig'imlari.
BROKER - (ingl.broker)- mahsulot, qimmatbaho qog'ozlar, valyuta sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi rasmiy dallol. O'zi yoki mijozlar nomidan kelishuvlar, shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs.
VALYUTA - ( ital. valuta. lat. valere- qadrlanmoq, qiymat )- mamlakatning pul birligi va uning tipi (oltin, kumush, qog'oz, pul)ga tenglashtirilgan to'lov vositalari.
VEKSEL - (nem.Wechsel, aynan-ayirboshlash)- qarz majburiyatlari xususida yozma holda berilgan maxsus ko'rinishdagi qimmatbaho qog'oz. qarz bergan tomon vekselda ko'rsatilgan muddat tugashi bilan qarzni talab qilish huquqiga ega.
IMPORT - (lat.importo-kiritaman) - 1) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital I.- xorijdan
mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa); 3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati.
INVESTISIYA - (nem.investitlion, lat. investere- kiyintirmoq)- investor tomonidan biror bir faoliyatni amalga oshirish uchun kapital mablag'larni, sarmoyalarni joriy qilish, foyda olish maqsadida sarf qilish. I. mamlakat ichida (ichki investisiya) va xorijiy mamlakatlarda (tashqi investisiya) amalga oshirilishi mumkin. Moliya I.si- qimmatbaho qog'ozlarni xarid qilish, pul mablag'larini jamg'arish va boshqalarni, real moddiy ishlab chiqarishga sarflangan sarmoyalarni o'z ichiga oladi.
IPOTEKA - (yunon.hypotheke-garov)- qarz, kredit olish uchun biror-bir muayyan ko'chmas mulkni (yer, imorat va hokazo) garovga qo'yish.
LISENZIYA - (lat.licentia-erkinlik, huquq)- ruxsatnoma; 1) chet mamlakatlardan mol keltirish yoki chet elga mol chiqarish uchun davlat organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma; 2) biror narsadan yengil shartlar bilan yoki bepul foydalanish huquqi; 3) chegaradan mol chiqarish yoki mol kiritishda boj to'lovlarini kamaytirish. Patentlangan L.- ro'yxatga olinib, guvohnoma berilgan kashfiyotdan foydalanish huquqini boshqalarga berish
. PATENT - (lat. patens-guvohnoma, yorliq)- 1) xususiy tarzda tadbirkorlikning biror bir turi bilan shug'ullanishga ruxsat beruvchi guvohnoma, tegishli hujjatlar asosida moliya organlari tomonidan beriladi; 2) ilmiy kashfiyot va ixtiroga mualliflikni tasdiqlovchi guvohnoma. P. davlat tomonidan patentlashtiriladi.
POLIS - (fr.police, ital, pollissa-tilxat)-shaxsiy yoki mulkiy sug'urta shartnomasi tuzilgani va uning shartlari haqidagi hujjat.
REKLAMA - (fr.reclame)-tovar yoki ko'rsatiladigan xizmat to'g'risidagi xolis axborot, ularni ko'proq sotish maqsadida xaridorlarga ularning xossalari, afzalliklari va sotib olish shartlarini yetkazish. R. maxsus firmalar orqali amalga oshiriladi va yuqori daromad manbai hisoblanadi.
SERTIFIKAT - (fr.certifikat-tasdiqlayman, guvohlik beraman) - bu guvohlik beruvchi hujjatdir. Masalan: auditor sertifikati- e'lon qilingan firma balansining to'g'riligini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urta sertifikati- bu sug'urta shartnomasining shartlari qayd etilgan hujjat. Aksionerlik sertifikati- bu o'z egasining jamiyat (kompaniya) kapitalining bir qismiga egaligini tasdiqlovchi hujjat. Tashqi iqtisodiy aloqalarda tovar sifati guvohnomasi va h.k. Tovarlar va xizmatlarga talab uzluksiz bo'lgani tufayli ulami ishlab chiqarish ham uzluksiz ravishda doimo takrorlanib turadi. Takror ishlab chiqarishning umumiy jarayonini iqtisodiy resurslar, tovar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi ko'rinishida tasawur qilish mumkin. Biroq bu aylanish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha kechadi. Xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tizimida bunday doiraviy aylanish korxona va firmalar bilan uy xo'jaligi o'rtasida amalga oshadi. Uy xo'jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha iqtisodiy resurslarni bozorga yetkazib beradi. Korxona va firmalar bu resurslarni sotib olib, turli xil tovar va xizmatlarga aylantiradilar va ulami bozorga yetkazib beradilar Ko‘rinib turibdiki, resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlaming doiraviy aylanishida faqat ikki tomon: birtomonda korxona va firmalar, ikkinchi tomonda uyxo‘jaligi qatnashadi. Barcha moddiy, mehnat va pul oqimlari harakati davlat tom onidan qat'iy rejalashtirilmaydi, ya’ni korxona va firmalar iqtisodiy resurslami qancha niiqdorda, qaysi baholarda sotib olishni va ishlab chiqargan tovar va xizmatlarni qanday baholarda sotishni o‘zi erkin belgilaydi. Bu, ya’ni erkinlik, bozor iqtisodiyoti tizimining asosiy va eng muhim belgisidir. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi—ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning tasarmf etilish ixtiyoriyligi va mulkdorlarning mustaqillikka egaligidir. Ishlab chiqaruvchi yoki iste'molchi o‘z tovarini yoki pulini o‘zi bilganicha ishlatadi, o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘ziga ma'qul bo‘lgan ish bilan shug‘ullanadi. Xo'jalik yurituvchilar faoliyati birbiridan ajragan bo'ladi. Chunki ular, birinchidan, mustaqil mulk egalaridir, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har xil ish bilan shug'ullanadilar. Bozor iqtisodiyoti tizimida xo'jalik yuritish shakllaridan qaysi birini tanlash, o‘z mol-mulkini qanday ishlatish ham kishilarning o‘z ixtiyoriga bog‘liq. Tadbirkorlik qilish yoki yollanib ishlash, o‘z pulini sanoatga, dehqonchilikka, tijoratga, bank ishiga yoki boshqa yo'nalishga sarflash odamlarning o‘z ixtiyorida bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining muhim va asosiy belgisi iqtisodiy xilmaxillik, ya’ni mulk shakllari va xo‘jalik yuritish usullarining turli-tuman bo'lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Xo'jalik yuritish usullari ham har xil bo'ladi. Masalan, yakka tartibda, jamoaga birikkan holda, sherikchilik yoxud hissadorlik asosida, o‘z mablag'iga yoki qarzga olingan mablag‘ga tayanib xo‘jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar. Bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi tadbirkorlar ko'pchilikdan iborat bo'lib, tarqoq holda foyda-zararni o‘z zimmasiga olib ish yuritadilar. Lekin ularning faoliyati qanchalik tarqoq bo'lmasin, baribir bozor orqali bir-biriga bog‘lanadi. Bozor iqtisodiyoti erkin bo'lganligidan har qanday iqtisodiy monopolizmni, ya’ni korxona, tashkilot yoxud davlatning, umuman, iqtisodiyotda yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishini inkor etadi. Bu ham bozor iqtisodiyotining belgilaridan biridir. Bozor iqtisodiyotining yana birbelgisi narxlarning liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi. Narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste'molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi va kelishuviga asosan yuzaga keladi. Shu tarzda shakllangan narxlar bozor munosabatlarining asosini tashkil qiladi. Narx pul bilan o'lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo'lishi mumkin emas. Pul iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bo'lib, iqtisodiyotda o'ta muhim rol o'ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti va uning iqtisodiy mexanizmida raqobat asosiy o'rin tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining o'zgalamikidan alohidalashgan manfaatini bildiradi. Lekin bu manfaat yo'lida kurash qoidalariga rioya qilish shart hisoblanadi. Manfaatlarni yuzaga chiqarishning birdan-bir yo'li raqobatbardosh va jamiyat uchun zarur bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarishdir. Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali ishlatib, ko'proq va sifatliroq tovar ishlab chiqarishga undaydi. Shuning uchun ham raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi vositadir. Shu bilan birgalikda, u iqtisodiyotni tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi kuch bo'lib ham hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti yoki erkin bozor haqida gapirganda, jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan va iste'mol qilinadigan turli omillarning tashkil etilishi va majmuini nazarda tutamizBular talab va taklifning mashhur qonunlari atrofida aylanadi. Bu asosan davlat har qanday mamlakatning iqtisodiy ishlariga aralashmasligi yoki buni imkon qadar kam darajada bajarmasligi kerak, deb hisoblaydiganlar tomonidan himoya qilingan liberal modeldir. Boshqa tomondan, yo'naltirilgan iqtisodiyot mavjud bo'lib, unda davlat ma'lum ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy loyihalarni amalga oshirish uchun iqtisodiyotni sharoitga keltiradi. Biroq, buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti o'rtasidagi chegaralar qayerda ekanligi to'g'risida kelishuv mavjud emas. Bu ko'proq, "Aralash bozor iqtisodiyoti" atamasi o'rta yo'lni anglatishda ishlatila boshlandi. iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari va uning vazifalari mazmuni va uning asosiy belgilariHozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko'pchilik mamlakatlari uchun xos bo'lib, uturli mamlakatlarda har xil darajada va o'ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda varivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib,shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko'pgina mamlakatlardaxukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilantushuntiriladiki, uzoq davrli iqtisodiy evolutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassikprinsiplari saqlanib qoldi.Oldingi bobda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnattaqsimoti boyur iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo'lishi uchun umumiy sharoiti bo'libhisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo'jalikning tovar shaklini taqozoqiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishi o'z-o'zidan pul muomalasi, ayirboshlash,taqsimlash va iste'molning bozorli xususiyatini ko'zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishningrivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish ayirboshlash va pul muomalasiqonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bundayiqtisodiyot erkin tovar — pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turlishakllardash harakati iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi iqtisodiy nazariyalarda bozoriqtisodiyoti deganda etadi, zamon bozor xo'jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin,mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar pul mexanizmi orqali bir-biriga bog'lanibmuvofiqlashuvi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hammabosqichlarini ishlab chiqish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarini, hamda iqtisodiymunosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o'z mehnatini sotuvchi ishchilarham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi.Odatda, bozor xo'jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo'linadi: uy xo'jaliklari,korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat
MOLIYAVIY AKTİVLAR- yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma'lum bir sanaga to'plangan moliyaviy vositalar majmui (kassadagi naqd pul, cheklar, pul hujjatlari, qimmatli qog'ozlar va boshqalar).
AKTUAR HISOBLARI- sug'urtada qo'llaniladigan matematik va statistik hisob-kitoblar tizimi. Ular aholining umr ko'rish davomiyligi bilan bog'liq uzoq muddatli sug'urta operatsiyalarida sug'urta fondini shakllantirish va sarflash mexanizmini aks ettiradi. A. r. sug'urta hodisasi yuzaga kelish ehtimolini aniqlashga asoslangan
ichida sug'urtalangan shaxsning yoshiga qarab. Tarif stavkalari aktuar hisob-kitoblar asosida aniqlanadi.
AKSEPT - o'rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish bo'yicha majburiyat shakllaridan biri tadbirkorlik sub'ektlari etkazib berilgan mahsulotlar, ko'rsatilgan xizmatlar yoki bajarilgan ishlar uchun xaridorning mahsulot haqini to'lash uchun roziligini olishni nazarda tutadi.
QABUL QILGAN – taklifni qabul qilgan va shu orqali shartnoma tuzishga rozilik bergan shaxs.
AKSIZ - egri soliq turi, asosan iste'mol tovarlari, shuningdek, xizmatlar. A. tovar narxiga yoki xizmatlar tariflariga kiritiladi va davlat byudjetiga oʻtkaziladi.
AKSIYACHI - tuzilgan tijorat tashkilotining a'zosiichida shakl aktsiyadorlik jamiyati ushbu jamiyatning ustav kapitaliga qo'shgan hissasi miqdorini tasdiqlovchi aktsiyalariga kim egalik qiladi. Aksiyadorlarning huquq va majburiyatlari, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek dividendlar olish huquqi aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek jamiyat ustavi bilan belgilanadi.

AKSIADORLIK JAMIYATI- tijorat tashkiloti


ichida ustav kapitali bir xil nominal qiymatga ega bo'lgan ma'lum miqdordagi aktsiyalarga bo'lingan xo'jalik jamiyatining shakli. Aksiyadorlik jamiyatining a'zolari (aktsiyadorlari) jamiyatning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog'liq yo'qotishlar xavfini o'z ulushlari qiymati doirasida o'z zimmalariga oladilar. Aktsiyalarni to'liq to'lamagan aksiyadorlar o'z aktsiyalari qiymatining to'lanmagan qismi doirasida aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo'yicha birgalikda javobgar bo'ladilar.
AKSIYA - aktsiyadorlik jamiyatining ustav kapitaliga qo'shgan hissasini ko'rsatadigan va uning egasining ushbu jamiyatni boshqarishda ishtirok etish, foydaning bir qismini dividendlar shaklida va bir qismini olish huquqini tasdiqlovchi muddatsiz chiqarilgan qimmatli qog'oz. Mulk yoki aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan keyin uning qiymati. A. oddiy (oddiy) va imtiyozli chiqarilishi mumkin.
AVTO BAKISH- o'z egasiga jamiyat tugatilgandan so'ng mulk ulushiga qat'iy belgilangan foiz sifatida dividend olish huquqini beradigan, lekin jamiyatni boshqarishda ovoz berish huquqini bermaydigan qimmatli qog'oz.
ODDIY AKSIYA, oddiy aksiya – egasining jamiyat foydasining bir qismini dividend shaklida olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va aksiyadorlik jamiyati tugatilgan taqdirda unga tegishli bo‘lgan mulkka bo‘lish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz. .

XULOSA


Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining takomillashuvi natijasida xususiy mulkchilikning barcha shakllari rivojlanib, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochilmoqda, natjada chet davlatlar bilan oldi-sotdi ya`ni exportimport ishlari amalga oshirilmoqda bu borada esa chet tilini bilish juda muhim, xususan iqtisodiy neologizmlarni tushunish har birimizga kerak. “Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga jahon andozalari darajasi bilim olgan zakovatli, har tomonlama barkamol, dunyoqarashi keng milliy kadrlarni tayyorlashda chet tilining xizmati katta”. Xulosa qilib aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllari va xo'jalik yuritish usullarining xilma-xilligi, erkin iqtisodiy faoliyat va sog'lom raqobatga asoslangan tizimdir. Bozor iqtisodiyotining o'ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor. Iqtisodiyotdagi resurslar, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni taqsimlash va shunga mos ravishda daromadga ega bo'lib, yuqori farovonlik darajasiga intilish adolat hisoblanadi. Ammo adolat tamoyili hammani birxil qilish emas, balki jamiyatni tabaqalashuvini bildiradi. Iqtisodiy subyektlar o'z mehnatiga, uning samaradorligiga, ishbilarmonligiga va mulkiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shu sababli ularning daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqeyi birxil bo'lmaydi. Tabaqalanish boylarga havas qilib, ularday bo'lishga intilishni hosil qiladi. Bozor iqtisodiyoti shunday iqtisodiy munosabatlar-ki, ular ishlab chiqarish faoliyatini rag'batlantiruvchi kuchni yuzaga keltiradi. Bozor regulatorlari moddiy, mehnat va moliya resurslarini kerakli tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish tomon buradi. U behuda mehnat sarfini tan olmaydi, aksincha, unga yo'l qo'yganlami iqtisodiy jihatdan jazolaydi, ya’ni ular zarar ko'radi. Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan tizimdir. U sharoit o'zgarishiga darhol javob beradi, nima yetishmasa, shuni darhol ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Uning muhim tomonlaridan biri novatsiya (yangilik)ga moyilligidir. U fan-texnika, texnologiya yangiliklarini darhol qabul qiladi. Yangi tovarlami ishlab chiqarishni, yangi texnologiya va boshqarish usullarini joriy etishni ta'minlaydi. Chunki bu raqobatda yutqazmaslik, yaxshi foyda ko'rish boylik va obro'-e'tibor orttirishning sharti bo'lib xizmat qiladi.
Download 26.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling