Bozor iqtisodiyoti sharoitida naqd pulsiz hisob kitoblardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillaridan biridir


Download 74.1 Kb.
Sana13.03.2023
Hajmi74.1 Kb.
#1266282
Bog'liq
Pul mablag


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“SUG`URTA” FAKULTETI
“Sug`urta ishi” yo`nalishi SSI-92/21 guruh talabasi
Karlibayev Janabay Kenjebayevichning
Buxg’alteriya hisobi
Qayta o’zlashtirish
Mavzu: Pul mablag’lari hisobi

Toshkent-2023




Pul mablag‘lari hisobi
Pul mablag‘larining korxona iqtisodiyotidagi o‘rni va ularning asosiy vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida naqd pulsiz hisob kitoblardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillaridan biridir. Chunki korxonalar faoliyatining o‘zluksiz davom etishini ta’minlash uchun zarur ishlab chiqarish zaxiralari va mexnat vositalari sotib olish, davlat byudjetidan tashqari fondlar uchun to‘lovlarni amalga oShirish uchun ma’lum miqdorda naqd pulsiz hisob kitoblar talab qilinadi. Shuning uchun ham korxonalar mavjud pul mablag‘larini yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga sarflaShda iqtisodiy jihatdan manfaatli va tejamli bo‘lgan hamda korxonaga o‘z mablag‘laridan ratsional foydalanish imkonini berishni birinchi navbatda hisobga olish zarur.
Ma’lumki, iqtisodiyot rivojlanishining barcha bosqichlarida naqd pulsiz hisob kitoblar alohida ahamiyatga ega bo‘lgan va ularni hisobga olish tartibi o‘sha davrdagi iqtisodiyotning rivojlanishi darajasidan kelib chiqqan. Chunki har qanday bosqichda iqtisodiyotning rivojlanishi u yoki bu modeliga amal qilgan va uning ajralmas qismi sifatida esa buxgalteriya hisobi ishtirok etgan. Taraqqiyotning yuqori pog‘onasiga kutarilish esa har doim iqtisodiy fanlarning, chunonchi buxgalteriya hisobining rivojlanishini ham belgilab bergan va ularga ta’sir etgan. Bozor munosabatlarining shakllanishii va uning chuqurlaShuvi naqd pulsiz hisob kitoblar hisobining uslubiy asoslari va ularning harakatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning sifat jihatidan o‘zgarishini talab qilmoqda. Shuning uchun ham naqd pulsiz hisob kitoblarning hisobini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy xujjatlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab qildi. Shu asosda Respublikamizda naqd pulsiz hisob kitoblar hisobini tartibga soluvchi qonuniy va me’yoriy xujjatlar oxirgi yillarda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqildi va bu buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini to‘la isloh qilinishini ta’minlay olmadi. Chunki asosiy e’tibor tashqi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan ko‘rsatgichlarni ishlab chiqishga qaratildi va bu borada ancha muvaffaqiyatlarga ham erishildi. To‘g‘rirog‘i naqd pulsiz hisob kitoblarni xalqaro andoza talablariga ancha yaqinlashtiradi va ularni hisoblash uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlovchi buxgalteriya hisobi esa eskicha qolaveradi.
Korxona amalga oshiradigan har qanday faoliyat turi pul mablag‘larini talab qiladi. Korxona pul mablag‘lari asosida mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan, Shuningdek qimmatbaho qog‘ozlarni va mol mulkni sotishdan kelib tuShadi. Yangi tashkil bo‘layotgan korxonalarga esa tasischilar ustav kapitalini shakllantirish uchun bankdagi hisoblash schyotiga naqd pul topshirishi yoki o‘tqazib berishi (yuridik shaxslar) mumkin.
Korxona o‘ziga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini o‘zining asosiy va qo‘Shimcha faoliyatni rivojlantirish, tovar moddiy qiymatliklarini sotib olish, ishchi va xizmatchilarga ish haki to‘lash, kapital qo‘yilmalarni (ishlab chiqarish va madaniy-maishiy ob’ektlarni qurish, avtomobillar, traktorlar va boshqa asosiy vositalarni sotib olish, ko‘p yillik mevali va manzarali daraxtlarni o‘tqazish va ustirish, shuningdek asosiy podani tashkil qilish) o‘zlashtirish va davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘rsatgan xizmatlari uchun sarflaShi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning to‘lov qobiliyatiga bog‘liqdir.
Ma’lumki, to‘lov qobiliyatining mazmuni eng avvalo bo‘Sh pul mablag‘larining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Chunki pul mablag‘lari eng yuqori likvidlikka ega bo‘lgan aktivlar hisoblanadi. Shuning uchun ham korxonalarda mavjud bo‘lgan bo‘Sh pul mablag‘laridan samarali foydalanish uchun ularni oborotga kiritish alohida ahamiyatga ega. Umuman, korxonalarning pul mablag‘larining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Pul qiymat o‘lchovi bo‘lib-bu tovarning ma’lum qiymatidagi pul summasiga tengligini ko‘rsatadi va tovar qiymatining miqdori hisoblanadi. Pulda ifodalangan tovar qiymatining bahosi hisoblanadi. Qiymat o‘lchovi vazifasi asosan baho orqali amalga oshiriladi. Uning yordami bilan korxona ishlab chiqqan tovarning qiymati bozor yoki preysko‘rant (Shartnoma) bahosi uchun asos bo‘ladi va mamlakatning milliy valyutasida va uning boshqa mamlakatlar valyutalariga tenglashtirilgan holda aks ettiriladi.
Korxonalarning pul mablag‘lari muomala jarayonida ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan resurslarni sotib olish va ko‘rsatilgan xizmat va bajarilgan ish xajmlari uchun to‘lov vositasi hisoblanadi. Pulga korxona hamma zarur resurslarni sotib olish va barcha to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. U xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi barcha hisob-kitoblarni amalga oShiruvchi universal o‘lchovdir.
Pul jamgarish vositasini bajarganda boylik to‘plashga xizmat qiladi. Albatta, pul boylikning asosiy shakli, lekin uning yagona shakli emas, ammo pul boylik to‘plashning eng qulay vositasi hisoblanadi. Ammo buning uchun pul qadrli bo‘lishi kerak. Respublikamizning milliy valyutasini qadrli bo‘lishini ta’minlash mamlakatimizning eng asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Korxonalarning bankdagi hisoblashish schyoti va valyuta schyotlarida saqlanayotgan pul mablag‘lari mamlakatimiz iqtisodiyotining poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Chunki ular banklarni aktiv operatsiyalarini jonlantirilishini ta’minlaydi, milliy va chet el valyutalarining ishlab chiqarish jarayonidagi aylanishini tezlashtiradi va u bunda birdaniga ikkita muhim vazifani bajaradi. Birinchidan, korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish yo‘li bilan pulning aylanishini va milliy valyuta hisobiga yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromadni o‘sishini ta’minlaydi. Ikkinchidan esa, korxonaning hisoblashish va valyuta schyotlari pul mablag‘larini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilganligi uchun bank o‘z mijozlariga ham ma’lum miqdorda haq to‘laydi.
Shunday qilib, pulning birinchi vazifasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi vazifasi esa korxonalarga ma’lum miqdorda daromad keltiradi.
Pul to‘lov vazifasini ham bajaradi. Bunda pul korxona mol yuboruvchilar, pudratchilar va boshqa xizmat ko‘rsatvuchi xo‘jalik sub’ektlariga va davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga bo‘lgan qarz majburiyatlarini bajaradi.
Pul mablag‘larining korxona iqtisodiyotida to‘tgan o‘rni uning asosiy vazifalarini bajarish uchun buxgalteriya hisobi boshqaruv apparatini tegishli ma’lumotlar to‘plami bilan ta’minlanishi zarur. Buning uchun esa pul mablag‘lari hisobining oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:

  • korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • to‘lov va hisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarda ko‘rsatilgan tartiblarga rioya qilgan holda o‘z vaqtida amalga oShirish;

  • hisob registrlarida pul mablag‘larini naqdligi va xarakatlarini o‘z vaqtida aks ettirish.

  • pul mablag‘larining belgilangan maqsadlarga sarflanishi, smeta va limitlarga amal qilishini nazorat qilish;

  • pul mablag‘larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda o‘tqazishini ta’minlash va o‘zaro hisob-kitoblar, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini to‘lanishini nazorat qilish;

  • kassadagi, hisoblashish, valyuta va bankdagi boshqa schyotlarda saqlanayotgan pul mablag‘larining saqlanishining nazoratini ta’minlash;

  • pul resurslarining harakat oqimini prognozlash va optimizatsiya qilish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

Ushbu masalalarning muvaffakiyatli bajarilishi korxonaning pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Albatta, yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish zarur bo‘ladi. Buning uchun esa korxonalarda mavjud mablag‘larni turkumlaSh alohida ahamiyatga egadir.
Korxonalarga pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini yuritish ko‘p jihatdan ularning turkumlanishiga bog‘liq. Chunki pul mablag‘larining qaysi manbalardan kelib tushishi va qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishini taxlil qilish asosida ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanish mumkin.
Hozirda amaliyotda pul mablag‘lari quyidagicha turkumlanadi:
1. Valyuta turlari.
2. Qaysi joyda saqlanishi.
3. Qaysi maqsadlarga sarflanishi.
4. Qaysi manbalardan kelib tushishi.
5. Pul mablag‘lari turlari.
Respublikamizda xo‘jalik sub’ektlariga nafaqat O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mda balki boshqa chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish imkoniyatlari berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaroriga ko‘ra barcha xo‘jalik sub’ektlari 1999 yil 1 iyulidan bir necha banklarda o‘zlarining hisob raqamlarini turli valyutalarda ochish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Respublikamizda xo‘jalik sub’ektlariga nafaqat O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mda balki boshqa chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish imkoniyatlari berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaroriga ko‘ra barcha xo‘jalik sub’ektlari 1999 yil 1 iyuldan bir necha banklarda o‘zlarining hisob raqamlarini turli valyutalarda ochish imkoniyati berildi. Pul mablag‘larini valyutalarning turlari bo‘yicha guruhlash ular hisobini to‘gri tashkil qilish imkoniyatini beradi. Ushbu guruhlar korxonalarning buxgalteriyasida sintetik, subschyot va analitik schyotlarni yuritish uchun asos qilib olinadi va korxonalarning hisob siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan ishchi schyotlar rejasida o‘z aksini topadi.
Buxgalteriya hisobining amaldagi schyotlar rejasida pul mablag‘larining hisobi asosan ularning qaysi joyda saqlanishi bo‘yicha yuritiladi.
Pul mablag‘larining qaysi joyda saqlanishi bo‘yicha quydagicha turkumlash mumkin:
1. Korxona kassasida saqlanayotgan pul mablag‘lari.
2. Bankdagi hisoblashish schyotida saqlanayotgan pul mablag‘lari.
3. Bankdagi valyuta schyotida saqlanayotgan pul mablag‘lari.
4. Banklardagi mahsus schyotlardagi pul mablag‘lari.
5. Yo‘ldagi o‘tqazmalar.
Ushbu belgi bo‘yicha guruhlaShning pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini yuritishdagi ahamiyati Shu bilan xarakterlanadiki, ular pul mablag‘lari qanday summada kimning javobgarligida saqlanayotganligi, Shuningdek ularning harakati to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Ushbu ma’lumotlar asosida korxonaning boshqaruv apparati pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati vujudga keladi.
Korxona pul mablag‘larining qaysi maqsadlarga sarflanishi bo‘yicha guruhlaSh alohida ahamiyatga ega. Chunki pul mablag‘larini qaysi maqsadlarga qanday summalarda sarflaSh korxona iqtisodiyotining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Pul mablag‘larini qaysi maqsadlarga sarflanishi bo‘yicha guruhlaSh buxgalteriya hisobi amaliyotida unchalik keng qo‘llanilmaydi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va uning tobora chuqurlashuvi korxonalarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqish zaruriyatini vujudga keltirdi. Shuning uchun ham Respublikamizda 2002 yil 27 avgustdagi 140-sonli O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan korxonalarning moliyaviy hisoboti mazmuni va shakli jihatidan xalqaro standart talablariga ancha yaqinlashtirilgan. Ushbu moliyaviy hisobot va uning shakllari asosan tashqi foydalanuvchilarning korxona faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarga bo‘lgan extiyojini qondirishga qaratilgandir. Ushbu moliyaviy hisobotda birinchi marotaba korxonalarning faoliyat turlari bo‘yicha xarajat va daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari keltirilgan. Shuningdek amaldagi moliyaviy hisobotda pul oqimlari to‘g‘risida mahsus xisobot shakli mavjud bo‘lib unda pul oqimlari operatsion investitsiya va moliyaviy faoliyat bo‘yicha guruhlanishi majburiy qilib qo‘yilgan. Ushbu hisobot shakli korxonalarning pul mablag‘larining qaysi maqsadlarga sarflanishi to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Download 74.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling