Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat normalarining ahamiyati va zarurligi r


Download 40.92 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi40.92 Kb.
#1417163
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MEHNAT NORMALARINING AHAMIYATI VA ZARURLIGI


Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat normalarining ahamiyati va zarurligi


reja:
KIRISH

  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat normalarining ahamiyati va zarurligi

  2. Mehnat normalarining qo`llanilish maqsadiga qarab turlarga bo`linishi

  3. Mehnat normalarining qo`llanish sohalariga qarab turlarga bo`linishi

xulosa
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

Kirish
Ijtimoiy mehnat munosabatlarini amalga oshirishda mehnat omillaridan oqilona va samarali foydalanish hozirgi zamon iqtisodiy taraqqiyotining muhim sharti bo‘lib, mehnatni tashkil etish va boshqarish har qanday faoliyatning doimiy ravishda amal qiluvchi omilidir. Har qanday zamon hamda inson faoliyati olib borilayotgan barcha sohalarda texnika va texnologiyalar bilan qurollanish darajasi bilan barobar ravishda yaxshi tashkil etilgan mehnat yuqori natijalarga erishishni ta’minlab kelgan. Har qanday jamiyat taraqqiyoti, qaysi sohada bo‘lishidan qat’iy nazar, yetuk va barkamol mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan siyosat bilan o‘lchanadi hamda unga shu nuqtai nazardan tegishli baho beriladi. Kelajakda yuqori marralarni egallashni oldinga maqsad qilgan O‘zbekiston birinchi navbatda, iqtisodiyoti kundan-kunga yuksalib, xalqaro maydonda munosib va salmoqli o‘rin egallab bormoqda. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashgan holda mamlakatimizning har bir oliy ta’lim muassasasida mehnat munosabatlari sohasida iqtisodchi malakasiga (kasbiga) ega bo‘layotgan har bir bitiruvchi, o‘qish davomida o‘ta yuksak maqsadlarni ko‘zlab, xalq va Vatan manfaatlarini, talablarini o‘ylab, o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlardan
mukammal bilimga ega bo‘lmoqdalar. Iqtisodchilar tayyorlashdagi shunday iqtisodiy fanlardan biri «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fanidir. Bugungi kunda nafaqat ishning o‘zini, balki uning ko‘zini biladigan yetuk mutaxassislar – o‘zlari tanlagan sohaning mohir ustalari bo‘lgan yosh avlodni jahon andozalariga mos ravishda tayyorlash zamon talabidir. «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fani talabalarning mehnatni tashkil etish, mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, ish vaqti sarflari, ularni rejalashtirish, mehnatni normalash usul va uslublari bilan bog‘liq bo‘lgan ham nazariy, ham amaliy bilim saviyalarini yanada oshirishga qaratilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlar sharoitida har bir korxona va tashkilotda xodimlar mehnat faoliyatining eng samarali bo‘lishini ta’minlovchi shart-sharoit yaratish maqsadida mehnatni atroflicha o‘rganish, takomillashtirish va har tomonlama asoslangan mehnat normalarini belgilashning nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqish hamda ish vaqtidan samarali foydalanish asosida mehnat unumdorligini o‘stirish imkoniyatlarini qidirib topish muhim ahamiyatga egaligicha qolmoqda. E’tiboringizga havola qilinayotgan ushbu o‘quv qo‘llanmada «Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fani bilan bog‘liq bo‘lgan qator
amaliy va nazariy masalalarning mohiyati ochib berilgan, fanning predmeti va mazmuni, mehnatni tashkil etish va uning shakllari, taqsimoti, kooperatsiyasi, ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish, rejalashtirish, mehnatning usul va uslublarini takomillashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat intizomi, uni mustahkamlash yo’llari, ishlab chiqarish jarayoni, ish vaqti sarfining turkumlanishi, uni kuzatish uslublari va mehnat normalari kabi ijtimoiy muammolar keng yoritilgan. Ba’zi masalalarni O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanish
davridagi o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda va xorijiy davlatlar iqtisodiyoti bilan taqqoslash orqali bayon etishga harakat qilingan. O‘quv qo‘llanmada bayon qilingan ma’lumotlar talabalarga mehnatni tashkil etish, uni boshqarishning asosiy nazariy qoidalari hamda usul va uslublarini egallashga ko‘maklashadi, bo‘lajak iqtisodchilar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi faoliyatida ulardan ijodiy foydadanishlariga imkon beradi.
«Mehnatni tashkil etish va boshqarish» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlarida iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan bir qatorda, shu soha muammolari bo‘yicha izlanishlar olib borayotgan ilmiy xodimlar va amaliyotchilar hamda professor-o‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Mehnatni to`g`ri tashkil etish va ish unumdorligini oshirishda mehnat normalari alohida ahamiyat kasb etadi. Mehnat normalari yordamida barcha ish turining hajmi aniqlab beriladi.
Asoslangan mehnat normasi yordamida texnologik kartani tuzish uchun talab etiladigan norma, smenalar, mehnatga haq to`lash fondi, biznes reja va mehnat resurslariga bo`lgan talab aniqlab olinadi. Qo`llanilish yo`nalishidan qat’i nazar, norma deganda, ilgaridan belgilanib qo`yilgan o`lchov, me’yor anglashiladi. Mehnat normasi vaqt yoki bajarilgan ish hajmi bilan o`lchanadi, soat, daqiqa, soniya va ish kuni hisobida yoki ish birligi o`lchovida yuritiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida, qishloq xo`jaligida moddiy-texnika bazasining o`sishi hamda mustahkamlanishi, fan-texnika taraqqiyoti mehnat normalari ham o`sib borishini talab etadi.
Mehnat normalari ilmiy asoslangan bo`lishi, ishchining mehnatiga yarasha haq to`lanishini ta’minlaydigan darajada belgilanishi kerak. Agar mehnat normalari ilmiy asoslanmasdan past belgilangan bo`lsa, unda ishchiga bajargan ishi uchun yuqori darajada haq to`lanadi, bu esa ish haqi fondining noto`g`ri sarflanishiga olib keladi. Oqibatda mahsulot yetishtirish uchun qilingan chiqimlar miqdori oshib, mahsulot tannarxi qimmatlashadi, rentabellik pasayadi. Bordiyu mehnat normalari asossiz yuqori darajada belgilansa, unda eng ilg`or ishchining ham mehnat normasini bajara olishiga bo`lgan ishonchi yo`qoladi, barcha ishchilar normani bajarish uchun intilib, shoshma-shosharlik bilan pala-partish ish tutishi natijasida ish sifati yomonlashadi, umumiy mehnat unimdorligi pasayadi.
Shuning uchun qishloq xo`jaligi korxonalarida moddiy-texnika bazasining o`zgarishi, unga mos tarzda mehnat normalarining ham progressiv ravishda o`zgarib borishini talab etiladi.
Agar sut sog`uvchi sigirlarning sut mahsuldorligiga qarab, qo`lda 10-20 bosh sigirni sog`ib ulgursa, sut sog`ish apparatlari yordamida 30-40 bosh sigirni sog`ishga ulguradi. Bordiyu sog`im mexanizatsiya yordamida amalga oshirilsa, unda bitta sut sog`uvchi bir smenada 150-200 bosh sigirni sog`a oladi.
1950-yilga qadar bir qatorli paxta terish mashinalar bilan har smenada 500-1000 kg xomashyo yig`ishtirib olinardi. Ikki va to`ri qatorli mashinalar ishlay boshlagach, bu ko`rsatkichlar 4-8 tonnaga yetkazildi. 1995-yildan boshlab «Keys» rusumli paxta terimi mashinasi yordamida har smenada 20-25 tonna paxta xomashyosi terib olinmoqda. Demak, mashinalarning unumiga qarab, mehnat normalari ham tabaqalashgan holda joriy etilishi lozim.
«Texnik normalash» termini quyidagi masalalarni qamrab oladi:
- normalashtirish zarur bo`lgan har bir mehnat jarayonining tabiiy hamda tashkiliy-texnikaviy sharoitlarini sinchiklab o`rganib chiqish;
- ishchining ish vaqtidan foydalanish darajasini o`rganib chiqish;
- mehnatni normalashtirishni oqilona tashkil etish loyixasini tuzish;
- mehnat vositasi, vaqt hamda moddiy sarflarni ilmiy asoslagan narmativlarini ishlab chiqish;
- haq to`lashni to`g`ri tashkil etishning ahamiyatini ko`zda tutib, mehnat haqi fondlarini to`g`ri sarflash ustidan nazorat olib borish;
- ilg`or ishchilarning ish uslubi keng yoyilishini yanada takomilashtirishga yordam berish.
Qishloq xo`jaligi korxonalarida ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab, mehnat normalarining quyidagi turlari qo`llaniladi:
- ishlab chiqarish normasi (norma virabotki);
- vaqt normasi;
- chorva mollariga xizmat qilish normasi.

Download 40.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling