Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat normalarining ahamiyati va zarurligi r


Download 40.92 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi40.92 Kb.
#1417163
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MEHNAT NORMALARINING AHAMIYATI VA ZARURLIGI

Ishlab chiqarish normasi ma’lum vaqt davomida (smena, soat, daqiqada) yetishtirilgan yoki ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ish hajmini ifodalaydi. U tonna, km, sentner, gektar kabi birliklarda o`lchanadi.
Vaqt normasi yetishtiriladigan mahsulot yoki bajariladigan ish birligi uchun sarflanadigan vaqt miqdorini bildiradi. U soat, daqiqa va soniyalar bilan o`lchanadi.
Chorva mollariga xizmat qilish yoki har bir chorvador xodimga necha bosh mol biriktirish normasi deganda, mollarning zotiga, mahsuldorligiga, chorvachilik fermalarining sharoitlariga qarab mol boquvchilarga necha bosh mol biriktirish lozimligini ko`rsatuvchi me’yor tushuniladi. Norma sharoitga va ish nima yordamida (qo`lda, mexanizmlarda…) bajarilishiga ko`ra o`zgaradi.
Mehnat normasi asosan bir smenada bajariladigan ish turiga mo`ljalangan bo`lib, shu davrda bajariladigan ishlarning har xil bo`lishiga ko`ra, kubometr, pogon/metr, ga, km, tonna birligida ifodalanishi mumkin.
Mehnat normativlari deganda esa, alohida amal(operatsiya)larni bajarish uchun belgilanadigan norma birligi tushuniladi.
Masalan, agar ekish jarayoni uchun smena normasi bitta ekish agregati bir smena davomida necha gektar erga urug` ekish imkoniyatiga ega ekanligini bildirsa, ekish jarayonida ayrim amal(operatsiya)larni bajarish uchun sarf etiladigan o`lchovi normativ deb ataladi.
Mehnat normalarining vazifalari quyidagilardan iborat:
- xo`jaligining tabiiy-iqtisodiy sharoitini o`rganib chiqish;
- mehnat unumdorligini oshirishga hamkorlik qilish;
- haq to`lash fondini belgilashga imkoniyat tug`dirish.
- mehnat normalari quyidagi tamoyil va usullar asosida joriy etiladi:
- normalarning ilmiy asoslanganlik tamoyili;
- mehnat predmeti, mehnat vositasini dialektiv birgalikda ko`rish.
Mehnat normalari usullari:
- jamlash usuli;
- texnik normalash usuli.
Mehnatni normalash murakkab jarayon ekanligi sababli normalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun ma’lum bilim va ma’lumotlarga ega bo`lish talab etiladi. Mehnatni normalash ishlarini uyushtirishda juda ko`p murakkab hamda maxsus asbob-uskunalardan foydalanishga to`g`ri keladi. Har bir mehnat jarayoni chuqur va har tomonlama o`rganilib boriladi.
Qishloq ho`jaligida mehnatni tashkil etish shakllari o`zgarib, shirkat, fermer, dehqon xo`jaliklari vujudga kelgach, ularda joriy etiladigan mehnat normalari avvalgiga nisbatan bir oz o`zgaradi. Chunki, mehnat normasini belgilash uchun jamoa mehnati obyekti hisoblanadi va bunda bir-biri bilan bog`liq bo`lgan ish turlari o`rganib chiqiladi.
Shu tariqa ekishdan avval ekish, ishlov berish, hosilni yig`ib-terib olish ishlari uchun kompleks normalar ishlab chiqiladi.


  1. Download 40.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling